Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 5 MAYDAGI №117-СОН QARORI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 apreldagi “Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 107-sonli qarori to‘g‘risida

 

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 156-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq, shuningdek korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibini belgilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 apreldagi “Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 107-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va mazmunini tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tushuntirish tadbirlari tashkil etilishini va o‘tkazilishini ta’minlash topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va mazmunini tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tushuntirish tadbirlarini tasdiqlangan grafik asosida tashkil etilishini va o‘tkazilishini ta’minlasin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Mamutov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                              B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 5 may

№117


Ko'rib chiqildi: 5529

Sahifalar