Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali



Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Respublika mehmonlariga

Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida umumiy ma’lumot
Respublikaning o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari, belgi va alomatlari. Boshqa hududlardan farqli jihatlari. Uning qisqacha ta’rifi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbida, Amudaryoning quyi, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1932-yil 20-martda tashkil qilingan.
Umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u hududning kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi.
Respublika janubiy-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan.
Mintaqa yer maydonlarining 80 foizdan ortig‘ini qum barxanlaridan iborat cho‘l hududlari tashkil qiladi.
Respublika aholisi (2014 yil boshiga) 1 million 754 ming kishidan ziyod bo‘lib, aholining milliy tarkibida o‘zbeklar 38,1 foizni, qoraqalpoqlar 35,7 foizni, qozoqlar 18,2 foizni, turkmanlar 5,1 foizni ruslar 0,7 foizni koreyslar 0,4 foizni, tatarlar 0,3 foizni va boshqada millatlar 1,5 foizni tashkil qiladi.
Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 14 ta tuman, 1 ta shahardan iborat bo‘lib, markazi - Nukus shahri.


Ko'rib chiqildi: 15474