Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (79 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (79 KB)

2014 yilning 9 oy yakuni bilan

Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2014 yilning III choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to'g'risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan respublika Hukumatining joriy yil 17 yanvaridagi majlisida belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining bayonati

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tizimli ishlar olib borilib, iqtisodiyotni o‘stirining barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan strategiyalar davom ettirilib, mavjud imkoniyatlardan tuliq foydalonmoqda.

Buning natiyjasida yalpi hududiy mahsulot 2537,4 mlrd.so‘mni, o‘sish sura’ti 109,4 foizni (reja 109,6%) tashkil etib, usish su’ati saqlanib qolindi.

Yalpi hududiy mahsulotdagi kichik biznesning ulushi esa 66 foizni (2013 yil 9 oyda 65,8%), xizmatlar ulushi 48,7 foizni (2013 yil 9 oyda 48,3%) tashkil etdi.

Shuningdek, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan:

- sanoatda 112,9 foiz (902,9 mlrd.so‘m; reja 112,9%);

- xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishda 114,1 foiz (373,4 mlrd.so‘m; reja 111%);

- kapital qo‘yilmalarda 129,1 foiz (2902,6 mlrd.so‘m; reja 129,1%);

- chakana savdo tovar aylanmasida 114,5 foiz (1342,6 mlrd.so‘m; reja 114%);

jami xizmatlarda - 123,6 foiz (1839,4 mlrd.so‘m; reja -123,2%) o‘sishiga erishildi.

Eksport hajmi 73,2 mln. dollarni (reja 70,1 mln. dollar), shu jumladan hududiy buysinuvdagi korxonalar hajmi 22,3 mln. dollarni (reja 21,8 mln. dollar; 102,2%) tashkil etdi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasida “2014-2016 yillarda ijtimioiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq 2014 yilda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi (chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik) sohalarida umumiy qiymati 203,7 mlrd. sumlik va 6945,0 ming dollarga teng chet el investitsiyalari hisobigi jami 1842 ta loyiha amalga oshirilishi va 10519 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Xususan, sohalar kesimida:

- sanoat yo‘nalishi bo‘yicha qiymati 133,7 mlrd.sumlik va 6945,0 ming dollarga 324 ta loyihani amalga oshirish va 7072 ta yangi ish o‘rinlari yaratish;

- qishloq xo‘jalik yo‘nalishi bo‘yicha qiymati 23,7mlrd.sumlik 366 ta loyihani amalga oshirish va 1386 ta yangi ish o‘rinlari yaratish;

- xizmat va servis sohasi yo‘nalishi bo‘yicha qiymati 46,3mlrd.sumlik, 1152 ta loyihani amalga oshirish va 2061 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belilangan.

 Amalda joriy yil 1 oktyabr holatiga dastur doirasida 1465 ta (rejaga nisba-tan 132,6%) loyiha amalga oshirilib, 79 mlrd. so‘m hamda 105 ming dollarlik chet el investitsiyalari o‘zlashtirilib (132,0%), natijada 4227 (124,3%) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

Shu jumaladan:

Sanoat yo‘nalishida:

- 186 ta (reja 145-ta; 128,3% ) loyiha amalga oshirildi;

- 26,6 mlrd. so‘mlik (reja 22,3 mlrd.so‘m; 119,6%) investitsiyalar o‘zlashtirildi;

-1511 ta (reja 1209; 125%) yangi ish o‘rni yaratildi.

 

- 338 ta (reja 321-ta; 105,3%) loyiha amalga oshirildi;

- 14,3 mlrd. so‘mlik (reja 15,7 mlrd.so‘m; 90,4%) investitsiyalar o‘zlashtirildi;

- 1285 ta (reja 1196; 107,4% ) yangi ish o‘rni yaratildi.

 

- 941 ta (reja 639-ta;147,3% ) loyiha amalga oshirildi;

- 38,3 mlrd. so‘mlik (reja 22,0 mlrd.so‘m; 174,3%) investitsiyalar o‘zlashtirildi;

- 1431 ta (reja 996; 143,7%) yangi ish o‘rni yaratildi.

Ushbu dasturlarni amalga oshirilishi natijasida hududimizda oldin ishlab chiqarilmagan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni erishildi. Masalan:

To‘rtko‘l tumanidagi "Turtkul farovon qurilish" MChJda penobeton mahsulotlari, Xo‘jayli tumanidagi "Karakalpaksteklotarы" MChJ ("Nukus vinzavod" OAJ) steklotar mahmulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga quyildi.

Amudaryo tumanidagi “AMUDARYOTEX” mahalliy xom-ashyo, paxtadan yuqori sifatli eksportbop to‘qimachilik va trikotaj sanoati uchun yigirilgan ip-kalava chiqarish Xorijiy korxonasini ishga tushirildi va natijada 250 ta yangi ishchi o‘rin yaratildi. Ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvati 6 ming tonna ip-kalava, shundan grebnaya pryaja 4,5 ming tonna, kardnaya pryaja 1,5 ming tonna. O‘rtacha yillik ishlab chiqarish hajmi 19,8 mln AKSh dollarni, shundan eksport hajmi 15,8 mln.AQSh dollarni ya’ni 80 foizin tashkil etadi.

Sanoatning muhim tarmoqlari hisoblangan energetika, kimyo, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarida modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

 

“Taxiatosh Issiqliq Elektr stantsiyasi”da 2013-2020 yillarda qiymati 700 mln.dollarlik investitsiya kiritish hisobiga qo‘shimcha quvvati 230-250 MVt li 2 ta bug‘gaz qurilmalarni qurish ishlari boshlanib, 2014 yilda 29,8 mln. dollar, shundan 3,0 mln. dollari o‘z mablag‘i, 1,8 mln. dollari chet el investitsiyasi hisobidan va 25,0 mln. dollari O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish jamg‘armasi (FRR RUz) hisobidan investitsiyalar o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Amalda hisobot davrida 2793,0 mln. so‘m investitsiyalar, shundan 2551,8 mln. so‘mi qurilish-montaj ishlari, qurilish maydoni va tibbiy-sanitar bo‘limini tayyorlash uchun o‘zlashtirilgan.

"Qoraqalpoq elektr tarmaqlari” korxonasida esa 2014 yilda jami 5798,8 mln. so‘mlik yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirish rejalashtirilib, joriy yilning 9 oyida 3113,6 mln. so‘mlik ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

  • 2097,5 mln. so‘mlik yangi elektr liniyalari tortilgan;

 - 1016,1 mln. so‘mlik yangi transportmator punktlari o‘rnatilgan;

 

2014 yilning 9 oyida kimyo sanoatida 59,0 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 102,6 foizni tashkil qilgan.

Kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmining asosiy qismi Qo‘ng‘irot soda zavodiga to‘g‘ri keladi.

Investitsiya dasturiga asosan 2012-2015 yillarda Qo‘ng‘irot soda zavodida qiymati 109,5 mln. dollarlik investitsiya kiritish hisobiga qo‘shimcha yiliga 100 ming tonna (jami 200 ming tonna) kaltsiylangan soda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar korxonada jami 77,9 mln. AQSh dollarlik (2012 yilda – 29,3 mln.doll. 2013 yilda – 33,1 mln.doll. 2014 yilning 9 oyida – 15,5 mln.doll) investitsiya o‘zlashtirilib, reja 71,1 foizga (reja 109,5 mln.doll.) bajarilgan. Joriy yilning hisobot davrida 15,5 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

 Shundan:

- qurilish montaj ishlariga – 14,2 mln.doll;

- uskunalarga – 0,200 mln.doll;

 - boshqa xarajatlarga (loyiha tadqiqot ishlari) – 1,1 mln.doll.

 

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 24 sentyabrdagi №270-sonli “2013-2015 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida paxta tolasini chuqur qayta ishlash hisobiga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy yangi yengil sanoat korxonalarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi bayoni (QR Vazirlar Kengashining 2012 yil 4 fevraldagi №24 sonli qarori) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xududiy manzilli dasturga asosan 2014 yilda qiymati 34,2 mln.dollarlik 8 ta yirik loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.

Jumladan:

- har birida yiliga 22,5 mln.kv.m ip-gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega 2 ta (Beruniy tumanidagi “Astera tekstil” va Xo‘jayli tumanidagi “Elit stars tekstil” korxonasi);

- yiliga 2 ming tonna ip-kalava, 3,2 mln.kv.m djinsi matosi, 1,5 mln.dona tayyor tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega Ellikkal’a tumanidagi “Global natsional tekstil” korxonasi;

- yiliga 4 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega To‘rtko‘l tumanidagi “To‘rtko‘l asaka tekstil” korxonasi;

- har birida yiliga 360 ming juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta (Kegeyli tumanidagi "Kegeyli agrotexservis MTP", Qonliko‘l tumanida "Nokis sauda”, Taxtako‘pir tumanida "Qoraqalpoqavtotexxizmat", Beruniy tumanida "Beruniy agrotexservis MTP" korxonalari) zamonaviy korxonalarni tashkil qilish.

Beruniy tumanidagi “Astera tekstil” MChJ korxonasida ip-gazlama ishlab chiqarish loyihasi, Xo‘jayli tumanidagi “Elit stars tekstil” korxonasida ip-gazlama ishlab chiqarish loyihasi, Ellikkal’a tumanidagi “Global natsional tekstil” korxonasida kalava ip ishlab chiqarish loyihalarini 2015 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

-Kegayli tumanidagi "Kegeyli agrotexservis MTP" (“O‘zavtosanoat) korxonasi - hozirgi kunda Kegeyli tumani hokimligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashabbuskor aniqlangan. Loyixa "Avtoqayipmayshi" MChJ korxonasi tomonidan Asaka banki krediti hisobidan amalga oshiriladi. Biznes reja ishlab chikilgan. Tashabbuskor tomonidan bank krediti olishga hujjatlar topshirilgan. “A-TYeKS” MChJ korxonasi bilan paypoq to‘qish liniyasi olish uchun 77,1 ming dollarlik shartnoma tuzilgan. DAT “Asakabank” tomonidan 185,0 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilib, konvertatsiya qilish uchun korxona blok hisob-raqamiga qo‘yilgan.

-Qonliko‘l tumanida "Nokis sauda" (O‘zavtosanoat) korxonasi - hozirgi kunda Qonliko‘l tumani hokimligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashabbuskor aniqlangan. "Raya Ziyada" MChJ tomonidan loyiha amalga oshiriladi. “A-TYeKS” MChJ bilan uskunalar sotib olish uchun 77,1 ming.dollarlik shartnoma tuzilgan. Asaka bank tomonidan 180 mln.so‘mlik mablag‘ ajratilib, konvertatsiya uchun blok schyotiga ko‘yilgan.

-Taxtako‘pir tumanida "Qoraqalpoqavtotexxizmat" (“O‘zavtosanoat) korxonasi - hozirgi kunda Taxtako‘pir tumani hokimligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashabbuskor aniqlangan. “Tkachixa –Taxta” MChJ korxonasi tomonidan Asaka bank krediti xisobidan amalga oshiriladi. “Txachixa Taxta” MChJ tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida “A-TYeKS” MChJ bilan uskunalar sotib olish uchun 77,1 ming dollarlik shartnoma tuzilgan. Asaka bank tomonidan 180 mln.so‘mlik mablag‘ ajratilib, konvertatsiya uchun blok schyotiga ko‘yilgan.

-Beruniy tumanida "Beruniy agrotexservis MTP" (“O‘zavtosanoat) korxonasi - hozirgi kunda Beruniy tumani hokimligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashabbuskor aniqlangan. “Beruniy gold teks” MChJ korxonasi tomonidan OATB “Qishloqqurilishbank” krediti hisobidan amalga oshiriladi.

"Beruniy gold tekstil" MChJ tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida “A-TYeKS” MChJ bilan uskunalar sotib olish uchun 77,1 ming.dollarlik shartnoma tuzilgan. Qishloq qurilish bank tomonidan180 mln.so‘mlik mablag‘ ajratilib, konvertatsiya uchun blok schyotiga ko‘yilgan.

Bundan tashqari, 2014 yilda shahar va tumanlarning har birida 100 tadan (jami Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 1500 ta) tikuv dastgohlarini o‘rnatish bo‘yicha manzilli dasturning ijrosini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda joriy yilning 9 oyida qiymati 767,3 ming dollarlik 47 ta loyihada 772 tikuv dastgoxlari o‘rnatilgan va 776 ta ishchi o‘rni yaratildi.

 

“Turon-Xo‘jayli” OAJ da hisobot davrida 200 mln.so‘mlik distirlangan yog‘li kislota ishlab chiqarish liniyasi olib kelinib, joriy yilning fevral oyida ishga tushirildi.

Bundan tashqari korxona tomonidan 2014 yil oxiriga qadar 20 ming dollarlik rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning may oyida 25,5 ming dollarlik reduktor S2U 200 va kondensaotvodlovchi uskunalar olib kelib o‘rnitildi.

“Beruniy yog‘gar” OAJda 2014 yilda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, yog‘ mahsulotlarini yanada sifatli ishlab chiqarish uchun Navoiy elektroximiya korxonasi bilan ekstratsion yog‘ni tozalovchi filtr olish uchun 80 ming AQSh dollarga shartnoma tuzilib, 50 foiz mablag‘i o‘tkazib berilgan.

Shuningdek, “Navoyi mashinaqurilish” zavodi bilan ishlab chiqarish tsexiga yangidan 2 presslovchi uskunalar olib kelish uchun qiymati 267,3 mln. so‘mga shartnoma imzolanib, uskuna olish uchun 50 foiz mablag‘i o‘tkazib berilgan.

Bugingi kunda uskunalarning bir qismini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.Bundan tashqari korxonaning bug‘ qozonxonasini (qiymati 250,0 mln. so‘m) qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Taxiatoshdonmahsulotlari” AJ da (“O‘zdonmahsulot” AK) 2014 yil davomida loyiha qiymati 4,4 mln. dollarlik sutkasiga 275 tn. un mahsulotlarini ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida 100 ming dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, haqiyqatda 100 ming dollarlik mablag‘lar o‘zlashtirilgan (reja 100%). Hisobot davrida loyihaning texnik-iqtisodiy hujjatlari tayyorlanib, mutasaddi tashkilotlardan xulosalar olingan. Uskunalarni olib kelish uchun Turkiya davlatining “Erkan-Makino” kompaniyasi bilan shartnoma imzolanib, 5,2 mlrd. so‘m OATB “Agrobank” krediti ajratilgan. Hozirga ushbu mablag‘larni konvertatsiya qilish uchun korxonaning blok hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan.

“Nukus vino zavodi” OAJda (“O‘zvinosanoatxolding”) 2014 yilda jami qiymati 2412,5 ming dollarlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shundan;

  • steklotar ishlab chiqarishga 1711 ming dollar;
  • likyor-aroq ishlab chiqarishga 285 ming dollar;
  • non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishga 416.5 ming dollar;

Steklotar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha- uskunalar to‘liq olib kelinib, o‘rnatildi. Xo‘jayli tumani hokimining joriy yil 12 iyunidagi 452/6 sonli qarori bilan loyiha ishga tushirilgan va 2331,45 ming dollar (reja 1711 ming dollar: 136,2%) mablag‘ o‘zlashtirish hisobiga 139 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

Likyor-aroq ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha Nukus shahri hokimining joriy yil 20 maydagi 06/05-96 sonli qarori bilan loyiha ishga tushirilgan va 335,25 ming dollar (reja 285 ming dollar: 117,6%) mablag‘ o‘zlashtirish hisobiga 15 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

Non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha – “Nukus non mahsulotlari” MChJ korxonasi tashkil etilib, korxona tomonidan 1196,3 mln. so‘mlik ishlar amalga oshirilib, shahar hokimining qarori bilan loyiha ishga tushirilgan va yangidan 17 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.

Muhtaram Prezidentimizning 2014 yil 7 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimin va ishbilarmonlik muhitin yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4609-sonli Farmoniga asosan, Respublikamizda ishbilarmonlikning, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga, keng mulkdorlar sinfining shakllanishiga, iqtisodiyotdagi xususiy sektor ahamiyatining o‘sishiga zarurli imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Respublikamizda 2014 yil 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlarining soni 22506­tani tashkil etib, 2013 yil 1 oktyabr holatiga (22039­ta) nisbatan 467­taga yoki 102,1 foizga ko‘paygan.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shahar va tumanlarda 15 ta Axborot-maslahat markazlari, 6 ta auditorlik kompaniyalari, 2 ta biznes inkubator, 57 ta bank bo‘limlari, 88 ta mini banklar, 1 ta mikrokredit tashkilotlari, 1 ta lombard, 14 ta sug‘urta kompaniyalari filiallari, 7 ta baholash kompaniyalari, 15 ta rieltorlik kompaniyalar, O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi, Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi, Ko‘chmas mulk birjalari filiallari, 12 ta savdo maydonchalari, 34 ta brokerlik idoralari, 103 ta mineral-o‘g‘itlar bilan ta’minlovchi shaxobchalar, 127 ta neftebaza shahobchalari xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kredit ajratilishini taxlil qilganimizda keyingi 3 yilda (2011-2013yy.) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kredit mablag‘lari hajmi 638,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2011 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 170,9 foizni tashkil etgan.

Joriy yilning 9 oyida esa 4497 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga jami 272,2 mlrd.so‘mlik, shundan qisqa muddatli 104,2 mlrd. so‘mlik, uzoq muddatli 168,0 mlrd. so‘mlik kredit (2014 yilning 9 oyida 204,3 mlrd.so‘m) mablag‘lari ajratilgan.

Ajratilgan 272,2 mlrd.so‘mning:

 - 56,1 mlrd.so‘mi (20,6%) sanoatga:

 - 69,7 mlrd.so‘mi (25,6%) qurilishga;

 - 15,6 mlrd.so‘mi (5,7%) transport va aloqaga;

 - 30,5 mlrd.so‘mi (11,2%) qishloq xo‘jaligiga;

 - 31,8 mlrd.so‘mi (11,7%) savdoga;

 - 53,3 mlrd.so‘mi (19,6%) xizmat ko‘rsatishga;

 - 15,2 mln.so‘mi (5,6%) boshqa tarmoqlarga yo‘naltirilgan.

Hurmatli majlis ishtirokchilari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriri tomonidan 2014 yil 25 fevral kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida ishbilarmonlar uchun qulay sharoitlar yaratib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan topshirig‘iga asosan qonunga itiotgar, ya’ni soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borgan, ishlab chiqarish sur’atlarini oshirgan va rentabellikni ta’minlagan 21 ta, shuningdek Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmonining 5 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 4 kichik tadbirkorlik sub’ektlari 2014 yil tekshirishlar jadvalidan chiqarildi.

Shuningdek, joriy yilning 9 oyida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi qarorlariga asosan 451 ta korxonalarda tekshirishlar o‘tkazilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 101 taga kamaygan bo‘lib, bu ham kichik biznesning rivojlanishiga tusiq bo‘ladigan omillarning kamayganligidan dalolat beradi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining chet davlatlarda tashkil etilgan ko‘rgazma, yarmarkalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida Germaniya Federativ Respublikasining Berlin shahriga 1 ta, Kozog‘iston Respublikasining Astana shahriga 10 ta, Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga 1 ta, «Canton Fair 2014» ko‘rgazmasiga 15 ta, Latviya, Polsha, Germaniya, Gollandiya, Frantsiya davlatlariga 7 ta, Germaniya Federativ Respublikasining Kil shahriga 1 ta, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahriga 3 ta tadbirkorlar xizmat safariga yuborildi.

Joriy yilning 9 oyligida bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan maydoni 86,6 ming kv.m (2013 yilning 9 oyligida 61,4 ming kv.m) bo‘lgan imorat va inshoatlar shartnoma asosida 812 ta kichik biznes sub’ektlariga ijaraga berilgan va 1831 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Ko‘rilgan tadbirlar natijasida:

­ kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 66 foizni (2013 yilning 9 oyida 65,8%) tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 bandga oshishiga (tezkor);

-sanoat sohasida 33,9 foizdan 35,4 foizga;

-jami xizmatlarda 46,9 foizdan 47,4 foizga;

-qishloq xo‘jaligida 97,2 foizdan 98,2 foizga;

-qurilishda 76,3 foizdan 76,6 foizga;

-yuk tashishda 57,5 foizdan 59,8 foizga;

-yo‘lovchi tashishda 95,5 foizdan 95,7 foizga;

 -pullik xizmatda 36,9 foizdan 37,7 foizga:

 ­kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 17,9 mln. dollar miqdorida mahsulotlar eksport qilinishiga;

 ­ kichik biznesda 28095 ta (umumiy ish o‘rinlarining 72%) yangi ish o‘rinlari tashkil etishga erishildi.

 2014 yil 17 yanvardagi majlisida Hurmatli Prezidentimiz “Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2014 yil va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishidir”, deb ta’kidlab o‘tgan edi.

Ushbu vazifalardan ­ topshiriqlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ishlangan 2014 yil “Bandlik” dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013 yil 12 dekabrdagi va keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesining 2013 yil 28 dekabrdagi majlislarida muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 38342 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 39012 ta (reja 101,7 foizga) yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

1. Yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini yangilash hisobidan 626 ta (reja 571 ta; 109,6%);

2. Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobidan 16038 ta (reja 15834 ta; 101,3%);

3. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 2002 ta (reja 1892 ta; 105,8%);

4. Uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish hisobidan 7971 ta (reja 7628 ta; 100,6%), shundan kasanachilikni rivojlantirishda 3503 ta (reja 3500 ta; 100,1%);

5. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobidan 8783 ta (reja 8565 ta; 102,5%);

6. Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish hisobidan 3572 ta (reja 3543 ta; 100,8%);

7. Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobidan 320 ta (reja 309 ta; 103,6%) ish o‘rni yaratildi.

Yaratilgan ish o‘rinlarining:

­ 88,0 foizi (amalda 34349 ta; reja 33764 ta; 101,7%) qishloq joylarida;

­ 42,0 foizi (amalda 16401 ta; reja 16107 ta; 101,8%) xotin­ qizlar uchun tashkil etildi.

Ushbu maqsadlarga jami 97,7 mlrd.so‘m, yoki bir yangi ish o‘rnini yaratish uchun o‘rtacha 2,5 mln. so‘m sarflandi.

Ko‘rilgan ushbu tadbirlar natijasida:

- band aholi soni (1.10.2013 y.) 615,1 ming tadan (1.10.2014 y.) 625,5 ming tagacha oshgan.

- ishsizlar soni (1.10.2013y.) 39,9 mingdan (1.10.2014y.) 36,9 mingga va ishsizlik darajasi (1.10.2013y.) 6,1 foizdan (1.10.2014y.)5,6 foizga kamaygan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2014 yil 24 martdagi 52-b sonli farmoyishiga asosan 2014 yilda tijorat banklari tomonidan mavjud korxonalarga kredit ajratish va tashkiliy ko‘maklashish orqali qo‘shimcha 13879 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish Dasturi belgilab alinib, bugingi kunda 8625 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, reja 62,1 foizni tashkil etdi.

Aholi bandligini ta’minlashda yana bir ustuvor vazifalarimizdan biri bu kasb­hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘lib hisoblanadi.

Bugungi kunga 2013-2014 o‘quv yilini tugatgan 24115-ta kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan 78,3 foizining (18887 nafar) bandligi ta’minlandi.

Shundan, 17949 nafari (74,4%) ish bilan ta’minlandi, shundan 10513 nafari (58,6%) biriktirilgan korxonalarga, 7436 nafari (41,4%) boshqa korxonalariga ishga joylashdi. 938 (3,9%) nafar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi.

2894 (12,0%) nafar bitiruvchi ishga joylashtirish jarayonida.

2334 (9,7%) nafar bitiruvchining bandligi ta’minlanmadi.

Bu - bitiruvchilarning chet elga ko‘chib ketganligi, vafot etganligi, nogironligi yoki turmush qurganligi sabablari bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

88 (0,4%) nafari – chet elga ko‘chib ketganligi, 15 (0,06%) nafari vafot etganligi, 77 (0,3%) nafari bolalikdan nogironligi,496 (2,1%) nafari turmush qurganligi va yosh bola parvarishida bo‘lganligi sababli, 1658 (6,9%) nafari boshqa sabablarga ko‘ra bandligi ta’minlanmadi.

 Hurmatli Prezidentimizning 2014 yil 19 fevraldagi “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2133-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2014 yil 26 fevraldagi 48-sonli qarori bilan “Sog‘lom bola yili” hududiy dasturi qabul qilindi.

 Mazkur hududiy dastur 7 ta bo‘lim, 110 banddan iborat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi rahbarligida respublika komissiyasi, 7 ta bo‘lim bo‘yicha nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar hamda monitoring guruhi tarkiblari tasdiqlanib olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha “Sog‘lom bola yili” hududiy dasturlarini amalga oshirish uchun jami 253,3 mlrd. so‘m, 24,7 mln. AQSh dollari va 361,5 ming Yevro miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilishi belgilandi va moliyalashtirish manbalari aniqlandi.

Hisobot davrida hududiy dastur bandlarining ijrosi natijasida:

- 229,4 mlrd. so‘m (yillik reja 253,3 mlrd. so‘m; 90,6 foiz);

- 4,3 mln. AQSh dollar (yillik reja 24,7 mln. AQSh dollar; 17,3 foiz);

- 329,2 ming Yevro (yillik reja 361,5 ming Yevro; 91,1 foiz) mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan respublika Hukumatining joriy yil 17 yanvaridagi majlisida belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini so‘zsiz bajarilishni ta’minlashning barcha choralarini ko‘ramiz.


Ko'rib chiqildi: 6636