Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (54 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (54 KB)

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligini nishonlash hamda davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy, ma’naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimizning xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida: 1. «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni ta’sis etilsin. 2. «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishonining Nizomi va tavsifi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev) bir oy muddatda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishonlari va guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin. 4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.Abdullayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Toshkent shahri, 2011 yil 17 may

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 maydagi PF-4306-sonli Farmoniga 1-ilova

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni to‘g‘risidagi nizom 1. «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni bilan davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy, ma’naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishida fidokorlik namunalarini ko‘rsatayotgan ziyolilar, fan va san’at arboblari, ishchi va xizmatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va boshqa shaxslar taqdirlanadilar. 2. «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni bilan ushbu Nizomning birinchi bandida ko‘rsatilgan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 3. «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan vazirliklar, idoralar va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlari tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi. Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi. 4. «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni ko‘krakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 maydagi PF-4306-sonli Farmoniga 2-ilova

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni tavsifi  «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi, u diametri 34 millimetrli doira shakliga ega. Esdalik nishonining old tomonida taralayotgan quyosh nurlari fonida Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasiga o‘rnatilgan turnalar shakli tasvirlangan, uning quyi qismida yer shari tasviri tushirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi xaritasi aks ettirilgan. Esdalik nishonining yuqori qismining markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yubiley sanasini anglatuvchi «20 YIL» degan yozuv berilgan. Esdalik nishonining aylanasi bo‘ylab «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL» so‘zlari yozilgan bo‘lib, ikki chekkasidan sakkiz qirrali yulduz bilan chegaralangan. Esdalik nishonining old tomonidagi «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL» so‘zlarining foni qizil emal bilan, taralayotgan quyosh nurlari, turnalar va yer shari aks etgan qismidagi fon moviy rang emal bilan qoplangan. Esdalik nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, pastki qismining markazida «2011» yozuvi qayd etilgan. Tasvirlar va yozuv qabariqdir. Esdalik nishonining qirralari gardish bilan hoshiyalangan. Esdalik nishoni halqacha va ilgakcha yordamida ustki qismiga eni 20 millimetrli moviy-zangori rangdagi ipak lenta o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ich (kolodka) bilan tutashtiriladi.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 1555