Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (53 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (53 KB)

Malakali “Agromaslahatchilar”ning tarmog’ini yaratish

2012 yil 27-31 avgust kunlari Nukus shahrida qishloq xo’jaligida “agromaslahat” xizmatini ko'rsatadigan mutaxassis maslahatchilar uchun trening o'tkazildi. Ushbu tadbir BMTning inson xavfsizligi trast jamg’armasi moliyaviy ko’magida, O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Q’oraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 5ta agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O’rol dengizi fojiasidan zarar ko’rgan aholi turmush-tarzini yaxshilash” Qo’shma Dasturi tomonidan tashkillashtirildi.  Qo’shma Dasturning qo’shimcha mablag’ manablarini yaratish hamda qishloq’ xo’jaligini yuritishning ilg’or tamoillarini tadbiq etishga qaratilgan tashabbusi doirasida, e’tiborga muvofiq hudulardan 24 dehqon va fermerlardan tarkib topgan egromaslahatchilar tarmog’i tashkil etildi. Ushbu agromaslahatchilarning zimmasiga kelgusida fermer va dehqonlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarni etishtirishda va qishloq xo’jaligini barqarorlashtirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish ma’suliyati yuklatilgan. Mazkur trening KRASS (Xorazm agromaslahat markazi) mutaxassislari tomonidan o’tkazildi. 5 kun davomida ishtirokchilar qishloq xo’jaligi maslahatining eng il’gor va muvaffaqiyatli tajribalari, metodologiyasi va kontseptsiyasi bilan tanishib chiqdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar fermer muammolariga yondashish, ularni aniqlash va tahlil qilish, hamda fermer muammolarini echish uslublarini o’rganib chiqdilar. Alohida ta’kidlab otish zarur, agromaslahatchilar maslahat berish jarayonida suhbatdosh bilan muloqotqoidalari va maslahat berish uslublarini ham qunt bilan organib chiqdilar. Orol dengizi fojiasining qishloq xo’jaligi va er holatiga o’tkazgan salbiy ta’sirini nazarda tutgan holda, fermer va dehqonlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda turli hil muammolarga duch keladilar. Shuning uchun, shunday holatlarda fermer va dehqonlarga muammoning echimini topishga hamda faoliyatlarini barqarorlashtirishga yaqindan yordam beradigan agromaslahatchilar tarmog’ini yaratish alohida ahamiyatga ega. Mazkur trening mana shunday mutaxassis va malakali agromaslahatchilarni tayyorlash jarayoning bir o’zagidir. Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling: Zakiya Abdurazakova – Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mutaxassis Y. G’ulomov ko’chasi, 1 uy, Toshkent, 100000, O’zbekiston Tel: (+998 71) 232-20-91,  (+998 71) 232-20-92 Ernazar Alakoz ko'chasi, 56 uy, Nukus, Qoraqalpog’iston Tel: (+998 61) 224-13-81, faks: (+998 61) 224-16-35 Email: zakiya.abdurazakova@undp.org Qo’shma Dastur faoliyati turg’un turmush hamda yashash uchun kurashishning o’zagi hisoblangan aholi nochor qatlami asosiy erkinliklarining himoyasini ko’zlagan – adekvat siyosiy, ijtimoiy, tabiat muxofazasiga oid, iqtisodiy, harbiy va madaniy tizimlarni yaratish orqali inson xavfsizligini ta’minlash tamoyiliga asoslanadi.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 3050