Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Aqto‘be viloyati delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonga rasmiy safar bilan kelmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

21-iyun kuni Qozog'iston Respublikasi Aqto'be viloyati hokimi Berdibek Saparbaev rahbarligidagi delegatsiya Qoraqalpog'istonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrifdan maqsad – Qoraqalpog'iston Respublikasi iqtisodiy salohiyati bilan tanishish va hamkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishdir. 
Tashrif doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Aqto'be viloyati rasmiy delegatsiyalarining rasmiy uchrashuvi, ikki tomonning ishchi doiralari ishtirokida biznes-forum o'tkazilishi, unda Qoraqalpog'istonning investitsion loyihalari va turistlik loyihalari namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlar buyuk qoraqalpoq shoiri Berdaq haykali va qoraqalpoq zaminida tug'ilib o'sgan  iste’dodli qozoq shoiri Tolegen Aybergenovning qabriga gul quyib, Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olayotgan yoshlar bilan va I.Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi o'quvchilari bilan uchrashadi. Shuningdek, Xo'jayli tumanidagi logistika markazi, Nukus shahridagi «Samsung» MChJ, korxosi va I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyiga tashrif buyuradi.
Rasmiy safar Berdaq nomidagi davlat akademik drama teatridagi Aqto'be viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi san’at ustalarining gala kontserti bilan yakunlanadi.
Malumot tariqasida takidlash joizki, 49 kishidan iborat mazkur delegatsiya tarkibidan Aqto'be viloyati Ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birga san’atkorlar ham joy olgan.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 
Axborot xizmati

 


20.06.2018 19:55 da elon qilingan, 1760 marta korib chiqildi