Mag’liwmatlar bo’limi

TASDIQLAYMAN

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari

_____________ S.Nag`metov

2017 yil  ___ iyul`

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan axborotlar ro`yxati

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari Internet jahon axborot tarmog`idagi ushbu organlarga yoki bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga tegishli bo`lgan va ularning faoliyati to`g`risidagi axborotni o`z ichiga olgan rasmiy veb-sayt sifatida identifikatsiya qilinadigan, hamma foydalanishi mumkin bo`lgan resursdir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida ushbu Qonun 5-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan axborotdan tashqari quyidagilar joylashtirilishi mumkin:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari to`g`risidagi ma`lumotnoma tarzidagi axborot (biografik ma`lumotlar, fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo);
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular tarkibiy va hududiy bo`linmalarining ish tartibi to`g`risidagi ma`lumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, ma`lumot xizmati telefonlarining va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yo`llari, to`xtash joylarining nomlari va yo`nalish raqamlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslar chiqishlarining hamda bayonotlarining matnlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi to`g`risidagi axborot;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ko`rsatiladigan davlat xizmatlarining ro`yxati;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risidagi tahliliy ma`ruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar;
arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni qabul qilish tartibi to`g`risida axborot;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risida axborot olishga doir so`rovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot;
kelib tushgan arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risida axborot olishga doir so`rovlarni ko`rib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyati to`g`risidagi boshqa axborot ham joylashtirilishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlaridagi axborot davlat tilida joylashtirilishi kerak. Rasmiy veb-sayt boshqa tillardagi shakllarga ham ega bo`lishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o`z rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan axborotning sanasi qo`yilgan bo`lishi hamda u vaqti-vaqti bilan yangilab borilishi kerak. Axborotni yangilab borish davriyligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi, lekin u haftasiga bir martadan kam bo`lmasligi kerak.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan axborot ishonchli bo`lishi kerak va u ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadigan axborot bilan teng kuchga ega bo`ladi.

TASDIQLAYMAN

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari

_____________ S.Nag`metov

2017 yil  ___ iyul`

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyati to`g`risida chop etilishi lozim bo`lgan axborotlar ro`yxati

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o`tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o`tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to`g`risidagi ma`lumotlar;
bo`sh ish o`rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo`sh ish o`rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo`yiladigan talablar to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay`at majlislarini o`tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o`tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo`lish tartibi.
Davlat hokimiyatining vakillik organlari (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari), ularning qo`mitalari (doimiy komissiyalari), komissiyalari ochiqlikni ta`minlash maqsadida o`z faoliyati to`g`risidagi axborot, shu jumladan rejalashtirilayotgan majlislar va tadbirlar, ko`rib chiqilishi mo`ljallanayotgan masalalar, qabul qilingan qarorlar haqidagi axborot o`z vaqtida e`lon qilinishini (chop etilishini) ta`minlaydi.

amalga oshirilishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishtirok etayotgan O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati sohasiga taalluqli bo`lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish sur`atini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o`tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to`g`risidagi ma`lumotlar;
bo`sh ish o`rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo`sh ish o`rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo`yiladigan talablar to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to`g`risidagi ma`lumotlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay`at majlislarini o`tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o`tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo`lish tartibi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma`lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o`z faoliyati to`g`risidagi axborot ro`yxatini ushbu modda qoidalariga muvofiq tasdiqlaydi.
Davlat hokimiyatining vakillik organlari (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari), ularning qo`mitalari (doimiy komissiyalari), komissiyalari ochiqlikni ta`minlash maqsadida o`z faoliyati to`g`risidagi axborot, shu jumladan rejalashtirilayotgan majlislar va tadbirlar, ko`rib chiqilishi mo`ljallanayotgan masalalar, qabul qilingan qarorlar haqidagi axborot o`z vaqtida e`lon qilinishini (chop etilishini) ta`minlaydi.

Ko'rip shi'g'i'ldi': 4648