Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING FARMOYIShI

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

“O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2015 yil 9 dekabrdagi 507-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2016 yil 24 martdagi MM/15-04-34-11/23-598-sonli xatlarini inobatga olib:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2012 yil 29 fevraldagi 34-b-sonli farmoyishiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida 2-band quyidagicha tahrir qilinsin:
a) “O‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini transportda bepul tashish belgilanganligini inobatga olib, 2016 yil 1 aprelidan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida bir martalik avtobusda yo‘lovchilarni tashish xizmati tarifi 700 so‘m, yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarni tashish xizmati tarifi 800 so‘m miqdorida belgilansin”.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari (J.Yembergenov), “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi (R.Mirzayev) bilan birgalikda belgilangan tartibda yo‘lovchilarni tashish korxonalari talablariga asosan dizel yoqilg‘isi bilan uzluksiz ta’minlash masalasini hal qilib bersin. 
3. “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi (R.Mirzayev)ga;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2012 yil 29 fevraldagi 34-b-sonli farmoyishining 1 va 3-bandlari ijrosini so‘zsiz bajarilishining ta’minlanishini nazorat qilish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi (M.Dostanov) va Ichki ishlar vazirligi (Q.Berdiyev) hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi (M.Qosnazarov) bilan birgalikda yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashuvchilar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablariga, yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek tashuvlarni ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam ravishda qo‘shma reydlar tashkil etish topshirilsin. 
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ huquqiy hujjatlarni ushbu farmoyishga muvofiqlashtirsinlar.
5. Ushbu farmoyish rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘z kuchiga kirishi belgilab qo‘yilsin.
6. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Mamutov zimmasiga yuklatilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                  B.Yangibayev

Nukus sh.,
30.03.2016 y.
№64-b


30.03.2016 15:34 da elon qilingan, 2746 marta korib chiqildi