Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (52 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (52 KB)

Ko’tere sawdalardi’ a’melge asi’ri’w xi’zmetin licenziyalaw ta’rtibi tuwri’si’nda mag’li’watlar beriw, licenziya ali’w ushi’n arzalardi’ qabi’l yetiwdi sho’lkemlestiriw

"Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish ‎interaktiv-axborot" xizmati REGLAMENTI 

Ulgurji savdo faoliyati litsenziyalash, litsenziyaga da`vogar yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tish joylarda, shahar (tumanlar) xokimiyatlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 noyabrdagi № 242-sonli «Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida» qarori asosida amalga oshiriladi. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

  •  yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi  hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
  • yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida ustav fondi shakllantirilganligini tasdiєlovchi hujjatning, shu jumladan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag‘lari kiritilganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi;
  • litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va boshqa ma`lumotlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organ mas`ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).‎

 

lsquo;g


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2372

Betler