Shavkat Mirziyoev: Birinchi navbatda aholi bandligini ta`minlashimiz kerak

"Zarbdor textile" mas`uliyati cheklangan jamiyati joriy yilning aprel` oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Korxonada 17,5 million dollarlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. 

Korxonada yiliga 31 million kvadrat metr mato hamda 6,5 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona o`z faoliyatini boshlashi bilan 864 ish o`rni yaratiladi. Ishlab chiqarishni kengaytirish evaziga joriy yilning uchinchi choragida yana 196 nafar xotin-qiz ish bilan ta`minlanadi. 

Korxona bilan tanishish chog`ida Prezidentimiz mamlakatimizda etishtirilayotgan paxta o`zimizda to`liq qayta ishlanishi qo`shimcha qiymatli mahsulot tayyorlash bilan birga yangi ish o`rni yaratish imkonini berishini ta`kidladi. 

Jizzax shahridagi sobiq to`qimachilik kombinatining bo`sh turgan binolari negizida zamonaviy to`qimachilik majmuasini barpo etish, “Jizzax”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonalarida 2018-2019 yillar uchun rejalashtirilgangan investitsiya, shuningdek, viloyatda engil sanoat va qishloq xo`jaligi sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham o`tkazildi. 

 

Umar Asrorov, O`zA


Sana: 2018-03-30 15:00:24, Ko'rib chiqildi: 1228