Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

Qishloq xo`jaligi

2015 yilning yanvar-dekabridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1230,4 mlrd. so‘mni va 2014 yilning shu davriga nisbatan 106,5 foizni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 600,3 mlrd. so‘mni
(2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan 105,6 foiz), chorvachilik mahsulotlari 630,1 mlrd. so‘mni (107,3 foiz) tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 48,8 foizni, chorvachilik mahsulotlari 51,2 foizni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida 

Dehqonchilik.

Hosil yig`imi. 2016 yil 1 yanvar` holatiga barcha toifadagi  xo`jaliklar tomonidan 164,0 ming tonna boshoqli don ekinlari,  shundan 163,8 ming tonna bug`doy ishlab chiqarildi. Barcha toifadagi xo`jaliklarda 47,8 ming tonna kartoshka qazib olindi (2014 yilga nisbatan 106,8 foizga ko`p), 241,3 ming tonna sabzavot (106,1  foizga ko`p)  yig`ib olindi, 113,8 ming tonna poliz ekinlari (107,4 foizga ko`p), 41,0 ming tonna meva va rezavorlar (111,4 foizga ko`p) va 5,7 ming tonna uzum (108,5 foizga ko`p) etishtirildi.

Chorvachilik. 2016 yilning 1 yanvar` holatiga o`tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 109,6 foizga (jami 955,0 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 106,3 foizga (286,3 ming bosh), qo`y va echkilar 102,8 foizga (901,5 ming bosh), parrandalar 108,9 foizga (3103,6 ming bosh) ko`paydi.

2015 yilning yanvar-dekabrida barcha toifadagi xo’jaliklarda 88,4 ming tonna tirik vaznda go’sht (o’tgan yilga nisbatan 106,8 foizga ko’p), 322,1 ming tonna sut (108,6 foizga ko’p), 206,7 mln. dona tuxum (111,2 foizga ko’p) etishtirildi.

Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go’sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o’sishi asosan dehqon va fermer xo’jaliklari hisobiga bo’lib, go’sht ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 99,1 foizni, sut ishlab chiqarishda 98,8 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 95,7 foizni tashkil etdi.

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi quyidagicha ifodalanadi:

ishlab chiqarish umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida

 

Fermer xo`jaliklari 2016 yilning 1 yanvar` holatiga fermer xo`jaliklarida 31,8 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 11,3 ming bosh sigir, 27,1 ming bosh qo`y va echkilar, 155,8 ming bosh parrandalar mavjud bo`lib, 2014 yilning yanvar`-dekabriga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 94,9 foizni, qo`y va echkilar 83,6  foizni, parrandalar 100,7 foizni tashkil etdi.

Fermer xo`jaliklarida asosiy qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:

 

 

yanvar-dekabr

2014 yil yanvar
-dekabrga nisbatan
foiz hisobida

2014y.

2015y.

   tonna

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

tonna

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

  Sabzavot

85763

37,7

84088

34,9

98,0

  Go`sht,
 tirik vaznda

1840

2,2

1874

2,1

101,8

  Sut

13459

4,5

13819

4,3

102,7

 Tuxum,mln.
 dona

11,1

6,0

11,2

5,4

101,5


Ko'rib chiqildi: 7602