Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qoraqalpog‘iston bo‘yicha yangi hujjatli film namoyish qilindi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Ushbu kunlarda Rossiyaning «Moya planeta» telekanalidan «Karakalpakiya: skvoz peski vremen» (Qoraqalpog‘iston: Davr qumlari orasidan) nomli yangi hujjatli film namoyish etilmoqda. 

1 soatlik 7 bobdan iborat ushbu filmda Qoraqalpog‘istonning boy madaniy-tarixiy merosi, muhim ahamiyatga ega arxeologik topilmalari, sayyohlik maskanlari, tabiati, hududda amalga oshirilayotgan buyuk bunyodkorlik ishlari hamda yirik industrial salohiyati haqida keng qamrovli qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.

Filmda, shuningdek, Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik ofatchilikning hukumat tomonidan qanday qilib bartaraf qilinayotganligi va bu yerda yashovchi xalqlarning tabiiy fojia bilan qanday kurashayotganligi alohida ta’kidlanadi. 

Film xalqaro «Eriell Group» nefteservis kompaniyasining qo‘llab-quvvatlashi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining hamkorligida tasvirga olingan.



Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 


31.03.2016 16:41 da elon qilingan, 3343 marta korib chiqildi