Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (53 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (53 KB)

Fermerler ushi’n biznes ta’jriybeler

2012-yil 26-28 Noyabr kunlari Qoraqalpog’istonning Muynoq, Shumanay va Kanlikul tumanlaridan fermer va dehqonlar ishtirokida “Qishloq xo’jaligi prinsp va yondashuvlari” mavzusida 3 kunlik trening o'tkazildi. Mazkur trening BMT ning “Orol dengizi inqirozidan zarar ko’rgan aholining faoliyatini ta’minlash” Hamkorlik Dasturi hamda Isroil Xalqaro Hamkorlik Agentligi (MASHAV) doirasida Isroil Tashqi Ishlar Mahkamasi tomonidan qo’llab quvvatlandi. Trening Isroil qishloq xo’jalik ekspertlari Aviv Zisman va Ami Hamzani yordamida olib borildi. O’zbekistonda kichik biznes va fermer xo’jaligi mamlakatning yuksak iqtisodiy rivojida asosiy o’rin egallaydi. Qoraqalpog’istonning e’tiborga muhtoj bo’lgan tumanlarida kichik biznes va fermer xo’jaligini davomiy taraqqiy etishini  ta’minlash va ishchi o’rinlari  yaratilishiga ko’maklashish maqsadida Birlashgan Millatlar Qo’shma Dasturi va MASHAV hamkorligida Qoraqalpog’istonning e’tiborga molik bo’lgan tuman fermer va dehqonlarning ish qobiliyatlarini yanada oshirish maqsadida biznes jarayonlarini zamonaviy tarzda olib borish kabi tashabbuskorlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur “Fermerlar uchun biznes ko’nikmalar” treningi davomida, fermerlarning biznes boshqaruv qobiliyatlarini ya’ni biznes faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirish kabi boshqaruv usullarini yaxshilash, hamda biznes jarayonlarni o’rganib borilishini yanada rivojlantirish kabi vazifalarga alohida urg’u berildi. Fermerlar Isroildagi eng yaxshi qishloq xo’jalik amaliyot uslublarini va iqtisodiy g’oyalarni ya’ni, mablag’ qiymati, inflyatsiya darajasini aniqlash, foiz turlari va shu kabi bir qator vazifalarni qunt bilan o’rganib chiqdilar. Bundan tashqari, instruktorlar ishtirokchilarga muhim bo’lgan marketing analiz va strategiyalarini, uning boshqarish uslublari, hamda shu kabi marketing ma’lumotlarining qiymati, iste’molchi xulq-atvori va xalqaro marketingning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini alohida  tushuntirib berdilar va bir qancha marketing uslublarining omadli natijalarini ko’rsatib berdilar. Ishtirokchilar guruhlarda mustaqil ravishda topshiriqlarni bajarishlariga alohida e’tibor qaratildi. Guruhlarda ishlash chog’ida fermerlar o’quv qo’llanmalaridan guruh bo’lib foydalanishdi va o’z ishlari haqida maruzalar tayyorlashdi. Qo’shimcha qilib aytganda, instruktorlar fermer xo’jaligining yanada rivojlanishida, fermer va dehqonlarning qishloq xo’jalik fermalarini rejalashtirishda foydalaniladigan dunyoqarashlarini kengayib borishida, hamda to’g’ri qaror qabul qilishda biznes bilimlarining naqadar ahamiyatli ekanligini taq’kidlab o’tdilar. Ishtirokchilar trening davomida o’zlashtirgan bilimlarini keyinchalik o’z tengdoshlari orasida jamoatchilikda va Birlashgan Millatlar Qo’shma Dasturi tashabbusi doirasida tatbiq etadilar. Barcha trening ishtirokchilari olgan malakalari yordamida qishloq xo’jalik fermalari uchun  biznes loyihalarini ishlab chiqib uni amaliyotda qo’llaydilar.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2559