Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (64 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (64 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi

«O`zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida»gi  PF-5326-sonli farmoni ijrosini ta`minlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida»gi  PF-5326-sonli farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi « O`zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida»gi  PF-5326-sonli farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni bilan:

a) 2018 yil 10 fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a`zolari uchun O`zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e`tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanganligi;

b) 2018 yil 10 fevraldan boshlab fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yohud O`zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar ro`yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanligi;

 

 

v) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishini ta`minlash vazifasi yuklatilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzuridagi «Milliy turizm mahsulotini targ`ib qilish markazi» DUK O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK etib qayta tashkil etilishi, unga respublikaning turizm salohiyatini targ`ib qilishni tashkil etish bo`yicha vazifalar yuklatilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan;

2018 yil 1 martiga qadar «Milliy PR-markazi» DUK uchun zamonaviy va yuqori texnologik suratga olish uskunalari, avtotransport vositalari, shu jumladan yuqori o`tish qobiliyatiga ega bo`lgan avtotransport vositalarini sotib olishni o`z ichiga oluvchi zaruriy moddiy-texnik bazasi yaratilishini, shuningdek, ijara to`lovisiz zaruriy xonalar ajratilishini;

2018 yil 1 apreliga qadar ijodiy va suratga olish guruhlarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yo`li bilan shakllantirishni, shuningdek, ularni ta`minlash va moddiy rag`batlantirish uchun zaruriy mablag`lar ajratilishini;

shakllantirilgan ijodiy va suratga olish guruhlarining stsenariylar va suratga olish ishlari kontseptsiyasini ishlab chiqish, respublika hududlariga ijodiy ekspeditsiyalar va xizmat safarlari, shuningdek, mamlakatning turizm salohiyatini targ`ib qilish bo`yicha materiallarni tayyorlaydigan boshqa ijodiy guruhlar faoliyatini doimiy asosda, shu jumladan autsorsing orqali moliyalashtirilishini ta`minlash belgilanganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston «Mahalla» hayriya jamoat fondi hamda O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasining quyidagi aholi qatlamlari uchun respublika hududlari bo`ylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini ko`zda tutuvchi «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini (keyingi o`rinlarda - Dastur) amalga oshirish to`g`risidagi taklifi ma`qullanganligi;

ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun - ta`til davri va dam olish kunlarida;

 

tashkilotlar xodimlari uchun - dam olish kunlarida, umummilliy bayramlar va ta`til kunlarida, ayniqsa turizm mavsumi sust davrda;

aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun - sanatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida;

keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yig`inlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun - turizm mavsumi sust davrda;

e) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga;

bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish bo`yicha amaliy chora- tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun kiritish;

Savdo-sanoat palatasi, O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda turizm xizmatlari ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlarining sifat, xavfsizlik va narxlarning raqobatbardoshligi mezonlaridan kelib chiqib Dasturda ishtirok etish hamda ularning Dasturni amalga oshirish doirasida o`zaro hamkorlik qilish mexanizmlarini belgilash;

2018 yilning 1 martiga qadar o`zining rasmiy veb-saytida Dasturda ishtirok etish shartlari, turizm-ekskursiya dasturlarini tashkil etish mexanizmlari haqidagi, hamkor tashkilotchilar va ular tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar ro`yxatlari hamda boshqa zaruriy ma`lumotlarni joylashtirish topshirilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasining tuzilgan xalqaro shartnomalarini mazkur Farmonning talablariga muvofiq qayta ko`rib chiqilishini ta`minlash vazifasi topshirilganligi;

z) Quyidagilar:

- asosiy faoliyat turi tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish bo`lgan yuridik shaxslarni ular tomonidan tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e`tiboran 3 yil muddatga - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i, er solig`i va mol-mulk solig`i, shuningdek, yagona soliq to`lovini to`lashdan;

- tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini 2022 yilning 1 yanvariga qadar - belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatlarga ko`ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta`mirlash va jihozlash uchun O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, xom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni olib kirish uchun bojxona to`lovlarini to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari);

- turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati sub`ektlarini  2022 yilning 1 yanvariga qadar - O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan;

haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga mo`ljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari;

dor (osma) yo`llarni, tog`-chang`i ko`targichlar, funikulyorlar va boshqa o`xshash ob`ektlar va inshootlarni qurish, qayta ta`mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), motor qayiq va kvadrotsikllar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatlarga ko`ra bojxona to`lovlarini to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari) ozod etilganligi;

i) Qoraqalpog`iston Respublikasida ro`yxatga olinib, litsenziyaga ega bo`lgan turizm operatorlariga istisno tariqasida ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel` hajmi 2,4 l. dan kam bo`lmagan yuqori o`tish qobiliyatiga ega bo`lgan olib kirilayotgan transport vositalariga avtotransport vositalarini ro`yxatga olish bo`yicha alohida davlat raqami seriyasini tatbiq etgan holda va ulardan faqatgina Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida foydalanish sharti bilan 5 yil muddatga bo`lib-bo`lib to`lash orqali amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida boj to`lovlarini to`lashga ruxsat etilganligi;

k) quyidagilar bilan:

2018 yilning 1 yanvaridan e`tiboran turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bron (band) qilish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning soliqqa solinadigan bazasi elektron xizmatlarni, jumladan, elektron to`lovlar, bron (band) qilish, ekvayring va boshqa xizmatlarni, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yo`lga qo`yishga yo`naltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytirilishi;

jamoat joylarida Internet tarmog`iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda tegishli sifatdagi ulanishni ta`minlash lozimligi;

o`z hududida Internet tarmog`iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi­Fi) o`rnatgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq to`lovi bo`yicha bazasi tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet- trafikni sotib olishga yo`naltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytirilishi;

jamoat joylarida Internet tarmog`iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga bunday hududlarni tashkil etgan joylarda 18 kv.m.dan ortiq bo`lmagan ulchamdagi reklama banneri yoki romlarini o`rnatish huquqi beg`araz asosda va mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatlarini olmasdan taqdim etilishi;

Internet tarmog`iga simsiz bepul ulanish hududlarida (Wi-Fi) taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi;

l) Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasining mehmonxonalarni, tutash yo`l, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish bo`yicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining 200 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochish to`g`risidagi takliflariga rozilik berilganligi;

O`zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasiga ikki oy muddatda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishi uchun ularga kredit liniyalarini ochish topshirilganligi;

mehmonxonalar va tutash yo`l, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari ob`ektlari uchun import uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish uchun kredit muddati 15 yil (imtiyozli davr - 5 yil). Maqsadli kredit liniyasining mablag`lari hisobiga bitta mijoz uchun ajratiladigan kredit hajmi loyiha qiymatining 50 foizidan oshirmaslik;

kreditlar vakolatli tijorat banklarining investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy maqsadga muvofiqligi to`g`risidagi ijobiy qarorlari asosida beriladi. Bunda, bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bitta investitsiya loyihasi uchun 10 mln. AQSh dollaridan oshirmaslik;

m) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda un kunlik muddatda mazkur Farmonni hisobga olgan holda kirish turizmini rivojlantirish, ichki turizmning jadal rivojlanishini ta`minlash, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining vakolatlari va tuzilmasini qayta ko`rib chiqish bo`yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish va kiritish topshirilganligi;

n) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq o`zgartirishlar kiritilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  Qoraqalpog`iston Respublikasida ro`yxatga olinib, litsenziyaga ega bo`lgan turizm operatorlariga istisno tariqasida ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel` hajmi 2,4 l. dan kam bo`lmagan yuqori o`tish qobiliyatiga ega bo`lgan olib kirilayotgan transport vositalariga avtotransport vositalarini ro`yxatga olish bo`yicha alohida davlat raqami seriyasini tatbiq etishni tashkillashtirsin.

4. O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi manfaatdor vazirlik va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda mazkur Farmonni hisobga olgan holda kirish turizmini rivojlantirish, ichki turizmning jadal rivojlanishini ta`minlash, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi vakolatlari va tuzilmasini qayta ko`rib chiqish bo`yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Kengashiga kiritsin.

5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qaror bilan muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

  Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q. Sariev  


Ko'rip shi'g'i'ldi': 2465