Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

31 mart kuni qardosh Ozarbayjonda qatog‘on qurbonlari yod etiladi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (57 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (57 KB)

Shu kuni ozarbayjonlarni qatliom (genotsid) kuni (Azərbaycanlıların Soyqırımı Günü) munosabati bilan xotira marosimlari o‘tkaziladi. 1998 yilning 26 mart kuni o‘sha vaqtdagi Prezident Geydar Aliyev “Ozarbayjonlarni genotsid qilinishi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilgan edi.
 
Prezident farmonida mustaqillikka erishilgach ozarbayjon xalqining o‘tmishi to‘g‘risida asl haqiqatlar ro‘yobga chiqish imkoniyati paydo bo‘lgani ta’kidlanadi. Tarixning o‘qilmagan sahifalaridan biri ozarbayjon xalqiga nisbatan bir necha bor sodir etilgan genotsidga o‘z vaqtida siyosiy-huquqiy baho berilmaganidir.
 
Ozarbayjonning amaldagi prezidenti Ilxom Aliyev 2009 yilning 30 oktabrida 20-asr boshlarida nohaq o‘ldirilganlarning ommaviy qabri topilgan Quba shahrida “Genotsid Memorial kompleksi” to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Unda o‘tgan asr boshlarida dashnoqlar tomonidan etnik tozalash o‘tkazilgani, Boku, Quba, Qorabag‘, Shamaxi, Kyurdamir, Salyan, Lyankyaran va boshqa mintaqalarda o‘n minglab begunoh ozarbayjonlar qirg‘in qilingani ta’kidlanadi.
 
Har yili 31 martda Ozarbayjonda va xorijda istiqomat qiluvi ozarbayjonlar 1918 yil mart oyida Boku shahri va Boku guberniyasida yuz bergan hodisa qurbonlari xotirasini yodga olib bir qator tadbirlar o‘tkazadi.
 
1813–1828 yillarda ozarbayjon xalqini bo‘laklarga ajratish siyosati boshlanadi. Bu, o‘z navbatida, ozarbayjon yerlarining bosib olinishga olib keladi. Shu tariqa ozarbayjon yerlari boshqa xalqlar tomonidan egallab olinadi. 1905–1907 yillarda ozarbayjonlarga nisbatan keng qamrovli qonli jinoyatlar amalga oshirildi.
 
Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining o‘rinbosari Jabi Bayramovning ta’kidlashicha, 20-asr boshlarida dashnoqlar boshlagan qatliomlarni 1918 yilning 24 mart kuni bolshevik Stepan Shaumyan davom ettiradi. Tarixchining so‘zlariga qaraganda o‘sha yili Bokuda 12 mingdan ortiq ozarbayjonliklar, jumladan, qariyalar, bolalar, xotin-qizlar o‘ldiriladi. Shamaxi uyezdida 75ta, Quba uyezdida 122ta, Zangezur uyezdida esa 115ta qishloq yo‘q qilinib, qonga botiriladi. Janubiy Ozarbayjonda esa 150 ming ozarbayjon millatiga mansub aholi o‘ldirilgan. 
 
Bayramovning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon hududlarida sodir etilgan genotsid oqibatida 700 minga yaqin ozarbayjon yo‘q qilingan. 1920 yilning may oyidan 1921 yilning noyabr oyiga qadar Ozarbayjonda 48 ming tub xalq vakili o‘ldirilgan. O‘tgan asrning 30 yillarida bolsheviklar tomonidan ozarbayjonlarga nisbatan repressiya uyushtiriladi. Bu jarayon 1941–1945 yillardagi urush davrida ham kuzatildi. Bu urushda 700 ming ozarbayjonlik ishtirok etdi. Ularning yarmi urushdan qaytmadi.
 
O‘zbekistonda ham milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, aziz siymolar xotirasini e’zozlash, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2001 yil 1 maydagi “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni asosida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi 2002 yilning 31 avgustida ochildi. Xalqimizning o‘tmishi va bugunini o‘zida aks ettirgan mazkur muzey tobora boyitilib, mehmonlarning aziz qadamjolaridan biriga aylandi. 
 
Mustabid tuzum yillarida qatag‘onga uchragan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish millatimiz qalbida ajdodlarimiz ruhiga ehtirom, ijtimoiy adolat tantanasiga ishonch, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini uyg‘otishi shubhasiz.
 
Ma’lumot uchun, mamlakatimizda har yili 31 avgustda Qatag‘on qurbonlari yod etiladi. An’anaga ko‘ra, «Shahidlar xotirasi» xiyobonida o‘zbek xalqi ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarni yod etish marosimi o‘tkaziladi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltiriladi. 
 

 

Sharofiddin To‘laganov 

31.03.2018 18:49 da elon qilingan, 1343 marta korib chiqildi