Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (52 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (52 KB)

Malakali “Agromaslahatchilar”ning tarmog’ini yaratish tashabbusi davom etildi

2013 yil 21-25 yanvar kunlari Nukus shahrida qishloq xo’jaligida “agromaslahat” xizmatini ko'rsatadigan 26 maslahatchilar uchun trening o'tkazildi. Ushbu tadbir BMTning inson xavfsizligi trast jamg’armasi moliyaviy ko’magida, O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Q’oraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 5ta agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O’rol dengizi fojiasidan zarar ko’rgan aholi turmush-tarzini yaxshilash” Qo’shma Dasturi tomonidan tashkillashtirildi. Qo’shma Dasturning qo’shimcha mablag’ manablarini yaratish hamda qishloq’ xo’jaligini yuritishning ilg’or tamoillarini tadbiq etishga qaratilgan tashabbusi doirasida, e’tiborga muvofiq uchta hududdan, jumladan Muynoq, Shumanay va Kanlikul tumanlaridan 26 dehqonlardan tarkib topgan egromaslahatchilar tarmog’i tashkil etildi. Ushbu agromaslahatchilarning zimmasiga kelgusida fermer va dehqonlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarni etishtirishda va qishloq xo’jaligini barqarorlashtirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish ma’suliyati yuklatilgan. Treningdan ko’zlangan asosiy maqsad mahalliy mutaxassislarning mahalliy aholi, dehqonlar, hamda fermerlarga qishloq xo’jalik sohasining chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yo’nalishlarini rivojlanitirish bo’yicha maslahatlar berishda ularning bilimlarini oshirishdir. Mazkur trening KRASS (Xorazm agromaslahat markazi) mutaxassislari tomonidan o’tkazildi. 5 kun davomida ishtirokchilar qishloq xo’jaligi maslahatining eng il’gor va muvaffaqiyatli tajribalari, metodologiyasi va kontseptsiyasi bilan tanishib chiqdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar fermer muammolariga yondashish, ularni aniqlash va tahlil qilish, hamda fermer muammolarini echish uslublarini o’rganib chiqdilar. Alohida ta’kidlab otish zarur, agromaslahatchilar maslahat berish jarayonida suhbatdosh bilan muloqotqoidalari va maslahat berish uslublarini ham qunt bilan organib chiqdilar. Orol dengizi fojiasining qishloq xo’jaligi va er holatiga o’tkazgan salbiy ta’sirini nazarda tutgan holda, fermer va dehqonlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda turli hil muammolarga duch keladilar. Shuning uchun, shunday holatlarda fermer va dehqonlarga muammoning echimini topishga hamda faoliyatlarini barqarorlashtirishga yaqindan yordam beradigan agromaslahatchilar tarmog’ini yaratish alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlab o’tish kerak, 2012 yilda Qo’shma Dastur doirasida, maqsadga muvofiq tumanlardan 24ta mahalliy maslahatchi tanlab olindi hamda qayta-tayyorlandi. Hozirda, ushbu mahalliy maslahatchilar qishloq xojaligi sohasiga oid turli 25ta biznes reja ishlab chiqdilar.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2441