Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'



Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (59 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (59 KB)

Ministrler Ken’esinin’ arnawli telefon liniyasinan paydalaniw qag’iydasi

Fuqarolarning murojaatlarini, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta'minlash masalalari bo'yicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi telefon aloqasining maxsus liniyasidan foydalanish
QOIDASI

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Qoida «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi va «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq fuqarolarning hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining (keyingi o'rinlarda tadbirkorlik sub'ektlari deb ataladi) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o'rinlarda «ishonch telefoni» deb ataladi) orqali tushadigan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta'minlash masalalari bo'yicha arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ko'rib chiqish tartibini belgilaydi.

2. Quyidagilar «ishonch telefoni»ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:

- fuqarolarning davlat organlariga, muassasalariga murojaat etishi uchun qo'lay shart-sharoit yaratish va bu sohada munosabatlarni tartibga solish;

- nazorat qiluvchi va boshqa davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlariga yo'l qo'ymaslik, tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish boshqa masalalar bo'yicha fuqarolarning va tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko'rib chiqish.

3. «Ishonch telefoni» orqali:

arizalar - fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari amalga oshirilishida yordam ko'rsatish so'ralgan murojaatlari;

takliflar - fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalari yuzasidan murojaatlari;

shikoyatlar -fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to'g'risidagi talabi bayon etilgan va tadbirkorlik sub'ektlarining ular faoliyatiga nazorat qiluvchi va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan asossiz aralashuvlari yuzasidan hamda tadbirkorlik sub'ektlarining boshqa da buzilgan qonuniy huquqlar, erkinliklar va manfaatlar tiklanishi talab qilingan murojaatlari qabul qilinadi.

II. «Ishonch telefoni» ishini tashkillashtirish tartibi

4. «Ishonch telefoni» Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashida (keyingi o'rinlarda Vazirlar Kengashi deb ataladi) o'rnatiladi.

5. «Ishonch telefoni»ning xizmati va ish tartibi ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlari, axboriy stendlar va bannerlar orqali keng omma diqqatiga havola etiladi.

6. «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun mas'ullik vazifasi Vazirlar Kengashi Raisining matbuot kotibi zimmasiga yuklatiladi.

7. «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlar dushanba kunidan shanba kunigacha (bayram kunlaridan tashqari, 6 kun davomida) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha Vazirlar Kengashining mas'ul xodimi-matbuot kotibi tomonidan qabul qilinadi.

8. Murojaatlarni ko'rib chiqishda Vazirlar Kengashining mas'ul xodimi-matbuot kotibi tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik sub'ekti to'g'risida olingan ma'lumotlarning uning tegishli roziligisiz, shuningdek davlat siri bo'lgan ma'lumotlarni, tijorat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni hamda agar bu tadbirkorlik sub'ektining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini kamsitishga olib kelsa, boshqa ma'lumotlarning oshkor etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Qo'ng'iroq qiluvchi shaxs to'g'risida murojaat qilish mavzusiga tegishli bo'lmagan ma'lumotlarni aniqlashga yo'l qo'yilmaydi.

9. Takliflar Vazirlar Kengashi tomonidan ular tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganish talab qilinadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kun muddatda ma'lum qilinadi.

10. Arizalar va shikoyatlar Vazirlar Kengashi tomonidan tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganish va tekshirishni talab qilmaydigan arizalar va shikoyatlar esa o'n besh kundan kechikmay ko'rib chiqiladi.

Arizalar yoki shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun qo'shimcha tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallarni talab qilish yoxud boshqa choralarni ko'rish zarur bo'lgan hollarda arizalar yoki shikoyatlarni ko'rib chiqish muddatlari Vazirlar Kengashi Raisi yoki o'rinbosarlari tomonidan istisno tariqasida, biroq bu haqda ariza bergan yoki shikoyat qilgan shaxsga xabar qilingan holda bir oydan ortiq bo'lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

III. «Ishonch telefoni» orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi

11. «Ishonch telefoni» orqali murojaatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida 8(361) 222-46-33 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. (Vazirliklar, idoralar, xo'jalik boshqaruv organlari va tuman xokimliklarida tashkil etilgan «ishonch telefon»i raqamlari ushbu Qoidaga ilova qilinadi)

12. «Ishonch telefoni» orqali telefon qo'ng'iroqlariga javob berishda Vazirlar Kengashining qo'ng'iroqni qabul qiluvchi mas'ul xodimi-matbuot kotibi:

familiyasini, ismini, otasining ismini, egallab turgan lavozimini aytishga;

qo'ng'iroq qilgan shaxsga «ishonch telefoni» fuqarolardan va tadbirkorlik sub'ektidan arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg'on ma'lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'lishini ma'lum qilishi;

13. «Ishonch telefoni» orqali murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari familiyasi, ismi, otasining ismini, ish va yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlarni (tadbirkorlik sub'ekti esa qo'shimcha o'zlari ifodalaydigan tadbirkorlik sub'ektining nomini, STIRni), javob yuborilishi kerak bo'lgan pochta manzilini, qayta bog'lanish uchun telefon raqamini ma'lum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.

14. «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlar Vazirlar Kengashining mas'ul xodimi-matbuot kotibi tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Qoidaning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo'yicha rasmiylashtiriladigan Vazirlar Kengashining «ishonch telefoni» orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ro'yxatga olish daftarida ro'yxatdan o'tkaziladi hamda ko'rib chiqish uchun Vazirlar Kengashining Raisiga kiritiladi.

15. Ushbu Qoidaning 13-bandida ko'rsatilgan axborot va ma'lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro'yxatdan o'tkazilmaydi va ko'rib chiqilmaydi.

 

IV. «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi

16. «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlar Vazirlar Kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi.

Zarur hollarda murojaatda ko'rsatilgan holat fuqaro(lar)ning o'zini va tadbirkorlik sub'ektini jalb etgan holda joyning o'ziga chiqib o'rganilishi mumkin.

17. Vazirlar Kengashi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan hollarda tegishli tashkilotlarga yoki rahbar xodimlarga aniqlangan qonun buzilishlarini, ularning sabablarini va qonun buzilishiga olib kelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida ularda ko'rsatilgan muddatlarda bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar yuboriladi.

18. Agar murojaatda tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqqa zid qilmish to'g'risidagi, shuningdek uni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxs haqidagi ma'lumotlar mavjud bo'lsa, murojaatlar darhol huquqni muhofaza qilish organlariga ularning vakolatlariga muvofiq yuborilishi kerak.

19. Ko'rib chiqilishi Vazirlar Kengashining vakolatiga kirmaydigan masalalar bo'yicha «ishonch telefoni» orqali murojaatlar tushgan taqdirda, Vazirlar Kengashining mas'ul xodimi-matbuot kotibi tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

20. Murojaatni ko'rib chiqqan Vazirlar Kengashi fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektiga ko'rib chiqish natijalari mazmun-mohiyati to'g'risida yozma shaklda xabar berishi shart.

Javob fuqaro va tadbirkorlik sub'ektiga yuborilgandan keyin murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan shaxsning imzosi bilan nazoratdan chiqariladi, bu haqda «ishonch telefoni» orqali tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ro'yxatdan o'tkazish daftariga tegishli yozuv qayd etiladi.

Tadbirkorlik sub'ektiga berilgan yozma javobning nusxasi Vazirlar Kengashida saqlanadi.

21. Vazirlar Kengashining taqdimnomalari bajarilmagan va zarur darajada bajarilmagan taqdirda tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2779