2014-ji’ldi’n’ I sheregi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining 2014 yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiy dasturning eng muhim yunalishlari va ustuvor vazifalari bajarlishini bohalash to‘g‘risida hisoboti

 

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari !

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan eng muhim yunalishlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiy islohatlarni jadallashtirish va iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash borasida bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

2014 yilning I-choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilab olingan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz asosan bajarildi.

Shu jumladan,

Yalpi xududiy mahsulot 567,2 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 108,7 foizni (reja 107,8%) tashqil etdi.

Hisobot davrida belgilangan Reja ko‘rsatkichlar

- sanoatda 111,4 foizga (305,5 mlrd.so‘m; reja 108,5%);

- xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishda 109,0 foizni (114,4 mlrd.so‘m; reja 108,5%);

- qishloq xo‘jaligida 106,2 foizga (62,1 mlrd.so‘m; reja 106,0%);

- qurilish ishlarida 103,3 foizga (87,5 mlrd.so‘m; reja 108,3%);

- chakana savdoda 118,7 foizga (396,6 mlrd.so‘m; reja 109,0%);

- jami xizmatlar 121,1 foizga (562,4 mlrd.so‘m; reja 112,2%);

- pulliq xizmatlar 113,5 foizga (203,9 mlrd.so‘m; reja 113,2%) o‘sishiga erishildi.

Yalpi xududiy mahsulotda kichik biznes va tadbirkorlar ulishi 50,5 foizni (2013 yil I chorakda 50,2%), xizmatlar ulishi 59,7 foizni (2013 yil I chorakda 59,5%) tashkil etdi.

Iqtisodiyotning muhim tarmoklarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash borasida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning yirik bir qator tarmoqlarida xususan kimyo, energetika, yengil sanoatda tasdiqlangan dasturlarga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

- 2014 yilning I choragida kimyo sanoatida 18,8 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 108 foizni tashkil qilib, Kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmining asosiy qismi Qo‘ng‘irot soda zavodiga to‘g‘ri keladi.

Investitsiya dasturiga asosan 2012-2015 yillarda Qo‘ng‘irot soda zavodida qiymati 109,5 mln. dollarlik investitsiya kiritish hisobiga qo‘shimcha yiliga 100 ming tonna (jami 200 ming tonna) kaltsiylangan soda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar korxonada jami 65,0 mln.AQSh dollarlik (2012 yilda –9,3 mln.doll.

2013 yilda – 33,1 mln.doll. 2014 yilning I choragida – 2,6 mln.doll) investitsiya o‘zlashtirilib, reja 59,4 foizga (reja 109,5 mln.doll.) bajarildi.

“Taxiatosh Issiqliq Elektr stantsiyasi”da 2013-2020 yillarda qiymati 700 mln.dollarlik investitsiya kiritish hisobiga qo‘shimcha quvvati 230-250 MVt li 2 ta bug‘gaz qurilmalarni qurish ishlari boshlanib, bugungi kunga qadar korxonada qurilish maydonini tayyorlash va qurilish montaj ishlariga 6,1 mlrd.so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilib, shundan joriy yilning I choragida korxona tomonidan 294,7 mln.so‘mlik investitsiya o‘zlashtirildi.

"Qoraqalpoq elektr tarmoqlari” korxonasida esa 2014 yilda jami 5530,3 mln. so‘mlik yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirish rejalashtirilib, joriy yilning I choragida 622 mln. so‘mlik ishlar amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun:

172,9 mln. so‘mlik 13,2 km yangi elektr liniyalari tortilgan;

216,2 mln. so‘mlik 9 ta yangi transfortmator punktlari o‘rnatilgan;

229,2 mln. so‘mlik 1,6 km elektr liniyalari rekonstruktsiya qilingan;

3,7 mln. so‘mlik kapital ta’mirlash ishlari qilingan.

Yengil sanoat sohasida – Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududiy manzilli dasturga asosan 2014 yilda qiymati 34,2 mln.dollarlik 8 ta yirik loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun:

- har birida yiliga 22,5 mln.kv.m ip-gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega 2 ta (Beruniy tumanidagi “Astera tekstil” va Xo‘jayli tumanidagi “Elitstars tekstil” korxonasi);

- yiliga 2 ming tonna ip-kalava, 3,2 mln.kv.m djinsi matosi, 1,5 mln.dona tayyor tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega Ellikqal’a tumanidagi “Global natsional tekstil” korxonasi;

- yiliga 4 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega To‘rtko‘l tumanidagi “To‘rtko‘l asaka tekstil” korxonasi;

- har birida yiliga 360 ming juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta (Kegeyli tumanidagi "Kegeyli agrotexservis MTP", Qonliko‘l tumanida "Nokis sauda”, Taxtako‘pir tumanida "Qoraqalpoqavtotexxizmat", Beruniy tumanida "Beruniy agrotexservis MTP" korxonalari) zamonaviy korxonalarni tashkil qilish rejalashtirilib, tarmoq jadvalga asosan ishlar olib borilmoqda.

 Bundan tashqari, 2014 yilda shahar va tumanlarning har birida 100 tadan (jami Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 1500 ta) tikuv dastgohlarini o‘rnatish bo‘yicha manzilli dasturning ijrosini tashkil etish rejalashtirilgan.

Amalda joriy yilning I chorakda qiymati 179 mln.so‘mlik 5 ta loyihada tikuv dastgoxlari o‘rnatilgan va 53 ta ishchi o‘rni yaratildi.

– hisobot davrida “Turon-Xo‘jayli” OAJ da bugungi kunga 200 mln.sumlik distirlangan yog‘li kislota ishlab chikarish liniyasi olib kelinib ishga tushirildi. Yil oxirigacha 800 mln.sumlik paxta yeg‘ini 1 litrlik PET idishga qadoqlash liniyasi olib kelib o‘rnatilishi rejalashtirilgan va 2014 yilning III choragi oxiriga qadar 20 ming AQSh dollarlik rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari bajarilishi rejalashtirilmoqda.

2014 yilda “Beruniy yog‘garOAJda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, yog‘ mahsulotlarini yanada sifatli ishlab chiqarish uchun Navoiy elektroximiya korxonasi bilan ekstratsion yog‘ni tozalovchi filtr olish uchun 80 ming AQSh dollarga shartnoma tuzilib ishlari amalga oshirilib, ushbu filtr quvvati 10 tn/sutka bo‘lib, korxonaning o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

2014 yil davomida “O‘zdonmahsulotAK ga qarashli “TaxiatoshdonmahsulotlariAJ da sutkasiga 850 tn. un mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, loyiha qiymati 4,4 mln. dollarlik modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 Shundan hisobot davrida loyihaning texnik-iqtisodiy hujjatlari tayyorlanib, Ukraina Respublikasining PAO “Mogilyov-Podolskiy mashinostroitelniy” zavodi bilan shartnomalar imzolanib, konsalting xulosalari olingan va kredit olish uchun OATB “Agrobank”ga kredit hujjatlari to‘lig‘i bilan topshirilgan.

“Nukus vino zavodi” OAJda (“O‘zvinosanoatxolding”) 2014 yilda jami qiymati 2412,5 mln. dollarlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Shundan: -steklotar ishlab chiqarishga 1711 ming dollar; -likyor-aroq ishlab chiqarishga 285 ming dollar; -non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishga 416.5 ming dollar.

Steklotar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha- uskunalar to‘liq olib kelinib, o‘rnatildi. Hozirgi kunda ishga tushirish bo‘yicha AKT vvod tayyorlanmoqda.

Likyor-aroq ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha hozirgi kunda 270,7 ming dollar (95 foyizi) mablag‘ konvertatsiya qilinib, Ukraina davlati GYeO-Injiniring LTD “Meliotopolprodmash” MChJning hisob raqamiga o‘tkazib berilib, uskunalar joriy yilning 30 mart kuni Nukus shahar bojxona terminaliga kelib, bugingi kunda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha “Nukus non mahsulotlari” MChJ korxonasi tashkil etilib, korxona tomonidan 416.5 ming dollarlik ishlar amalga oshirildi. Shundan uskuna olib kelish uchun 170.5 ming dollar va imoratning qurilish ishlariga 246 ming dollar mablag‘lar sarflandi.

 “2013-2015 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” asosida 2014 yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati 231,4 mlrd. so‘m va 7,2 mln.dollarlik chet el investtsiyalarin o‘zlashtirish hisobiga jami 1837 ta loyihani amalga oshirish va 11130 ta yangi ish o‘rinlarin yaratish belgilangan.

Shu jumladan:

-sanoat yo‘nalishida 320 ta loyiha (173,4 mlrd.so‘m va 7,2 mln. dollar);

-qishloq xo‘jaligida yo‘nalishida 366 ta loyiha (26,1 mlrd.so‘m);

-xizmat va servis yo‘nalishida 1151 ta loyiha (31,8 mlrd.so‘m) belgilangan.

2014 yilning I choragida 7,6 mlrd. so‘mlik 121 ta loyihani amalga oshirish va 327 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan bo‘lib, amalda 193 ta (159,5%) loyiha amalga oshirilib, 10,8 mlrd.so‘m va 18 ming dollar chet el investitsiyalari o‘zlashtirildi (143,3%), natijada 587 ta (179,5%) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shundan:

Sanoat yo‘nalishida:

-23 ta (reja 9 ta; 255,6%) loyiha amalga oshirildi;

-2891,5 mln.so‘m va 18 ming dollar chet el investitsiyalari (reja 2295 mln.so‘m; 127,6%) o‘zlashtirildi;

-165 ta (reja 52 ta; 317,3%) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida:

-71 ta (reja 36 ta; 197,2%) loyiha amalga oshirildi;

-3161 mln. so‘mlik (reja 1563 mln.so‘m; 202,2%) investitsiyalar o‘zlashtirildi;

-245 ta (reja 130 ta; 188,5%) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Xizmat va servis yo‘nalishida:

-99 ta (reja 76 ta; 130,3%) loyiha amalga oshirildi;

-4758 mln. so‘m (reja 3709 mln.so‘m; 128,3%) investitsiya o‘zlashtirildi;

- 177 ta (reja 145 ta; 122,1%) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ushbu, dastur doirasida yangidan ishga tushirilgan 23 ta sanoat korxonalari tomonidan 2014 yilning I choragida 249,9 mln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

I yarim yillikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha barcha choralarini ko‘ramiz.

Shu bilan birga korxnalarni modernizatsiyalash va iqtisodiy islohatlarning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiridigan ishlarimizni jadallashtirishimiz zarur.

Xususan 2014 yilning birinchi yarimida yengil sanoat korxonalarida modernizatsiya ishlarin yakunlab, oziq-ovqat sanoati korxonalarining texnologik darajasin oshirish va raqobotbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamin 1,5-2 karraga ko‘paytirishimiz lozim.

Respublikamizda ishbilarmonlik muxitini shakillantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvatlash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda 22 mingdan ortiq kichik biznes sub’ektlar harakat ko‘rsayotgan bo‘lib, joriy yilning I choragidan yangidan 606 ta kichik biznes sub’ektlari ro‘yxatga olingan.

Ushbu tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 15 ta shahar va tumanlarda Axborot-maslahat markazlari, 55 ta bank bo‘limlari va124 ta mini banklar, 14 ta sug‘urta kompaniyalar filiallari, 14 ta baholash va rieltorlik kompaniyalari, O‘zbekiston tovar-xom ashyo, Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat va ko‘chmas mulk birjalari va 2 ta biznes inkubatorlar bozor infrastrukturalari xizmat qilmokda.

2014 yilning I choragida 1565 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga jami 69,8 mlrd.so‘mlik, shundan qisqa muddatli 30,1mlrd. so‘mlik, uzoq muddatli 39,7 mlrd.so‘mlik kredit (2013 yilning I choragida jami 53,3 mlrd.so‘mlik;) mablag‘lari ajratildi.

Ajratilgan 69,8 mlrd.so‘mning:

- 14,1 mlrd.so‘mi (20,2%) sanoatga;

- 15,8 mlrd.so‘mi (22,6%) qurilishga;

- 5,7 mlrd.so‘mi (8,2%) transport va aloqaga;

- 9,1 mlrd.so‘mi (13,0%) qishloq xo‘jaligiga;

- 8,8 mlrd.so‘mi (12,7%) savdoga;

- 10,0 mlrd.so‘mi (14,3%) xizmat ko‘rsatishga;

- 6,3 mlrd.so‘mi (9,0%) boshqa tarmoqlarga yo‘naltirilgan.

2014 yilning I choragida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi qarorlariga asosan 118 ta korxonalarda tekshirishlar o‘tkazilib o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 taga kamaygan bo‘lib, bu ham kichik biznesning rivojlanishiga tusiq bo‘ladigan omillarning qamayganligidan dalolat beradi.

Shuningdek, jamoatchilik Kengashlarida ishonch telefonlari, bozorlarda va aholi ko‘p yig‘iladigan joylarga 37 ta ishonch qutilari o‘rnatilgan bo‘lib, shahar va tumanlar Axborot-maslahat markazlari Jamoatchilik Kengashlarining tadbirkorlar o‘rtasida ta’sirchanligini oshirish maqsadida Kengash a’zolarining tadbirkorlar bilan doimiy ravishda uchrashuvlarini o‘tkazish, ularning huquq va majburiyatlari bo‘yicha tushuntirishlar berishni tashkillashtirish buyicha Jamoatchilik Kengashlari tomonidan 42 ta seminar o‘tkazilib, ushbu seminarlarda va uchrashuvlarda 3038 ta tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etgan.

Bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bu yangi ish o‘rinlarin yaratish natijasida xalqning bandligini ta’minlash hisoblanadi.

Ushbu vazifalardan ­ topshiriqlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ishlangan 2014 yil “Bandlik” dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013 yil 12 dekabrdagi

(“2014 yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi SQ-401-II sonli)

va keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesining (2013 yil) 28 dekabrdagi majlislarida muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Shularga muvofiq 2014 yilning yanvar-mart oylarida 11469 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 11657 ta (reja 101,6 foizga) yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

1. Yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini yangilash hisobidan 135 ta (reja 125 ta; 108%);

2. Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobidan 4893 ta (reja 4869 ta; 100,5%);

3.Yakkatartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 626 ta (reja 578 ta; 108,3%);

4. Uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish hisobidan 2207 ta (reja 2173 ta; 101,6%), shundan kasanachilikni rivojlantirishda 802 ta (reja 799 ta; 100,4%);

5. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobidan 2634 ta (reja 2575; 102,3%);

6. Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish hisobidan 1071 ta (reja 1063 ta; 100,8%);

7. Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobidan 91 ta (reja 86 ta; 105,8%) ish o‘rni yaratildi.

Yaratilgan ish o‘rinlarining:

­ 88,0 foizi (amalda 10261 ta; reja 10081 ta; 101,8%) qishloq joylarida;

­ 41,7 foizi (amalda 4860 ta; reja 4792 ta; 101,4%) xotin­ qizlar uchun tashkil etildi.

Ushbu maqsadlarga jami 27,4 mlrd.so‘m, yoki bir yangi ish o‘rnini yaratish uchun o‘rtacha 2,4 mln. so‘m sarflandi.

Ko‘rilgan ushbu tadbirlar natijasida:

- band aholi soni (1.04.2013 y.) 606,9 ming tadan (1.04.2014 y.) 617,3 ming tagacha oshgan.

- ishsizlar soni (1.04.2013y.) 40,8 mingdan (1.04.2014y.) 40,1 mingga va ishsizlik darajasi (1.04.2013y.) 6,3 foizdan (1.04.2014y.) 6,1 foizga kamaygan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2014 yil 24 martdagi 52-b sonli farmoyishiga asosan 2014 yilda tijorat banklari tomonidan mavjud korxonalarga kredit ajratish va tashkiliy ko‘maklashish orqali qo‘shimcha 13879 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish Dasturi belgilangan. Haqiqatda bugingi kunda 1550 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, reja 11,2 foizni tashkil etdi.

Aholi bandligini ta’minlashda yana bir ustuvor vazifalarimizdan biri bu kasb­hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘lib hisoblanadi.

Bugungi kunga 2012-2013 o‘quv yilini tugatgan 25660-ta kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan 88,8 foizining (22780 nafar) bandligi ta’minlandi.

Shundan, 21835 nafari (85,1%) ish bilan ta’minlandi, shundan 12636 nafari (57,9%) biriktirilgan korxonalarga, 9199 nafari (42,1%) boshqa korxonalariga ishga joylashdi. 945 (3,7%) nafar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi.

2196 (8,6%) nafar bitiruvchining bandligi ta’minlanmadi. Bu- bitiruvchilarning chet elga ko‘chib ketganligi, vafot etganligi, nogironligi yoki turmush qurganligi sabablari bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

 194 (0,7%) nafari – chet elga ko‘chib ketganligi, 28 (0,1%) nafari vafot etganligi, 119 (0,5%) nafari bolalikdan nogironligi, 630 (2,5%) nafari turmush qurganligi va yosh bola parvarishida bo‘lganligi sababli, 1225 (4,8%) nafari boshqa sabablarga ko‘ra bandligi ta’minlanmadi.

Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligi bo‘yicha monitoring o‘tkazuvchi ishchi guruh”i tomonidan ushbu bitiruvchilar doimiy nazoratga olingan, ishga joylashish istagi bildirilgan sharoitda, ularga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

2013-2014 o‘quv yilida 91-ta kasb-xunar kollejlarini bitiruvchi jami 24115 nafar o‘quvchilarni amaliyot o‘tash hamda keyinchalik ishga joylashish maqsadida 10762-ta korxona va tashkilotlar bilan 3 tomonlama shartnomalar tuzish ishlari belgilangan bo‘lib, reja 100 foizga bajarildi.

Ushbu tuzilgan shartnomalar asosida kasb-hunar kollejlari bitirivchilarini o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlarda ishga joylashtirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘ramiz.

Joriy yil I - yarimida qiladigan ishlarimiz yanada mas’uliyatli va murakkab.

Tasdiqlangan Bandlik dasturiga muvofiq yarim yillikda qariib 25 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratishimiz zarur. Ushbu yaratiladigan ish o‘rinlarining aniq manzillari, moliyaviy manbalari va ijro muddatlari belgilangan. Jumladan:

-yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini yangilash hisobidan 354 ta;

-kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobidan 10357 ta;

-chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish hisobidan 5566 ta va boshqa yo‘nalishlarda 8632 ta ish o‘rinlarini yaratishning aniq manzillarini belgilab olganmiz.

-yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 1233 ta;

-uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish hisobidan 4902 ta yangi ish o‘rinlarini, shundan kasanachilikda 2124 ta;

-ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish hisobidan 2300 ta;

-ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobidan 197 ta

Ish o‘rinlarini yaratish uchun jami 59,8 mlrd.so‘m (har bir o‘ringa o‘rtacha 2,4 mln.so‘m) mablag‘ni jalb etish ko‘zlanmoqda.

Shu tadbirlar doirasida, birinchi navbatda, joriy o‘quv yilini tugatuvchi jami 26442 nafar litsey, kollej, jumladan 24115 ta nafar kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashning barcha zarur choralarini ko‘ramiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yunalishlari va ustuvor vazifalaridan biri “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, Mazkur hududiy dastur 7 ta bo‘lim, 110 bandtan iborat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha “Sog‘lom bola yili” hududiy dasturini amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi rahbarligida respublika komissiyasi, 7 ta bo‘lim bo‘yicha nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar hamda monitoring guruhi tarkiblari tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha “Sog‘lom bola yili” hududiy dasturlarini amalga oshirish uchun jami 253,3 mlrd.so‘m, 24,7 mln. AQSh dollari va 361,5 ming Yevro miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilishi belgilandi va moliyalashtirish manbalari aniqlandi.

2014 yil 1 aprel holatiga hududiy dastur bandlarining ijrosi natijasid - 58,9 mlrd. so‘m (reja 253,3 mlrd. so‘m; 23,2 foiz); - 1,9 mln. AQSh dollar (reja 24,7 mln. AQSh dollar; 7,8 foiz); - 7,1 ming Yevro (reja 361,5 ming Yevro; 2 foiz) mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Bugungi kunda oldimizga qo‘yilayotgan barcha vazifalarning muhimligini, ahamiyatini terang tushunib, ularni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirishning shahar va tumanlar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha zarur choralarini ko‘rib boramiz.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 6219