Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (54 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (54 KB)

Orol fojiasidan zarar ko’rgan aholi turmush tarzini yaxshilash BMT Qo’shma Dasturi

2012 yil 28 iyun kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida O`zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi tashabbusi – “Orol fojiasidan zarar ko`rgan aholi turmush tarzini yaxshilash” Qo`shma Dasturining taqdimoti bo`lib o`tdi. Tadbirda dasturning milliy hamkorlari, shahar va tuman hokimiyat vakillari, mahalliy uyushmalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.  Taqdimot ishtirokchilari Dasturning asosiy faoliyat yo`nalishlarini muhokama qildilar, hamda uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun o`z tavsiyalarini bildirdilar. Orol dengizi, Markaziy Osiyoning o`rtasida joylashgan yopiq suv havzasi hisoblanib, o`tmishda yirikligi jihatdan dunyoda to`rtinchi o`rin egallab kelgan. Ammo bugunda Orol dengizi o`zining oldingi maydonidan faqatgina 30% tashkil etadi. Albatta, mazkur ekologik halokat hududning iqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy muhofaza hamda aholining turmush tarziga salbiy ta`sir o`tkazadi. Alohida ta`kidlash lozim, ohirgi 15-20 yilda mintaqada BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Jahon Banki kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi hukumati bilan keskin hamkorlikda amalga oshirilgan tashabbuslar ushbu hududdagi vaziyatni yumshatishga yordam berdi. Ammo, Muynoq, Shumanay va Kanlikul kabi eng uzoq` joylashgan tumanlar aholisining turmush tarzini yahshilash alohida ahamiyat kasb etadi. Orolboyiga 2010 yil aprelda bo`lib o`tgan tashrifi chog`ida BMT Bosh Kotibi janob Ban Ki Moon ushbu fojianing inson xavfsizligiga bo`lgan salbiy ta`sirini ko`zda tutib uni “Dunyoning eng qattiq ekologik fojealaridan biri” deb nomladi. Mazkur tashrif oqibatida, qoshimcha mablag` manbailarni ishlab chiqish, sog`liqni-saqlash tizmini hamda ijtimoiy infratuzilmalarni takomillashtirish orqali ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholining farovonligini oshirish maqsadida Qoshma Dastur ishlab chiqildi. Dastur Oz`bekistonda BMTning 5 agentligining say-harakatlarini birlashtiradi—jumladan, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (UNESCO), Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (WHO), BMTning Aholishunoslik jamg`armasi (UNFPA) hamda BMT Ko`ngillilari (UNV). Mazkur Dastur, O`zbekiston Respublikasi hukumati bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan bo`lib, Orolbo`yi fojeasining oqibatlarini bartaraf etishga hamda ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholining turmush sharoitini yahshilashga qaratilgan chora-tadbirlarining amalga oshirilishiga ko`mak berish maqsadi bilan ishga tushurilgan. Dastur doirasida mahalliy uyushmalarga aholi keng qatlamlarini mahaliy taraqqiyot rejalarini amalga oshirish orqali sifatli ichimlik suvi va gaz kabi infratuzilmalari bilan ta`minlash ko`zda tutiladi. Bundan tashqari, Dastur mahalliy tadbirkorlar va dehqonlar uchun eng ilg`or qishloq ho`jaligi va chorvachilik tamoillarini tadbiq etish orqali yangi mablag` manbalarni yaratish, hamda hunarmandchilik va turizmning rivojlanishi orqali ayollar va yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga ko`mak berishni nazarda tutadi. Qo`shma Dastur sog`liqni-saqlash hodimlarining reproduktiv salomatlik mavzusida bilim va ko`nikmalarini oshirish, hamda ko`ngillilarni jalb qilish orqali yoshlar va hotin-qizlarning OIV va OITS kabi infektsion kasalliklar haqidagi bilimlarini oshirish vositasida sog`liqni-saqlash tizimini barqarorlashtirishga qaratilgan. Yuqorida qayd etilgan tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, barcha milliy hamkorlani ish jarayoniga jalb etib ular bilan bevosita muloqotda bo`lish lozim. Shuning uchun, Dastur doirasida Regional va uchta mahlliy hukumat organlarining, aholi turmush sharoitini yahshilashga qaratilgan iqtisodiy va ekologik xavfsizligi hamda ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida salohiyatini mustahkamlash rejalashtirilgan. Buni alohida ta`kidlash kerakki, Qo`shma Dastur faoliyati Orol dengizi hudida istiqomat qiluvchi aholining inson xavfsizligini samarali boshqarish tamoyillarini kiritish, daromadlarni osishni ta`minlash, hamda sog`liqni saqlash va ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish orqali ta`minlashga qaratilgan. Qo`shma dasturning ushbu say`-harakatlari uchun BMTning Inson xavfsizligi bo`yicha Trast fondi tomonidan 3.8 million AQSh dollari ajratilgan. Eng so`nggi tashabbuslarimizni Facebook orqali kuzating:  http://www.facebook.com/UNAralSeaProgramme Yoki Twitter orqali: @UNAralSea Qo`shimcha ma`lumot uchun murojaat qiling: Zakiya Abdurazakova – Jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha mutaxassis Y. Gulomov ko`chasi, 1 uy,Toshkent, 100000, O`zbekiston Tel: (+998 71) 232-20-91, (+998 71) 232-20-92 Ernazar Alakoz ko`chasi, 56 uy, Nukus, Qoraqalpog`iston Tel: (+998 61) 224-13-81, faks: (+998 61) 224-16-35 Email: zakiya.abdurazakova@undp.org


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2539