Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (68 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (68 KB)

Ekonomika ministrligi

Tajetdinov
Aybek
Altinbekovich

Qaraqalpaqstan Respublikasi Ekonomika ministri

Manzil:

230105, No'kis qalasi, A.Dosnazarov ko’shesi 97 jay

Telefon:

0 (361) 222-32-98

E-mail:

svodrk@umail.uz, a.tajetdinov@exat.uz

Qabil ku'nleri:

Sa'rshembi, shembi, saat 12:00-16:00

 

 

Kaypbergenov
Aydos
Jiemuratovich

Qaraqalpaqstan Respublikasi Ekonomika ministrinin'  orinbasari

Manzil:

230105, No'kis qalasi, A.Dosnazarov ko’shesi 97 jay

Telefon:

0 (361) 222-33-01

E-mail:

svodrk@umail.uz, a.kaipbergenov@exat.uz

Qabul kunlari:

Siyshembi, juma, soat 12:00-16:00

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriligi

 

Iqtisodiyot vazirligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2840 – sonli “O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan.

Iqtisodiyot vazirligiO`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.

Iqtisodiyot vazirligi ikki tomonlama bo`ysunuvda bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobdordir.

Iqtisodiyot vazirligi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining buyruqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

Iqtisodiyot vazirligi o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi.

Iqtisodiyot vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`zЯкорь nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, o`z hisob-kitob raqamlariga ega bo`ladi.

 

Iqtisodiyot vazirligining vazifalari quyidagilardan iborat:

 

hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zahiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xom ashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;

tarmoq tuzilmalari bilan hamkorlikda mintaqaning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish bo`yicha dasturiy chora-tadbirlarni, mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va o`rta muddatli dasturlari va prognozlarini ishlab chiqish, mintaqa iqtisodiyotini chuqur tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash;

hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni ta`minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish ob`ektlari qurish va o`z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda ko`maklashish;

muhandislik, yo`l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati ko`rsatishni yanada yaxshilash, uy-joy-kommunal xizmatlari ko`rsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya-tozalash tizimi bilan ta`minlash bo`yicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;

qishloq xo`jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo`jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan o`zgartirish, qishloq xo`jaligi xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlashni atroflicha tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o`rinlari yaratish hisobidan band bo`lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta`minlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, ta`lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatishni yanada takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlash;

qisqa va o`rta muddatga mo`ljallangan hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda barcha vazirlik va idoralar, xo`jalik boshqaruv organlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.  

8. Iqtisodiyot vazirligi o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) hududning makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini prognozlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish yo`nalishida:

hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qiladi;

mavjud nomutanosibliklarni, zahiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xom ashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash ishlarini olib boradi;

mamlakatni rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, hudud iqtisodiyotini yanada isloh qilish, barqaror va mutanosib rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

hududni kompleks rivojlantirish, shuningdek tarkibiy qayta o`zgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalash bo`yicha qisqa muddatli, o`rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy darajasi, kompleks rivojlantirish bo`yicha tasdiqlangan dasturlar va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy parametrlari prognozlari bajarilishi bo`yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy ko`rsatkichlarining doimiy monitoringini amalga oshiradi;

b) sanoat va ishlab chiqarishni mahalliylatirishni rivojlantirish yo`nalishida:

sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshli turlarini, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan industrial siyosatni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari va yo`llarini kompleks, tizimli tahlil qiladi;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xom ashyo va qishloq xo`jaligi xom ashyosini sanoat yo`li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo`yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;

yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotlarning, jumladan mahalliylashtirilgan mahsulotlarning hajmini ko`paytirish va turlarini kengaytirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

sanoat salohiyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o`z vaqtida ishga tushirish hamda ishlab turganlarini modernizatsiyalash ustidan doimiy monitoring olib boradi;

investitsiya dasturlariga, sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun mahalliylashtiriladigan va eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlar, shu jumladan ularni ilg`or, resurslarni tejaydigan va energiya jihatidan samarali texnologiyalar asosida modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo`yicha takliflar tayyorlaydi;

sanoatni rivojlantirishga oid Hukumat qarorlarining amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi va tahlil ishlarini amalga oshiradi;

energiyaning tiklanadigan manbalaridan, shu jumladan yoqilg`ining muqobil va past sortli turlaridan foydalangan holda energetika qurilmalarini sanoatda foydalanishga joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

sanoatni rivojlantirishning holati, shu jumladan mahalliylashtirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yakunlari bo`yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

v) ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiyalari,transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo`nalishida:

qurilish kompleksi, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiyalari, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni kompleks va tizimli tahlil qiladi;

hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ular ijrosi monitoringini yuritadi;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiyalari, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo`yicha investitsiya dasturlari va Hukumat qarorlari bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi va uni tahlil qiladi;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani, shuningdek kommunal sohani (suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta`minoti, sanitariya jihatidan tozalash) rivojlantirish bo`yicha qisqa muddatli va o`rtacha muddatli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirish, ko`rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

qurilish kompleksi, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi yakunlari bo`yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

g) qishloq xo`jaligini rivojlantirish yo`nalishida:

qishloq xo`jaligini yanada rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;

qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun qo`shimcha zaxiralarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi;

qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o`zgartirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

paxtachilik, g`allachilik, sholichilikni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum etishtirish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xo`jaligining boshqa asosiy yo`nalishlarini rivojlantirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqadi;

d) ijtimoiy rivojlantirish, demografiya, aholi bandligi va xizmat ko`rsatish yo`nalishida:

hudud aholisining demografik jarayonlarini va jins-yosh tarkibini, ularning bandligi darajasi va tarkibini, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-ma`rifiy ishlar sohasidagi ishlarning holatini tizimli tahlil qiladi;

aholining yashash darajasi va sifatini oshirish, aholi daromadlari o`sishini ta`minlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste`mol bozorini to`ldirish masalalari bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

aholiga tibbiy, ta`lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatishni yanada takomillashtirish, aholining alohida toifalarini manzilli ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida mutaxassisliklar nomenklaturasini takomillashtirish va o`zgartirish, shuningdek oliy ma`lumotli mutaxassislarga bo`lgan real ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish parametrlari bo`yicha takliflar ishlab chiqadi, o`rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirishda ishtirok etadi;

mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini ta`minlash, demografik omillarni va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg`or shakllarini joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

sport-sog`lomlashtirish xizmatlari ko`rsatish sifatini oshirish, madaniy dam olish muassasalari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;

xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish, ko`rsatilayotgan xizmatlar ro`yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi, xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqadi va ular ijrosi monitoringini yuritadi;

ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini, aholi bandligini ta`minlash va xizmat ko`rsatish dasturlarini amalga oshirish yakunlari bo`yicha, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi to`g`risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi.

Qaraqalpaqstan Respublikasi’ Ekonomika ministrliginin' funkcional wazi’ypalari’:

  • ja'miyetti rawajlandi’ri’w ha'm demokratiyali’q tu'rde wo'zgertiwdin' maqseti ha'm a'hmiyetliliginen kelip shi’g'i’p, aymaqta ekonomikani’ ja'nede yerkinlestiriw ha'm reformalaw, ekonomikani’ basqari’wdi’n' bazar metodlari’ ha'm mexanizmlerin yengiziwdin' puxta woylang'an strategiyasi’ni’n' islep shi’g'i’li’wi’n sho'lkemlestiriwden;

  • aymaqlar ha'm tarmaqlardi’n' social-ekonomikali’q rawajlani’wi’ni’n' tiykarg'i’ ko'rsetkishlerin, da'rejesin kompleksli tu'rde tallaw jasawdan, ekonomikali’q ha'm socialli’q jag'daylar rawajlani’wi’ni’n' bag'darlari’n u'yreniw, aymaq ekonomikasi’ ha'm tarmaqlardag'i’ wori’n ali’p ati’rg'an sa'ykessizlikler ta'sirin u'yreniw ha'm wolardi’ saplasti’ri’w jollari’n tiykarlap beriwden;

  • aymaqlarda ekonomikani’ rawajlandi’ri’wdi’n' ko'p variantli’ scenariylari’n, qala ha'm rayonlar tarawlar boyi’nsha socialli’q-ekonomikali’q rawajlani’wdi’n' qi’sqa, worta ha'm uzaq mu'ddetli boljawlari’ ha'm bag'darlamalari’n islep shi’g'i’wdan;

  • byudjet-sali’q, pul-kredit, valyuta ha'm monopoliyag'a qarsi’ siyasatti’n' uli’wma bag'darlari’ boyi’nsha usi’ni’slar kirgiziwden;

  • demografiyali’q boljawlar du'ziw, hali’qti’ socialli’q jaqtan qorg'awdi’ ku'sheytiw, ishki tuti’ni’w bazari’n tolti’ri’wdi’, hali’qti’n' turmi’s da'rejesin asi’ri’w, socialli’q infradu'zilisti rawajlandi’ri’w boyi’nsha da'stu'rlerin islep shi’g'i’wdan;

  • aymaq ekonomikasi’n du'zilisi boyi’nsha qayta quri’wdi’n' worta ha'm uzaq mu'ddetli boljawlari’n, tarmaqlardi’ rawajlandi’ri’w, zamanago'ylestiriw ha'm texnologiya menen qayta qurallandi’ri’w, wo'ndiriste jergilikli materiallardan paydalani’w, resurslardi’ u'nemlew imkaniyati’n beretug'i’n texnologiyani’ yengiziw da'stu'rlerin jarati’wdan;

  • aymaqti’ kompleks rawajlandi’ri’w imkaniyati’n beretug'i’n qi’sqa ha'm worta mu'ddetli investiciya da'stu'rlerin islep shi’g'i’w boyi’nsha tiyisli jumi’slardi’ muwapi’qlasti’ri’w;

  • eksport imkaniyati’n rawajlandi’ri’wdi’ xoshametlew boyi’nsha usi’ni’slar kirgiziwden, tovarlardi’ (jumi’s, xi’zmet tu'rlerin) eksport qi’li’wdi’ boljawdan;

  • aymaq halqi’n jumi’s penen ta'miyinlew, tuti’ni’w bazari’n tovarlar ha'm xi’zmet tu'rleri menen tolti’ri’w tiykari’nda xali’qti’n' turmi’s da'rejesin ko'teriw bag'darlari’ ha'm ashi’q jollari’n belgilewden;

  • ekonomikali’q ha'm socialli’q tarawda ju'z berip ati’rg'an processlerdi tallaw jasaw usi’llari’n jetilistiriwden ibarat.

 


Ko'rip shi'g'i'ldi': 4439