Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (96 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (96 KB)

2014 yil yakuni

2014 yilda Qoraqalpogiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini sozsiz taminlash chora-tadbirlari boyicha Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining bayonati

 

1.1. Iqtisodiyotda tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni yanada kengaytirish, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqarish bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish to‘g‘risida

 

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham iqtisodiyotni o‘stirishning barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan strategiyalar davom ettirilib, iqtisodiyotning yirik bir qator tarmoqlarida, hususan energetika, kimyo, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarida modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish borasida bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirildi.

Hususan, Muhtaram Yurtboshimizning tashabbusi va Qoraqalpog‘istonga e’tibori tufayli bugungi kunda dunyodagi neft va gaz sanoatidagi eng yirik loyihalardan biri Qoraqalpog‘istonda Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu majmuaning qiymati 4 milliard dollarga yaqin bo‘lib, tashkil etib, mamlakatimizda yetishmayotgan zarur sanoat xom-ashyolari ishlab chiqariladi.

Eng asosiysi majmua ishga tushirilgandan so‘ng 1 ming 400 ga yaqin mahalliy yoshlarimiz ish bilan ta’minlanadi. Bu loyiha albatta bizning faxrimiz va g‘ururimizga aylanib, ulgurdi.

Prezidentimiz topshirig‘i asosida 2006 yildan boshlab “Sho‘rtonGazkimyo” kompleksida bugingi kungacha Qorqalpog‘istonlik 622 ta yoshlarimiz tajribalarini orttirib, bugungi kunda ular bemolol tayor mutaxassis sifatida ishga kirishmoqda. Shulardan 100 ga yaqini Koreya davlatidagi zavodlarda o‘qib, ishlab, o‘z tajribalarini orttirib kelishdi va yana 50 ta yoshlarimiz boshqada davlatlarga “Vendernыy treining” o‘kuv mashg‘ulotlariga yuborilmoqda.

Bundan tashqari Qo‘ng‘irot soda zavodida qiymati 109,5 mln. dollarlik investitsiya kiritish hisobiga qo‘shimcha yiliga yana 100 ming tonna (jami 200 ming tonna) kalsiylangan soda ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida bu ob’ektda yana qo‘shimcha 300 ga yaqin yoshlarimiz ishga joylashtiriladi.

“Taxiatosh Issiqliq Elektr stansiyasi”da esa qiymati 741 million dollarlik investitsiya kiritish hisobiga modernizatsiya qilish ishlari boshlandi.

Shular qatorida, "Qoraqalpoq elektr tarmoqlari” korxonasida esa 2014 yilda jami 10 mlrd.so‘mga yaqin modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

Oziq-ovqat sanoatida – 2014 yilda 4 ta yirik oziq-ovqat sanoat korxonalarida jami 7,1 mln. AQSh dollar va 1,7 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Xususan,

“O‘zvinosanoatxolding” kompaniyasi tomonidan yillik quvvati

10 million dona har xil shisha idishlar ishlab chiqaruvchi qiymati 259,2 ming dollarlik loyiha amalga oshirildi va oldingi vino zavodini kengaytirish va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida 140 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.

Likyor-aroq ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirilgan va 335,3 ming dollar mablag‘ o‘zlashtirish hisobiga 15 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

 “Taxiatoshdonmahsulotlari” don korxonasida loyiha qiymati 4,4 mln. dollarlik sutkasiga 250 tonna un mahsulotlarini ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

Bularning natijasida mazkur korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari kamayib, mahsulotlarning raqobotbordoshligi oshishiga erishildi.

Shuningdek, Yengil sanoat sohasida – dastlabki quvvati har birida yiliga 360 ming juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega oldin xududimizda bo‘lmagan 4 ta zamonaviy korxonalar ishga tushirilmoqda.

Shu bilan birga 2014 yilda respublikamizda tayyor tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 98 loyiha amalga oshirilib, 1898 dona yangi tikuv dastgohlari o‘rnatildi. Buning natijasida 2000 minga yaqin ayol qizlarmiz ish bilan ta’minlandi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga asosan Qoraqalpog‘istonda 2014 yilda 2 ta korxonada 810 mln.so‘mlik (rejaga nisbatan 100%) mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Jumladan:

- Xujayli tumanidagi “Nurbek Oq Oltin” HK korxonasida 100 mln.so‘mlik 1000 dona akkumulyator va Qorao‘zak tumanidagi “Qaraqalpaq Vermi Invest” MChJ” korxonasida 710 mln.so‘mlik 420 tonna vermikulit konsentratini ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari mahalliylashtirish dasturiga qo‘shimcha yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xo‘jayli tumanida "Karakalpaksteklotar" korxonasida har xil sig‘imdagi shisha idishlar, Ellikqal’a tumanida "Elrozi nur" korxonasida vermikulit konsentratidan briket mahsulotlarini va Nukus shahrida "TIDY VITA" korxonasida sintetik kir yuvish vositalarini ishlab chiqarish korxonalari kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Hududiy sanoat salohiyatini oshirish dasturiga ko‘ra hisobot davrida 321 ta sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar foydalanishga topshirildi.

Ushbu maqsadlarga 6,3 mln AQSh dollari va 66,5 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi va 6653 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, Dastur doirasida loyihalarni amalga oshirish natijasida hududimizda oldin ishlab chiqarilmagan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga erishildi.

Masalan:

- To‘rtko‘l tumanidagi "Turtkul farovon qurilish" MChJda penobeton mahsulotlari;

- Nukus shahridagi “Azizbek Guldana” MChJda vodoimulsiya mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil qilindi.

Shuningdek, sanoati rivojlanmagan Qoraqalpog‘istonda markazdan eng uzoq tumanimizdan biri Muynoq tumanida Muynoqqurilish korxonasiga 388,4 mln.so‘m imtiyozli bank krediti ajratilishi natijasida pishtgan g‘isht ishlab chiqarish ishga tushirildi va

40 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Sho‘manoy tumanida esa Shumanoy-Invest korxonasiga ajratilgan 524,5 mln.so‘m imtiyozli bank krediti hisobiga Polipropilen qoplar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi va

30 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, shu tumanda g‘isht zavodi ishga tushirilib, bu korxonaga 800,0 mln.so‘mga yaqin bank krediti ajratildi va bu loyihaning amalga oshirilishi natijasida 50 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlar hudud iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashiga, korxonalar raqobatbardoshligining oshishiga zamin yaratmoqda.

Hisobot davrida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan Sanoat mahsulotlari 1,3 trln.so‘m, Xalq iste’mol tovarlari 529,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Bularning natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 10-12 barobarga oshdi va aholi jon boshiga hisoblaganda sanoat mahsulotlari 17,3 foizga (761,9 ming so‘m), xalq iste’mol mollari 12,3 foizga (302,4 ming so‘m) oshishiga erishildi.

«Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va joriy etish to‘g‘risida»gi 2012 yil 21 martda qabul qilgan PQ-1730-son qaror asosida Qoraqalpog‘istonda ham bu yo‘nalish jadal rivojlanmoqda.

Bugingi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining rasmiy www.parliamentrk.gov.uz (parlament RK. gov. O‘z) hamda Vazirlar Kengashining www.sovminrk.gov.uz (SovMinRK.Gov.Uz) rasmiy veb-sayti orqali jami 32 ta interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Bu veb-saytlarda interaktiv xizmatlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga va aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

(Ma’lumot uchun:

- Vazirlar Kengashining tizimi (strukturasi);

 - Fuqarolarning murojatlarini ko‘rib chiqish;

- Biznesni boshqarish va loyhalashtirish bo‘yicha axborotlar;

- Ishbilarmonlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartiblashtirish bo‘yicha axborotlar;

- Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini berish tartibi;

- Gramplastinkalar audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash;

- Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari va moy olmashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash;

- Transport xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha mavjud yo‘nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul kilish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish;

- Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridini amalga oshirish;

- Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil yetish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish bo‘yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish;

- Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish shuningdek, litsenziya olish uchun arizalar qabul kilishni tashkil etish;

- Yer munosabatlarini tartibga solish buyicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish)

Bulardan tashqari barcha shahar va tumanlar hokimliklarida kompyuter texnikasi bilan ta’minlanish darajasi 102,2% ga yetkazilib, lokal va internet tarmoqlariga to‘liq ulangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, tashkilotlari hamda barcha shahar va tuman hokimliklarida “Ye-XAT” himoyalangan elektron pochtasi va “E-HUJJAT” elektron hujjat almashuv dasturlari o‘rnatilib, bugungi kunda 1048 ta tashkilotlarmiz ulardan samarali foydalanib kelinmokda.

Tadbirkorlarimizga o‘zingiz yaratib berayotgan imkoniyatlaringiz natijasida 2014 yil yakuni bilan tadbirkorlarimizning 99 foizi soliq, statistika davlat idoralariga hisobotlarini elektron ko‘rinishda taqdim etgan.

Davlat soliq, statistika organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda barcha shahar va tumanlarda soliq, statistika bo‘limlari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlangan.

Hudud bo‘yicha statistik hisobotlar 2012 yilda 23,9 foizi,

2013 yilda 80,7 foizi, 2014 yilda esa 98,9 foizi elektron shaklda qabul etilgan.

Shular qatorida tadbirkorlarmizga yaratilayotgan yana bir qulayliklardan biriga Prezidentimiz tomnonidan 2013 yilning 27 iyunda qabul qilingan PQ-1989-sonli qarori bilan Xarid, Soliq, Bojxona, Litsenziya va Byudjet kompleks axborot tizimini 2014-2016 yillarda ma’lumotlar to‘plash, joriy etish va hukumat portaliga integratsiya qilish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotganligini aytib o‘tsak arziydi.

Bulardan tashqari fuqarolarimiz ham o‘z murojaatlarini elektron tarzda amalga oshirayotganini aytib o‘tishimiz zarur.

Joriy yilda yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali Vazirlar Kengashi, shahar va tuman hokimliklariga 817 ta murojat kelib tushib, shundan 702 ta murojat qanoatlantirildi, 15 ta murojat ko‘rib chiqish jarayonida. Murojatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi doimiy nazoratga olingan.

Shu bilan birga, shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish inspeksiya xodimlariga Internet tarmog‘i orqali kelib tushgan murojatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun har bir inspeksiyaning 2 ta xodimi Yagona portalga ulanib, murojatlarni www.tadbirkor.gov.uz (tadbirkor.gov.O‘z) portali orqali ko‘rib chiqish imkoniyati berilgan.

2014 yil davomida 612 ta tadbirkorlik sub’ektlari internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Prezidentimizning Prezidentimizning ma’ruzasizda qo‘yilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda, oldimizdagi vazifalarizni yana bir marta qayta ko‘rib chiqib, ijrosini ta’minlashning qat’iy zarur choralarini ko‘ramiz.

Amalga oshirayotgan ishlarimizni yanada jadallashtirib, kelgusida korxonalarni modernizatsiya qilishda, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini ta’minlashda shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish borasida barcha choralarni amalga oshiramiz.

Bunda, Birinchidan, 2015 yilda sanoat korxonalarida olib borilayotgan modernizatsiya ishlarini yakuniga yetkazishimiz lozim.

Xususan,

- AJ “Taxiatoshdonmahsulotlari” korxonasida loyiha qiymati

4,4 mln. dollarlik sutkasiga 250 tonna un mahsulotlarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishimiz;

- “Qo‘ng‘irot soda zavodi” UK da (“O‘zkimyosanoat” AK) qiymati

109,5 ming dollarlik qo‘shimcha 100,0 ming tonna kalsilangan soda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim.

Ikkinchidan, Yengil sanoatda jami 53,4 mln.kv.m ip-gazlama ishlab chiqaruvchi 4 ta yirik korxonalarini ishga tushirilishini;

(Beruniy tumanidagi "Astera tekstil" korxonasi 22,5 mln.kv.m, Xo‘jayli tumanidagi “Elit star tekstil” korxonasi 22,5 mln.kv.m, Ellikqal’a tumanidagi "Globol natsional tekstil" korxonasi 3,2 mln.kv.m “Amudaryo tekstil” korxonasida 5,2 mln.kv.m)

- hamda 5 ta paxta tozalash zavodi qoshida ip-kalava, trikotaj matosi va tayyor tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tekstil komplekslarini tashkil qilishni ta’minlashimiz zarur.

Uchinchidan, Sanoat salohiyati oshirish dasturi asosida umumiy qiymati 315,3 mlrd.so‘m va 16,7 mln.dollarlik 226 ta loyihalarni amalga oshirishimiz lozim.

Shular qatorida, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida barcha choralarni amalga oshiramiz.

1.2 Qoraqalpog‘iston Respublikasida hususiy mulkchilikni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, bu borada to‘liq erkinlik berish bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan asosiy e’tibor eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanitirishga va keng mulkdorlar sinfining shakllanishiga qaratilishi natijasida iqtisodiyotda xususiy sektor ulushi o‘sib bormoqda.

Shu bilan birga hususiy mulkchilikni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish borasida Mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar hammamizni quvontirib, asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarmizning zamanoviy talab darajasida rivojlanishiga keng zamin yaratmoqda.

Vazirlar Mahqamasining 2013 yil yakuniga bag‘ishlab o‘tgazgan majlisida Prezidentimiz tomoningizdan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, “Ishbilormanlik bilan shug‘ullan” tamoyili asosida xususiy tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va faoliyati kafolatlari himoya qilinishini ta’minlash shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va cheklashlarni bartaraf etish orqali ularni rivojlantirish borasida Qoraqalpog‘istonda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

«O‘zbekistonda investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qabul qilgan farmoningiz asosida tadbirkorlik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. (7 aprel 2014y PF-4609-son).

Hususan, hisobot davrida qonunga itoatgar, ya’ni soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borgan, ishlab chiqarish sur’atlarini oshirgan va rentabellikni ta’minlagan 25 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlari 2014 yil tekshirishlar jadvalidan chiqarildi.

2014 yilda Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va boshqa holatlarni bartaraf qilish yuzasidan 117 ta taqdimnoma, 18 ta ko‘rsatma, 15 ta ogohnoma va 19 ta da’vo arizalar (1,1 mlrd.so‘m miqdorida) kiritilib, 18 shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalari rasmiylashtirildi.

Ushbu ta’sir choralari natijasida sud qarorlariga asosan 1,1 mlrd.so‘m miqdoridagi mablag‘lar tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga undirildi.

Joriy yilning 1-5 dekabr kunlari respublika hududida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida «O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti» mavzusida so‘rovnoma to‘ldirish ishlari olib borilib, bugungi kunda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyat yuritishida to‘sqinlik qiluvchi holatlar va ularning muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik sub’ektlari bilan suhbatlar o‘tkazilib savolnomalar to‘ldirildi.

Bulardan tashqari Respublika va har bir shahar va tumanlarda tuzilgan Ishchi guruhlari tomonidan.tadbirkorlarimiz bilan joyiga chiqib ushrachuvlar o‘tkazib, bormoqda va ularning muammolarini, takliflarini eshitib, imkon qodor joyida masalasini hal etib bormoqda.

Bulardan tashqari amalga oshirilgan ushbu tadbirlar natijasida 2015 yil 1 yanvar holatiga Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatga olingan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan:

- kichik biznes sub’ektlar (dexqon va fermer xo‘jaliklardan tashqari) soni 10609 tani tashkil etib, nisbatan 436 taga (10173 ta) yoki 104,3 foizga ko‘paydi.

Shundan:

- faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari soni 9327 tani tashkil qilib, 944 taga yoki 111,3 foizga ko‘paygan;

- faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik biznes sub’ektlari soni 1282 tani tashkil qilib, 508 taga (71,6%) kamaygan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishda, ularning mahsulotlarini eksport qilishni ko‘paytirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida tijorat banklarimizning ulushlari katta.

Hususan, tijorat banklari tomonidan 2014 yil davomida 5327 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga jami 364,0 mlrd.so‘mlik mablag‘lar ajratildi va buning natijasida

ularda 7889 ta ish o‘rinlari yaratildi. (4,4 mlrd. so‘m mahsulot ishlab chiqarilgan)

Bunga misollardan biri Qoraqalpog‘istonda markazdan eng uzoq tumanimizdan biri Muynoq tumanida Muynoqqurilish korxonasiga 388,4 mln.so‘m imtiyozli bank krediti ajratilishi natijasida pishtgan g‘isht ishlab chiqarish ishga tushirildi va 40 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Sho‘manoy tumanida esa Shumanoy-Invest korxonasiga ajratilgan 524,5 mln.so‘m imtiyozli bank krediti hisobiga Polipropilen qoplar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi va 30 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, shu tumanda g‘isht zavodi ishga tushirilib, bu korxonaga 800,0 mln.so‘mga yaqin bank krediti ajratildi va bu loyihaning amalga oshirilishi natijasida 50 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi PF-4051-sonli Farmonga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda qishloq, chekka joylarda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hajmini kengaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o‘zining natijasini bermoqda.

Hususan,

2014 yilda Mikrokreditbank tomonidan jami 21,0 mlrd.so‘m, jumladan, Qorao‘zak tumaniga 631,0 mln.so‘m, Qonliko‘lga 707,0 mln.so‘m, Taxtako‘pirda 712,0 mln. so‘m va Shumanoyda 792,0 mln.so‘m Nukus tumanida 713,0 mln.so‘m, miqdorida imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar ajratib berildi.

Bularning natijasida, Nukus tumanida “Gulayim” oilaviy korxonasiga 30,0 mln.so‘m bank krediti ajratilib, tikuvchilik dastgog‘lari olib kelindi va 10 dan ortiq ish o‘rini yaratildi.

Taxtako‘pirda “Kamal-Taxta” korxonasiga 25 mln.so‘m bank krediti ajratilib, tikuvchilik dastgog‘lari olib kelindi va 5 dan ortiq ish o‘rini yaratildi.

Umuman olganda keyingi 3 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kredit mablag‘lari hajmi 844,3 mlrd.so‘mni tashkil etib, joriy yilda ajratilgan bank krediti 2011 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 3 barobarga oshdi.

(Ma’lumot uchun: 2011 yilda 158,8 mlrd.so‘m; 2012 yilda 208,5 mlrd.so‘m; 2013 yilda 271,4 mlrd.so‘m, 2014 yilda 364,4 mlrd.so‘m).

Tadbirkorlikni qullab-quvvatlash hisobiga ayol-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular uchun xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha 1163 ta tadbirkor ayol-qizlarimizga 38 mlrd 819 mln.so‘m bank kreditlari ajratilib, buning hisobiga 991 ta ish hrinlari yaratildi.

Bularga qo‘shimcha keyingi yillarda davlatmizda olib borilayotgan soliq siyosati bu, amaldagi soliqlarni yanada soddalashtirish va soliq stavkasini yildan-yilga kamaytirish va soliq yukining kamayishi hisobiga korxonalarimizning ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi.

Bunga misol siz tomoningizdan qabul qilgan bir necha qaror va farmonlar, O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida berilayotgan imtiyozlar natijasijda Qoraqalpog‘istonda o‘tgan hisobot davrida 2 733 ta korxonaga

11,7 mlrd.so‘m miqdorida soliq va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bo‘yicha imtiyozlardan bo‘shagan mablag‘lar korxonalar ixtiyorida qoldirildi.

Masalan, ko‘p misollardan biri To‘rtkul tumanidagi “Suvinshootgazqurilish” kichik korxonaga 2014 yil davomida 10,0 mln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalanilib bo‘shalgan mablag‘lar korxona tomonidan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sarflangan va buning natijasida 5 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilgan.

Bu yilgi Soliq siyosatida ham soliq-byudjet konsepsiyasiga Sizning 2014 yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori bilan ayirim soliq va boshqada majburiy to‘lovlar stavkasining kamayishi natijasida 2015 yilda tadbirkorlarimiz byudjetga 11,9 mlrd. So‘m va boshqada majbkriy to‘lovlardan 20,0 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘lar korxonalarning o‘z ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

Shular qatorida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotlar eksporti hajmi 20,3 mln.dollarini tashkil etib (jami eksport hajmining 17,1 foizi), o‘tgan yilga nisbatan 2,1 karraga oshganini aytib o‘tsam arziydi.

2014 yilda eksportyor korxonalar qatorini avval mahsulot eksportini amalga oshirmagan yangi 28 ta kichik korxonalar bilan to‘ldirildi.

Ma’lumot uchun:

Nukus shahrida «Titan DSZ» korxonasi (shag‘al, qurilish qumi), «Nukus ekstrakt» korxonasi (qizilmiya ildizi), Amudaryoda yakka tadbirkor «Madaminova Gulara» (quruq gips aralashmasi), Beruniyda "Selstroytex" OPF (temir beton konstruksiyalari), "PORTAU TARTULI" fermer xo‘jaligi (meva sabzavotlar); Mo‘ynoqda «Moynaq Aral Seya» va «Shuan Yuan» qo‘shma korxonalari (artemiya urug‘lari), To‘rtko‘lda «To‘rtko‘l tuprog‘i» korxonasi (qovurilgan kunjut), "Haydar qurilish" MChJ (qurilish ta’mirlash ishlari), Chimboyda "Green Agro Invest" MChJ (qizilmiya ildizi) va boshqa tumanlarda ham yangi eksport korxonalari tashkil etildi.

Eng maqtanarlisi ko‘rilgan tadbirlar natijasida:

 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 64,5 foizni (2013 yilda 64,0%) tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,5 bandga oshishiga;

 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 20,3 mln. dollar miqdorida mahsulotlar eksport qilinishiga;

 kichik biznesda 37130 ta (umumiy ish o‘rinlarining 74,2%) yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Qorqalpog‘iston iqtisodiyotidagi jami ish bilan band bo‘lganlar (621,0 ming kishi) ichida kichik biznesning ulushi 74,5 foizni (462,7 ming kishi) tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 102,7 foizga o‘sishiga;

 hisobot davrida 2013 yilga nisbatan kichik biznes sub’ektlarining ulushi:

- sanoat sohasida 32,0 foizdan 34,6 foizga;

- qurilishda 75,5 foizdan 77,4 foizga;

- yuk tashishda 60,8 foizdan 62,7 foizga;

- pullik xizmatda 37,2 foizdan 39,1 foizga oshishiga erishildi.

Albatta amalga oshirayotgan ishlarimiz hali talab darajasida emas, Respublikamizda ishbilarmonlikni, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish borasidagi ishlarimizni yanada kuchaytirishimiz talab qilinadi. Biz buning uchun 2015 yilda:

Birinchi, Yalpi hududiy mahsulotdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ulushini 2015 yilda 67,0 foizga yetkazishni;

Ikkinchi, Kichik biznes hisobidan 36651 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish;

Uchinchi, Kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiyotda band bo‘lganlardagi ulushini 2015 yilda 75,0 foizga yetkazish;

To‘rtinchi, 2015 yilda kamida 2000 ta sub’ektlarini tashkil etish orqali uning sanoat va xizmat ko‘rsatishdagi ulushini yanada oshirish choralarini ko‘ramiz.

Ruxsat bersangiz hududimizda tadbirkorlarimizni yanada rivojlantirish maqsadida takliflarimizni aytib o‘tsam:

1. Hududimizda qurilish ishlarini yanada oshirish va qurilish materiallarini (g‘isht, shag‘al, qum) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tadbirkorlarmiz tomonidan Yerdan foydalanishga ruxsatnoma olish (qarab chiqish) muddatlari amaldagi tartib qoidalarga muvofiq ko‘proq muddatlarni talab qilmoqda.

Ushbu ruxsatnomalarni olish (qarab chiqish) muddatlarini qisqartirish maqsadida, istisno tariqasida 10 yil muddatga Qoraqalpog‘istondagi NEDR boshqarmasiga maxsus ruxsatnomalarni berish vakolati berilsa maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

2. O‘tgan yili qurilish materiallari sanoati, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati tarmoqlaridagi kichik korxonalar ishchilarining cheklangan o‘rtacha yillik soni sezilarli oshirildi.

Bu borada qonunchilikni yanada takomillashtirib, boshqa sohalarda ham xodimlar sonini oshirish orqali ularga mavjud imtiyozlardan foydalanish imkonini berish tavsiya etiladi. Xususan, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va hakozo.

1.3 Iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini tanqidiy baholash, uni strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, 2015-2016 yillarda davlat mulkini xususiylashtirishga doir yangi Dasturni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish to‘g‘risida

Biz bugungi kunning talablarini tushungan holda Qoraqalpog‘istonda hususiy mulkchilikni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini tanqidiy baholash, uni strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, bu yo‘nalishda amalga oshirayotgan ishlarimizni tanqidiy qarab chiqib, amalga oshirayotgan ishlarimizni yanada kuchaytiramiz.

Bugingi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 43 ta aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 19 tasida (44,2%) davlat ulushlari mavjud.

Shuningdek, 10 ta (52,6%) aksiyadorlik jamiyatida davlat ulushlari 50 foizdan yuqori hisoblanadi.

Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 25 aprelda qabul qilingan “Davlat mulkini 2012-2013 yillarda xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1743-sonli va 2014 yil 3 iyulda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga davlat mulki ob’ektlarini sotish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-2200-sonli qarorlari asosida bir qator ishlar amalga oshirilib, bo‘sh turgan davlat ob’ektlarni investitsiyalar kiritish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish majburiyatlari bilan xususiy tadbirkorlarga sotildi.

Hususan, hisobot davrida bo‘sh turgan davlat ob’ektlarni xususiylashtirish bo‘yicha “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan hududiy tender komissiyalarida jami 15 ta ob’ektlar investorlarga sotildi.

 Sotilgan ob’ektlarga investorlar tomonidan 8,9 mlrd.so‘m miqdorida investitsiyalar kiritish hamda 335 ta yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha majburiyatlar olindi.

Shuningdek, davlat mulklarini ommaviy (auksion va oferta) savdolari orqali 6 ta davlat mulklari 3739,1 mln. so‘mga sotilgan va 107 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

PQ-2200-sonli qaroriga muvofiq buzilishi belgilangan 52 ta ob’ektlardan barchasi to‘lig‘i bilan buzildi va bщshagan yer maydonlari belgilangan tartibda mahalliy hokimlik organli zaxira fondiga olinib 21 ta tadbirkorlik sub’ektlariga ishlab chiqarish, servis xizmatini ko‘rsatishni tashkil qilish uchun ajratildi.

Ijara markazi tomonidan davlat tashkilotlari bilan rasmiylashtirilgan barcha ijara shartnomalari qayta xatlovdan o‘tkazish natijasida ularning negizida jami maydoni 108,8 ming kv. metr bo‘lgan 958 ta davlat ob’ektlarini ijaraga berish bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan ijara sharlsquo;nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo Hususan, hisobot davrida botnomalari rasmiylashtirildi.

Rasmiylashtirilgan shartnomalar asosida ob’ektlarni ijaraga berish natijasida ijarachilar tomonidan davlat byudjetiga jami 2233,3 mln. so‘m ijara mablag‘lari kelib tushgan va natijada 2029 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2014 yilda belgilangan ishlarimizni yanada kengaytirishimiz lozim va Bularga qo‘shimcha joriy yilda:

- davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, xususiylashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

- Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida 9 ta ob’ektlarni “nol” xarid qiymati bo‘yicha hamda kamida 11 tasini ommaviy savdo orqali sotish;

- Foydalanilmayotgan, past rentabelli va kam quvvatda ishlayotgan davlat mulki ob’ektlarini tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish choralarini ko‘ramiz.

Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, foydalanilmayotgan, past rentabelli va kam quvvatda ishlayotgan davlat mulki ob’ektlarini tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish borasida topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarini ko‘ramiz.

1.4. Korporativ boshqaruv tizimida prinsiplar va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlari korporativ menejmentining zamonaviy xalqaro standartlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiyani shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Bugingi kunda Kompaniya faoliyati samadorligini ta’minlash va mulkdorlar, xamda boshka manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, xamkor korxonalar) manfaatlarini himoya kilish masalalari bo‘yicha kompaniya menejerlari va egalari (aksiyadorlari) o‘rtasidagi o‘zaro munasobatlar tizimi va korporativ mulkning mulkdorlarning bevosita nazoratidan uzoqlashtirilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, me’yorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblarni hisobga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida korporativ boshqaruv tamoyillarini o‘zgartirish borasida bir kator ishlar amalga oshirildi.

2015 yil 1 yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘yicha Statistika tomonidan jami 43 ta aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatiga olinib, shundan 19 ta jamiyatning ustav fondida davlat ulushi mavjud, 10 ta aksiyadorlik jamiyatning ustav fondidagi davlat ulushi 51% yuqori bulgan jamiyatlar hisoblanadi.

Bundan tashkari, davlat ulushi mavjud 42 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar davlat ro‘yxatiga olingan.

 2013 yil yakuni bo‘yicha, xo‘jalik jamiyatlarida bo‘lib o‘tgan umumiy majilislarning grafigi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi.

 2014 yilning fevral-iyun oylarida 34 ta xo‘jalik jamiyatlaridan 27 tasida (16 ta AJ, 11 ta MChJ) Kuzatuv kengashining majlislari va auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgandan so‘ng, navbatdagi umumiy yig‘ilishlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan umumiy yig‘ilishlar natijasiga ko‘ra, 26 ta korxonada

63 ta kuzatuv kengashi a’zolari almashtirildi. 25 ta jamiyatda 42 ta taftish komissiyasi a’zolari yangidan saylanib, xo‘jalik jamiyatlarning «Biznes-Reja»sida belgilangan ko‘rsatkichlarning pasayib ketganligi tufayli 6 ta jamiyatning boshkaruv rahbarlari bilan tuzilgan mehnatga yollash shartnomalari bekor qilindi.

2013 yil yakuni bo‘yicha ustav fondida davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqarish tamoyillari bo‘yicha tahlil o‘tkazilganda, 34 ta xo‘jalik jamiyatidan, 24 ta (70,6%) xo‘jalik jamiyati yil yakuni bo‘yicha sof foyda bilan yakunlagan bo‘lsa, 21 tasida (62%) sof foyda miqdori o‘tgan yillarga solishtirganda ko‘paygan.

 Aksiyadorlik birlashma va kompaniyalarda davlat ulushini samarali boshqarish va nazorat qilish Komissiyasining 2014 yil 25 iyundagi 02-02-14-43-sonli va Moliya Vazirligining Majilis bayonnomasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 27 ta xo‘jalik jamiyatida 2012 yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi umumiy yig‘ilishlarida 1129,4 mln.so‘m dividend miqdori tasdiqlanib, shundan davlat ulushiga hisoblangan 780,7 mln.so‘m belgilangan bo‘lsa, 2013 yil yakuni bo‘yicha 27 ta xo‘jalik jamiyatida umumiy 3765,6 mln.so‘mni tashkil etib, shundan 1213,0 mln.so‘m dividend hisoblangan.

Respublika miqyosida davlat tasaruffidagi ob’ektlaridan samarali boshqarish va kelgusida O‘zbekiston iqtisodiyotida davlatning ulushini keskin qisqartirish va hususiy sektorni rivojlantirish maqsadida, ustav fondida davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarini maqbullashtirish maqsadida, faoliyat yuritayotgan 75 ta xo‘jalik jamiyati (33 ta AJ va 22 ta MChJ) shundan, 56 ta (17 AJ, 39 ta MChJ) nostrategik xususiyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlar hisoblanadi.

Respublika miqyosida davlat tasaruffidagi ob’ektlarni samarali boshqarish va O‘zbekiston iqtisodiyotida davlatning qatnashishini qisqartirish, hususiy sektorni rivojlantirish va ustav fondida davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarini maqbullashtirish maqsadida 9 ta xo‘jalik jamiyatining davlat ulushini sotish, yangidan tayyorlanayotgan xususiylashtirish Dasturiga kiritilgan va moliya-xujalik faoliyatini amalga oshirmayotgan, belgilangan muddatlarda ustav fondini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, 6 oydan ortiq muddatta faoliyat yuritmayotgan

7 ta jamiyatni tugatish uchun hududiy doimiy ishlovchi komissiyaga tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Respublikada ikkilamchi qimmatli kog‘ozlor bozorini rivojlantirish va investsiyalarni jalb etish maqsadida, 9 ta xo‘jalik jamiyatlari tomonidan qo‘shimcha aksiyalar chiqarish kuzda tutilmoqda (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” AK, va “O‘zpaxtasanoat” AK korxonalari).

Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi, korporativ boshqarish tizimining asosiy tamoyillarini xo‘jalik jamiyatlariga adolatlilik, ravshanlik, xisob berish majburiyati va javobgarlik prinsiplarini tatbiq etish bo‘lib hisoblanadi.

Korporativ boshqaruv tizimida prinsiplar va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlari korporativ menejmentining zamonaviy xalqaro standartlarini joriy etishda va bo‘yicha komissiyani shakllantirishda z takliflarimizni berib, ularning faoliyatiga yanada rivojlantirishga yaqinnan yordam berib boramiz.

1.5 2014 yilda ish o‘rinlari tashkil etish dasturi parametrlarining bajarilishi va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash to‘g‘risida

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan aholi bandligini oshirish, kichik biznesni rivojlantirish sohasida yaratilgan keng imkoniyat va preferensiyalar tadbirkorlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqdalar.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yili respublikamizda Bandlik dasturiga asosan 50 ming 62 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bandlik dasturini bajarilishida Prezidentimiz tomonidan o‘tgan yil aprel oyida qabul qilingan Farmoniga asosan qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatidagi kichik korxonalarida ishlovchilar soni 2 barobarga oshirilganligi bizga katta yordam bo‘ldi.

Shu Farmonni aholi va tadbirkorlarga tushuntirish natijasida respublikamizda o‘tgan yili 1772 ta yangi ish o‘rinlari yaratishga erishdik.

Misol uchun, Xo‘jayli tumanidagi "Qoraqalpoq stekloratari" korxonasida 4,6 mlrd. so‘m investitsiya kiritilishi hisobiga yiliga 10 mln. dona shisha mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 139 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Amudaryo tumanidagi “Amudaryoteks” qo‘shma korxonasida yaratilgan imtiyozdan foydalanib, 6,0 ming. tn ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va 209 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Aholi bandligini ta’minlashda Davlat mulklarini sotish va investitsiya kiritish sharti bilan “Nol” qiymatda berish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ham o‘z natijasini berayapti.

Bunga misol hisobot davrida 15 ta tadbirkorga 15 ta ob’ekt 8,9 mlrd.so‘m investitsiya kiritish sharti bilan berilishi natijasida qo‘shimcha 335 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari respublikaning sanoat salohiyatini oshirish, xizmat va servis sohasini rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 1839 ta loyihalarni amalga oshirishda ham 10153 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu o‘tgan yil tashkil etilgan yangi ish o‘rinlarining 20,3 foizini tashkil etdi.

Yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda o‘tgan yili Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi kamaytirilganligi sababli tadbirkorlar tomonidan 2013 yilga nisbatan 134,1 foiz ortiq, ya’ni 364,0 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.

Bu ham yangi ish o‘rinlari yaratishda sezilarli natija berdi.

Shu bilan birga, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida, shahar va tumanlarda ijtimoiy soha ob’ektlari va bo‘sh turgan, kam quvvatda ishlayotgan korxonalar binolarini xatlovdan o‘tkazish natijasida aniqlangan bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanishni tashkil qilish, mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirish hamda yangi korxonalarni tashkil qilish orqali yangidan ish o‘rinlari yaratish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

Shuningdek, monitoring natijalariga ko‘ra 2014 yil yakuni bilan 884 ta ob’ektlarda jami 7905 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Misol uchun, Nukus shahrida “Pana Group” MChJda qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish hisobidan 50 ta, Elliqala’a tumanida "Kirkkizsuvqurilish" MChJda temir darvoza, eshiklar va plastmassa oina romlari ishlab chiqarishni tashkil etish hisobidan 20 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.

O‘tgan yil o‘tkazilgan Hukumat majlisida Prezidentimiz kollej bitiruvchilari bandligini ta’minlashni oldimizga bosh vazifalardan biri etib belgilab bergan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan o‘quv yilida 24 ming

114 nafar (shundan 11682 nafari qizlar) o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, bugungi kunga qadar 23 ming 921 nafari (99,2%) bandligi ta’minlandi.

Kollej bitiruvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish borasida amalga oshirilgan choralar natijasida o‘tgan yili 853 nafar bitiruvchiga 6,7 mlrd. so‘m miqdorida (reja 101%) kredit ajratilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Misol uchun, Ellikqal’a tumani Maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji talabasi Atag‘ullayev Dastanga namunaviy joylarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun 260 mln. so‘m, Beruniy qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kolleji talabasi Oripov Akbar parrandachilikni tashkil etish uchun 3 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda ham Sizning Farmoningizga asosan kichik biznes sub’ektlariga kollej bitiruvchilarni ishga olgan hollarda qo‘shimcha imtiyozlar berilishi natijasida respublika bo‘yicha 5085 ta kollej bitiruvchilar ishga joylashtirildi.

Shuningdek, kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishda 3 tomonlama shartnomalarning yildan-yilga samarasi ortib bormoqda.

2013 yilda avvaldan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 48 foiz bitiruvchilar ishga joylashgan bo‘lsa, o‘tgan yili 56 foiz bitiruvchilarni ishga joylashtirilishi ta’minlandi.

Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Bandlik dasturiga asosan 2015 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 49 ming 841 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etishimiz lozim.

Bu vazifani amalga oshirish uchun biz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni belgilab oldik.

Birinchidan, Bandlik dasturiga asosan har bir yaratiladigan ish o‘rni bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlandi.

Bunda biz asosan sanoat loyihalarini amalga oshirish hisobiga 6563 ta, xizmat va servis loyihalarini amalga oshirish hisobiga 2363 ta va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalar hisobiga 1490 ta yangi ish o‘rinlari yaratamiz.

Har bir loyihaning egasi, kredit beruvchi bank va boshqa tashkiliy masalalar hal etilgan.

Ikkinchidan, Yangi ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha har haftalik monitoring tizimini yo‘lga qo‘yamiz.

Monitoring natijalarida loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘ramiz.

Uchinchidan, respublikaning aholisi bandligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada qabul qilingan byudjet parametrlari va soliq siyosati konsepsiyasida mikrofirma va kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdorining

25 foizdan 15 foizga qadar kamaytirilganligi ham qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Biz 2015 yilda 2565 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish bo‘yicha dastur ishlaganmiz. Bu yo‘nalishda ham qo‘shimcha 250 ta ish o‘rinlari yaratiladi.

To‘rtinchidan, bo‘sh turgan, kam quvvatda ishlayotgan, past rentabelli korxona va ob’ektlarni ishga solish bo‘yicha ham 54 ta loyiha amalga oshirish hisobiga ham 340 ta yangi ish o‘rinlari yaratamiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2015 yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturini to‘liq bajarish imkoniyatlari mavjud.

Bundan tashqari yuqorida aytib o‘tilgan zahiralar hisobiga qo‘shimcha ravishda yana 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etish choralarini ko‘ramiz.


Ko'rib chiqildi: 8066