Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (55 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (55 KB)

Neft wo’nimlerin avtomobillerge jani’lg’i’ quyi’w shaqapshalari’ ha’m may almasti’ri’w punktleri arqali’ sati’w boyi’nsha iskerligin licenziyalaw

"Avtomobil yonilg‘isi savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish interaktiv-axborot" xizmati REGLAMENTI 

Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni lisenziyalash Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining komissiyalari tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi № 289 - sonli «Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni lisenziyalash to’g’risida» qarori asosida amalga oshiriladi.

Lisenziya olish uchun lisenziya talabgori "O’zdavneftgazinspeksiya" hududiy bo’limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) lisenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holda lisenziya berish to’g’risidagi ariza;
  2. yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
  3. lisenziya berish to’g’risidagi arizaning lisenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
  4. faoliyatning lisenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq keluvchi binolar, inshootlar, muhandislik kommuniksiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
  5. "O’zdavneftgazinspeksiya" hududiy bo’limining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun asbob-uskunalar bilan taminlanganligi holati, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning maxsus malumotga egaligi to’g’risidagi xulosasi;
  6. O’zbekiston Respublikasi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;
  7. yong’in nazorati hududiy organlarining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining yong’indan saqlash talablariga muvofiqlik to’g’risidagi xulosasi;
  8. "O’zstandart" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik taminot to’g’risidagi xulosa;
  9. O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi.

Lisenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlar lisenziya talabgori tomonidan "O’zdavneftgazinspeksiya" hududiy bo’limiga bevosita yoxud olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali etkazib beriladi.

Lisenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar "O’zdavneftgazinspeksiya" hududiy bo’limining masul shaxsi tomonidan ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan holda lisenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berish to’g’risidagi arizaning ko’rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi.

Lisenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisob raqamiga o’tkaziladi. Lisenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im qaytarilmaydi.

O'zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida" (2000 yil 25 may 71-II - son) qonunining 17 moddasiga ko'rsatilgan sabablar litsenziya berishni rad etish uchun asos bo'ladi.

Ariza bilan murojaat qilishu chun: neftonimleri@sovminrk.gov.uz

 

 

 


Ko'rip shi'g'i'ldi': 3260

Betler