Bugun Qur`on musobaqasining natijalari e`lon qilinadi

Bugun, 24 aprel` kuni yurtdoshlarimiz intiqib kutgan va 3 kun davomida ulkan ixlos hamda ko`zda yoshlar bilan kuzatgan O`zbekiston Qur`on musobaqasining erkaklar o`rtasida o`tkazilgan Respublika bosqichi o`z nihoyasiga etadi.

Barcha Qu`oni karim muxlislarini musobaqaning final bosqichini to`g`ridan to`g`ri kuzatishga taklif etamiz.

Finalni Muslim.uz portali hamda uning Youtube.com ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy kanalida kuzatishingiz mumkin.

Hayajonli onlar guvohi bo`lishingizga biroz fursat qoldi. O`tkazib yubormang.

E`lonni Siz Alloh uchun sevgan yaqinlaringizga ham ulashing!

O`MI Matbuot xizmaii


Sana: 2018-04-24 11:56:19, Ko'rib chiqildi: 1105