Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Is gazidan himoyalanish bo‘yicha mutaxassis tavsiyasi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

 

To'rtko'l tumanida joylashgan “SAFETY FILTR” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ma'rufjon Rajapbaev o'zi ixtiro qilgan tabiiy gazni filtrlash qurilmasining istemolchilar uchun har tomonlama foydali va samarali tomonlarini ta'kidlamoqda. 
Respublika bo'yicha tabiiy gazni istemolchilarga etkazib berishda yuzaga kelayotgan texnologik yo'qotishlarning aksariyat ulushi gaz hisoblagichlarning ishdan chiqishi va gaz hajmi aniq o'lchanishi buzilishiga to'g'ri keladi. Ushbu filtrlash qurilmasi o'rnatilishi natijasida mazkur texnologik yo'qotishlar to'liq bartaraf etiladi. Noreal qarzdorlik va istemolchilarning ortiqcha sarf-harajaatlari, ovvoragarchiliklariga barham beriladi. 
Shuningdek, aholi xonadonlarida mazkur qurilmaning joriy etilishi eng katta boyligimiz hisoblangan inson salomotligining ham garovidir. Qoraqalpog'iston Respublikasi  IIV Yon¬g'in xavfsizligi boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi tomonidan ushbu qurilmaga tegishli xulosalar berilgan.
Xulosalarda qurilma o'rnatilishi natijasida atmosfera havosiga chiqariladigan va inson organizmi uchun xavfli bo'lgan zaharli is gazining sezilarli darajada kamayishi ko'rsatilgan.
Ta'kidlash joizki, mazkur jamiyat O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan patenti, “O'zstandart” agentligi tomonidan berilgan muvofiqliq sertifikati hamda Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan mualliflik patenti asosida ushbu qurilmani ishlab  chiqarmoqda.
                                                                                                                                                            Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati
 


14.06.2018 10:17 da elon qilingan, 1678 marta korib chiqildi