Совет Министров Республики Каракалпакстан

Портал государственной власти Республики Каракалпакстан



Скачать страницу в PDF Скачать страницу в PDF (52 Kb)    Версия    Скачать страницу в doc (52 KB)

Kompaniyaning asosiy mijozlari

  • Fermer xo‘jaliklari;
  • Shirkat (kooperativ) xo‘jaliklari;
  • Mashina traktor parklari AJ;
  • Muqobil mashina traktor parklari;
  • Viloyat “Qishloqxo‘jalikkimyo” AJ.

 

Imtiyozli lizing xizmatini ko‘rsatish shartlari:

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2000 yil 424-sonli “Qishloq xo‘jaligini lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan shirkat (kooperativ), fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklari respublika mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikalarini lizingga olishda quyidagi imtiyozlarga egadirlar:

  • avans sifatida texnikaning faqat 15 foizlik qismigina to‘lanadi;
  • texnika 7-10 yilgacha bo‘lgan muddatga lizingga beriladi;
  • lizing marjasi foizi miqdori Markaziy Bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi darajasidan yuqori bo‘lmaydi;
  • lizing oluvchi tomonidan lizing ob’ekti avvaldan sug‘urtalanib, sug‘urta polisi lizing beruvchiga taqdim etiladi.

 

Umumiy asoslarda lizing xizmatini ko‘rsatish shartlari:

 

Bunda, lizing bozoridagi taklif va talabdan kelib chiqqan holda shartnoma asosida:

  • avans sifatida texnikaning 40 foizgacha bo‘lgan qismi to‘lanadi;
  • texnika 1,5 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga lizingga beriladi;
  • lizing marjasi foizi miqdori yillik 20 foizgacha belgilanishi mumkin;

lizing ob’ekti va uning sotuvchisi lizing oluvchi tomonidan tanlanadi

Texnikalarini lizingga olish uchun zaruriy hujjatlar ro‘yxati

  1. Rasmiy buyurtma xati.
  2. Yuridik shaxsning davlat statistika organlaridan ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi Guvohnomasi nusxasi.
  3. Lizingni butun muddati uchun lizing to‘lovlarining qoplanishi prognozini ko‘rsatuvchi “Biznes reja”.
  4. Garov (bank yoki sug‘urta kafolati shartnomasi yoxud uchinchi shaxs kafilligi) shartnomasi.
  5. Lizingni butun muddati uchun sug‘urta polisi.

Просмотров: 6886