Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (55 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (55 KB)

Ekonomika

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlarning va Davlat dasturlarining izchil amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sib borishini ta’minlamoqda. Xususan, 2014 yilning 1-choragida yalpi hududiy mahsulotning hajmi 567,2 mlrd.so‘mni, o‘sish sur’ati 108,7 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 325,9 ming so‘mni, yoki o‘sish sur’ati 111,4 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,6 ming so‘mga ko‘p demakdir.

Iqtisodiy o‘sishga asosiy sohalarda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarning ta’minlanganligi muhim omil bo‘ldi.

Jumladan, sanoatda 305,5 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2013 yilning shu davriga nisbatan (solishtirma narxda) o‘sish sur’ati 111,4 foizga o‘sishi ta’minlandi.

Shundan, xududiy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 165,9 mlrd.so‘mni va o‘sish sur’ati esa 124,2 foizni tashkil qildi.

Xalq ist’emol mollari ishlab chiqarish hajmi 114,4 mlrd.so‘mni va o‘sish sur’ati 109,0 foizni tashkil qilib. shundan,

  • oziq-ovqat mahsulotlari 60,5 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 110,0%
  • nooziq-ovqat mahsulotlari 31,0 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 105,7%.

Buning evasiga yalpi hududiy mahsulotdagi sanoatning ulushi
2013 yilning 1-choragida 18,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, xisobot davrida 18,6 foizni tashkil etib, 0,6 foizga oshishiga erishildi.

2014 yilning 1-choragida 662,3 mlrd.so‘mlik hajmdagi investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 136,0 tashkil etdi. Jumladan;

662,3 mlrd. so‘m investitsiyalarning:

- 14,6 mlrd. so‘mi (2,2%) byudjet mablag‘lari;

- 1,1 mlrd. so‘mi (0,2%) yerning meliorativ ahvolini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari;

- 395,4 mlrd.so‘mi (59,6%) xorijiy investitsiyalar va kreditlar,

shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 390,3 mlrd.so‘m (58,9 %);

-123,5 mlrd. so‘mi (18,6%) korxonalar mablag‘lari;

-127,7 mlrd.so‘mi (19,3%) qolgan manbaalar hisobidan amalga oshirilgan.

Pudrat ishlari xajmi 87,5 mlrd.so‘mni, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 foizni tashkil qildi.

Bu erishilgan hajmga 9 ta yirik pudratchi tashkilotlar qatnashib, ular tomonidan 17,2 mlrd.so‘mlik, shuningdek kichik korxonalar tomonidan
30,5 mlrd.so‘mlik va norasmiy sektor tomonidan 39,7 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

2014 yilgi Investitsiya dasturidagi 94,1 mlrd so‘mlik 101 ta ob’ektlarda xisobot davrida 21,4 mlrd. so‘mlik (yillik rejaga 22,7 foiz) ish hajmi bajarilgan, jumladan:

- 25 ta maktabda (11 ta rekonstruktsiya va 14 ta mukammal ta’mirlash)
 
6,1 mlrd.so‘mlik;

- 11 ta kollej va litsey ob’ektlarida (4 ta rekonstruktsiya va 7 ta kapital ta’mirlash) 2,9 mlrd.so‘mlik;

- 11 ta Bolalar sporti ob’ektlarida (3 ta musiqa va san’at maktablari qurilishi, 1 ta 2-tipdagi sport kompleksi qurilishi, 5 ta maktablar qoshidagi sport zal qurilishi, 1 ta sport maktabi rekonstruktsiyasi, 1 ta sport maktabi mukammal ta’mirlashi)
3,4 mlrd.so‘mlik;   

- 8 ta tibbiyot muassasalari ob’ektlarida (8 ta rekonstruktsiya)
3,7 mlrd.so‘mlik;

- 44 ta suv ta’minoti ob’ektida (78,7 km suv tarmoqlarini tortish va
2 ta suv  inshoatlarini qurish)
3,6 mlrd. so‘mlik;

- 2 ta boshqa yo‘nalishdagi (Nukus shahridagi tasviriy va amaliy san’at litsey-internati, davlat san’at muzeyi qurilishi) 1,8 mlrd. so‘mlik ish hajmi bajarilgan.

Xisobot davrida yakka tartibdagi uy-joylar xisobidan jami 89,0 ming kv.m (yillik rejaga 17,8%) uy-joylar qurilishi amalga oshirilgan.

Respublikamiz qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning olib borilishi o‘sish sur’atlarining yuqoriligini ta’minlaydi. 2014 yilning
1-choragida 62,1 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilib, o‘sish sur’ati 106,2 foizni tashkil qiladi.

Jumladan, dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 6,6 mln.so‘mni (93,9 foiz), chorvachilik mahsulotlarining hajmi 55,5 mln.so‘mni (108,0 foiz) tashkil qildi.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2886