Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 20 MAY №123-SON QARORI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 maydagi «Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka ko‘llanilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar toifalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 114-sonli qarori haqida

 

“Garov to‘g‘risida” va “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarining havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-son qarorini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy kimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘lanilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014 yil 5 dekabrdagi 335-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat havfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 maydagi «Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov
va ipoteka ko‘llanilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar toifalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 114-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka ko‘llanilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar toifalari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Vazirliklar va idoralarga bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Mamutov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                              B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 20 may

№123


Ko'rib chiqildi: 5534

Sahifalar