Sahifani PDF tarzda yuklab olish (77 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (77 KB)
Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, transport, aloqa va kommunikatsiya masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, transport, aloqa va kommunikatsiya masalalari bo`yicha kotibiyati boshlig`ining (keyingi o`rinlarda Kotibiyat deb ataladi) funktsional vazifalari mazkur hujjat bilan belgilanadi.
Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashining, uning Rayosatining, shuningdek, Vazirlar Kengashining Ijro etuvchi apparatini transport va transport kommunikatsiyalari, kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati, arxitektura va qurilish sifatini nazorat qilish masalalari bo`yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta`minlashga yunaltirilgan.
2. Kotibiyat o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Kotibiyat o`z vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining tegishli o`rinbosariga bo`ysinadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
5. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:
iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kapital qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;
kapital qurilishda, muhim xalq xo`jaligi ob`ektlari qurilishida, shu jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob`ektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta`minlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;
kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo`yicha topshiriqlarning bajarilishi bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo`jalik munosabatlariga bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishlarini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish;
loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qo`shma korxonalar tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
loyihalash va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlovlar tashkil etish darajasini oshirish;
qurilish-montaj ishlarini tashkil etishning asosiy shakli sifatida ob`ektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o`tishni ta`minlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo`yicha yakka tartibda uy-joy, tashqi muxandislik tarmoqlari va infratuzilma ob`ektlarini qurish dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
muxandislik-kommunikatsiya va yo`l-transport infratuzilmasi ob`ektlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish yo`li bilan jalb etishni chuqur o`rganish va ekspert baholashni o`tkazish, shu asosda ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
kapital qurilish sohasida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
kapital qurilish va arxitektura sohasida Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;
b) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:
iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni ta`minlash chora-tadbirlari dasturiga muvofiq qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta`minlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta`minlash;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob- uskunalari, texnika, materiallar bilan ta`minlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
qurilish materiallarining ilg`or turlarini ishlab chiqarishni o`zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari o`zlashtirilishini ta`minlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potentsial investorlarga sotish yo`li bilan jalb etishni chuqur o`rganish va ekspert baholashni o`tkazish, shu asosda ularni modernizatsiyalashni ta`minlash va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
qurilish industriyasi korxonalarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi tusiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;
v) arxitektura va qurilish ishlarini nazorat qilish sohasida:
yagona arxitektura-shaharsozlik siyosati amalga oshirilishini hamda vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shaharsozlik faoliyati sohasida o`zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta`minlash;
aholi punktlarini kompleks rivojlantirish bo`yicha qabul kilinayotgan loyiha echimlarining darajasi va sifatini oshirish;
qurilish ishlari sifati yuzasidan zarur darajada nazorat o`rnatish.
g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:
iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta`minlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat ko`rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Jo`qorg`i Kengesning qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
yo`lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko`rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo`laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o`zaro hamkorligini ta`minlash;
raqobat muxitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta`minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport xizmatlariga haq to`lash bo`yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport tarmog`i korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat maxsulotlarining yangi turlari o`zlashtirilishini ta`minlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlari potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potentsial investorlarga sotish yo`li bilan jalb etish, shu asosda transport parkini modernizatsiyalash va yangilash ta`minlashni chuqur o`rganish va ekspert baholashni o`tkazish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mexnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;
d) mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish sohasida:
geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda er osti boyliklaridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib olish talablarini hisobga olgan holda, hududlarni kompleks geologik o`rganish, eng avvalo, uglevodorod xomashyo, asl, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning boshqa turlarini, chuchuk va mineral er osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta`minlaydigan foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ilg`or metodlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
er ostini geologik o`rganish, mineral xomashyoni va uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash sohasida maqsadli dasturlarni, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza o`tkazish va tavsiyalar tayyorlash;
er osti boyliklarini geologik o`rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash;
geologiya, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyo va uglevodorodlarni qazib olish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish;
geologiya-qidiruv ishlari dasturlari amalga oshirilishi monitoringini hamda foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari va resurslarini o`z vaqtida kupaytirish chora-tadbirlari natijadorligi tahlil kilinishini ta`minlash;
yagona texnika siyosatini o`tkazish, geologiya va neft`-gaz tarmog`ining geologiya-qidiruv, burg`ulash va qazib olish korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jixozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
hujjatlar aylanishi, hisob va hisobot tizimiga, geologiya tarmogi tashkilotlarining moliya-xujalik faoliyatiga, xodimlarni boshqarishga, ishlab chikarish-texnologiya jarayonlariga asosan maxdshshy zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy maxsulotlarni joriy etish bo`yicha islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks urganilishini tashkil etish;
e) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya muvofiqlikni baholash sohasida:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llanish asosida mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati o`tkazilishini tashkil qilish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarining faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini tizimli o`rganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo`yicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo`yicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta`minlash bo`yicha ishlarning monitoringini olib borish va ularni muvofiqlashtirish.
6. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
o`zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo`yicha axborotlarni to`playdi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning holatini o`rganadi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi va Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy o`zgartirishlarni, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini ta`minlaydi;
Vazirlar Mahkamasining ko`rib chiqishi uchun tahliliy, ma`lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma`lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
sohaga oid o`tkaziladigan yig`ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlarining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xo`jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
o`z vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqadi va ularda qo`yilgan masalalarni hal etish bo`yicha takliflar tayyorlaydi, ko`rib chiqish va chora-tadbirlar ko`rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o`z vaqtida ko`rib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
o`ziga yuklangan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning xukuqlari va javobgarligi
7. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalaridan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so`rash;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, xo`jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, rahbariyat topshirig`iga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning qotibiyat tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislarida va yig`ilishlarida qatnashish;
zarurat bo`lganda Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.
8. Kotibiyat:
o`ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
sohaga oid topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishi ta`minlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyat tuzilmasi
9. Kotibiyatining tuzilmasiga kotibiyat mudiri, bosh mutaxassis kiradi.
Kotibiyatning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Kotibiyat ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.
11. Kotibiyat boshlig`i belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
12. Kotibiyat ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qonuniga, Vazirlar Kengashining ish tartibiga, ushbu Nizomga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o`rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesning Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari, Kotibiyatning choraklik ish rejalari, boshliq va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning choraklik ish rejalari, boshliqning shaxsiy ish rejasi, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari bilan kelishiladi va Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Kotibiyat boshlig`i:
Vazirlar Kengashiga kiritilgan kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to`g`risida tizimli monitoringni va ma`lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta`minlaydi;
Vazirlar Kengashining va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Kengashining Raisi, uning o`rinbosarlari o`tkazadigan yig`ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo`mitalar majlislarida, kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan yig`ilishlarda qatnashadi;
Ijro etuvchi apparatda amalda bo`lgan Yo`riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta`minlaydi;
15. Kotibiyat boshlig`i vaqtinchalik bo`lmaganda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.
Kotibiyat bosh mutaxassisining funktsional vazifalari Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal ho`jaligi masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalar bilan begilanadi.
Ko'rib chiqildi: 8896
Sahifalar
- “2015 yilda qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta‘minlash bo‘yicha tashkiliy-tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida”
- “2015 yilda qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta‘minlash bo‘yicha tashkiliy-tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida”
- Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудидаги марказлашган ичимлик суви тармоқлари мавжуд бўлмаган аҳоли пунктларига ичимлик сувини махсус техникаларда етказиб бериш тарифларини тасдиқлаш тўғрисида
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Faxriy unvonlari egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibini qayta tasdiqlash to‘g‘risida
- Ўзбекистон Республикаси “Одамнинг иммунитет танқислиги вируси келтириб чиқарадиган касаллик (ОИВ инфекцияси) тарқалишига қарши курашиш тўғрисида”ги Қонунига мувофиқ Вазирлар Кенгаши қарор қилади:
- “2014-2016 йилларда Ўзбекистон Республикасида ОИВ инфекцияси тарқалишига қарши курашиш соҳасидаги Давлат дастурини тасдиқлаш тўғрисида”
- Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил 19 февралдагиПҚ-2133-сон қарори билан тасдиқланган “Соғлом бола йили” Давлат дастурига мувофиқ, жисмоний тарбия ва спорт бўйича мутахассисларни илмий-методик таъминлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини
- 2015 yilda ichki yo‘llarni ta‘mirlash bo‘yicha dasturni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy-tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida”
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan bozorlar va savdo komplekslari ob‘ektlarini ijaraga oluvchi jismoniy va yuridik shaxslardan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqd
- «Ўзбекистон Республикасида автомобиль транспортида юкларни ташиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»
- ЎЗБЕКИСТОН «ЎЗКОММУНХИЗМАТ» АГЕНТЛИГИНИНГ ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР КЕНГАШИНИНГ ҚЎШМА ҚАРОРИ
- 2014.11.09 №306
- “Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”
- “Юридик шахсларнинг номлари ва рамзларида давлатнинг расмий номидан фойдаланишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида”
- О ПОСТАНОВЛЕНИЕ СОВЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН 2015 ГОД, 18 мая №120
- О ПОСТАНОВЛЕНИЕ СОВЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН 2015 ГОД, 17 МАЯ №119
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 5 MAYDAGI №117-СОН QARORI
- Корақолпоғистон Республикаси архитектура, шаҳарсозлик ва қурилиш индустриясини ривожлантириш Марказини ташкил қилиш ва унинг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш чора-тадбирлари тўғрисида
- “Вояга етмаганлар учун мўлжалланган дори воситаларини реклама қилишга рухсатнома бериш тартиби тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида”
- “Етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни турар жойлар билан таъминлаш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
- "Мамлакатнинг ижтимоий ҳаётида фаол қатнашаётган ёш оилаларни уй-жой билан таъминлашни янада қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида"
- Tashkiliy-nazorat guruhining funktsional vazifalari to`g`risida
- “Давлат музейларининг болалар ва уларнинг ота-оналарига очиқлигини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”
- “2015 йилда қишлоқ аҳоли пунктларини ичимлик суви билан таъминлаш бўйича ташкилий-тайёргарлик ишларининг бориши тўғрисида”
- “2015 йилда қишлоқ аҳоли пунктларини ичимлик суви билан таъминлаш бўйича ташкилий-тайёргарлик ишларининг бориши тўғрисида”
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 28 APRELDAGI №110-SON QARORI
- О ПОСТАНОВЛЕНИЕ СОВЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН ОТ 2015 2 МАЯ №114
- 05.08.2014
- “Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида”
- “Кадастр ҳужжатларини тайёрлаш бўйича давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартибини такомиллаштириш тўғрисида”
- «Чиқиндилар билан боғлик ишларни амалга ошириш соҳасида давлат ҳисоби ва назоратини олиб бориш тартиби тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида»
- “Қонун ҳужжатларининг тадбиркорлик фаолиятига таъсирини баҳолаш тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer resurslaridan foydalanish bo‘yicha davlat yer hisobining yakuni haqida
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi 180-sonli «Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani "Qrantao‘" qishloq fuqarolari yig‘ini hududini me‘moriy rejalashtirilishini tashkil etish loyihasini tasdiqlash to‘g‘risida
- «Республиканинг аҳоли пунктларини ва қишлоқлараро ҳудудларини шаҳарсозлик ҳужжатлари билан таъминлашни янада яхшилаш, уларни ишлаб чиқиш, келишиш ва тасдиқлаш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»
- «Электрон рақамли имзолар калитларини рўйхатга олиш марказларининг фаолият кўрсатиш тартиби тўғрисидаги Низомга ўзгартириш киритиш ҳақида»
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 yil, 26 APRELDAGI №129-SON QARORI
- ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ 2014 ЙИЛ 25 НОЯБРДАГИ “ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛАР ЮРИДИК ШАХС ТАШКИЛ ЭТМАСДАН ШУҒУЛЛАНИШИ МУМКИН БЎЛГАН ФАОЛИЯТ ТУРЛАРИ РЎЙХАТИГА ЎЗГАРТИРИШ КИРИТИШ ТЎҒРИСИДА”ГИ 319-СОНЛИ ҚАРОРИ ҲАҚИДА
- ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР КЕНГАШИНИНГ ҚАРОРИ
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 apreldagi 81-sonli qarori to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 2015 yil 10 apreldagi 87-sonli qarori to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 2015 yil 10 apreldagi 87-sonli qarori to‘g‘risida
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 18 APRELDAGI №99-SON QARORI
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 24 APRELDAGI №101-SON QARORI
- қалпоғистон Республикаси ҳудудида жойлашган бозорлар ва савдо комплекслари объектларини ижарага олувчи жисмоний ва юридик шахслардан ундириб олинадиган бир марталик йиғимлар, ижара тўловлари ва кўрсатиладиган хизматлар қийматининг минимал миқдорлари
- «2013-2017 йиллар давомида суғориладиган ерларнинг мелиоратив ҳолатини янада яхшилаш ва сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш чора-тадбирлари тўғрисида»
- “Халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”
- “Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”
- “Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги ПҚ-2238-сонли қарори ҳақида"
- “Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақаларнинг миқдорини кўпайтириш ҳақида”
- “Спорт мактабларини малакали тренер кадрлар билан таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”
- “Тошкент давлат стоматология институти фаолиятини ташкил этиш ва унинг моддий-техника базасини шакллантириш чора-тадбирлари тўғрисида”
- “Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақаларнинг миқдорини кўпайтириш ҳақида”
- “Моддий маданий ва археология мероси объектларини муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланишни янада такомиллаштириш юзасидан қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”
- “Оммавий тадбирларни ташкил этиш ва ўтказиш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”
- Халқ таълими муссасалари педагог ходимлари меҳнатига хақ тўлаш бўйича базавий тариф ставкалари миқдорларига ўзгартиришлар киритиш хақида”
- Vazirlar Kengashi Yoqilg`i-energetika, kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida
- «2014 йилда ғўзани дефолиация қилиш чора-тадбирлари тўғрисида»
- Ҳудудларнинг давлат кадастрини юритиш тартиби тўғрисидаги Низомини тасдиқлаш ҳақида»
- «2014 йил ҳосили пахта хомашёсини ўз вақтида ва сифатли йиғиб-териб олишни таъминлашга доир ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида»
- «2015 йил ҳосили учун шудгорлаш ишларини ўтказишнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида»
- “Товарларни божхонада электрон шаклда декларациялаш тартиби тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида”
- “Кичик саноат зоналарини барпо этиш ва уларнинг фаолиятини ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида"
- Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, transport, aloqa va kommunikatsiya masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 20 MAY №123-SON QARORI
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 23 MAY №126-SON QARORI
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 27 MAY №132-SON QARORI
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 8 IYONDAGI №134-SON QARORI
- ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР КЕНГАШИНИНГ ҚАРОРИ
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING 2013 YIL 2 DEKABRDAGI 280-SON QARORI
- QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING 2013 YIL 10 YANVAR 12-SON QARORI
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2015 yil 6 apreldagi 82-son Qarori
- ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР КЕНГАШИНИНГ ҚАРОРИ
- ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР КЕНГАШИНИНГ ҚАРОРИ
- ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР КЕНГАШИНИНГ ҚАРОРИ
- ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ МИНИСТРЛЕР КЕНЕСИНИҢ ҚАРАРЫ
- ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ МИНИСТРЛЕР КЕҢЕСИНИҢ ҚАРАРЫ
- ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ МИНИСТРЛЕР КЕНЕСИНИҢ ҚАРАРЫ
- Қарақалпақстан Республикасы Министрлер Кеңесиниң қарары
- Қарақалпақстан Республикасы Министрлер Кеңесиниң қарары
- Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши қарори
- Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг қарори
- Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши қарори
- ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ МИНИСТРЛЕР КЕҢЕСИНИҢ ҚАРАРЫ
- Қарақалпақстан Республикасы Министрлер Кеңесиниң Қарары
- Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг қарори
- О Постановлении Кабинета Министров Республики Узбекистан от 12 апреля 2016 года №110 «Об утверждении перечня племенного материала, технологического и вспомогательного оборудования, компонентов для производства комбикормов и кормовых добавок, а также подв
- “Uzbekiston Agrotech Expo-2016” V Халқаро ихтисослаштирилган кўргазмаcини ташкил этиш ва ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 121-сонли қарори ҳақида
- Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг
- Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг
- ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ МИНИСТРЛЕР КЕҢЕСИНИҢ ҚАРАРЫ
- ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ МИНИСТРЛЕР КЕҢЕСИНИҢ ҚАРАРЫ
- ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ МИНИСТРЛЕР КЕҢЕСИНИНГ ҚАРАРЫ
- Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг
- Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг
- Nukus shahri va Beruniy tumanida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida
- “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”
- “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”