Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 23 MAY №126-SON QARORI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi « Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida »gi 120-sonli qarori to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2015 yil 4 fevraldagi PK-2293-con qaroriga muvofiq, «Elektron hukumat» tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi «Davlat hizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 120-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan qarori bilan:

a) Quydagilar:

davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom  1-ilovaga  muvofiq tasdiqlanganligi;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot xamkorligi tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlaganligi;

b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish yuzasidan mas’ul idora etib belgilanganligi va unga quyidagilar yuklangan:

davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri shakllantirilishini, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatishda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarning idoralararo  axborot  hamkorligini  ta’minlash  bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirishi;

aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish, davlat organlarining ma’muriy tartibotlarini axborotlashtirish bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazishi va takliflar kiritishi;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda o‘z vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish hisobiga mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqishi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga:

O‘zbekiston Respublikasi Iktisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda  boshqa  manfaatdor  vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazilishini va 2013-2020 yillarda O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika  komissiyasiga  kiritilishini;

ikki oy muddatda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratilishini;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar o‘rtasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda monitoring o‘tkazilishini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chikilishini ta’minlashi belgilanganligi;

g) davlat xizmatlari  ko‘rsatuvchi mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshka tashkilotlar O‘zbekiston  Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  bilan  birgalikda  2015 yil  1 sentyabrgacha  bo‘lgan  muddatda:

ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan  shakllar  va blankalarni, keyinchalik Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestriga kiritgan xolda, xatlovdan o‘tkazishi va reglamentlashtirishi;

xatlov natijalariga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun talab qilinadigan idoraviy ma’lumotlar bazalarini yaratishi va shakllantirish chora-tadbirlari rejalarini hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi topshirilganligi, ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish yuzasidan mas’ul hududiy ishchi  idora etib belgilansin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iktisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

 davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazilishini va 2013-2020 yillarda O‘zbekiston  Respublikasi Milliy axborot-komunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini;

ikki oy muddatda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratilishini;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar o‘rtasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda monitoring o‘tkazilishini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Kengashiga kiritib borishini ta’minlasin.

5. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda 2015 yil 25 avgustgacha bo‘lgan muddatda:

ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blankalarni, keyinchalik Davlat   xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestriga kiritgan xolda, xatlovdan o‘tkazsinlar va reglamentlasinlar;

xatlov natijalariga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun talab qilinadigan idoraviy ma’lumotlar bazalarini yaratishi va shakllantirish chora-tadbirlari rejalarini hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqsinlar va  tasdiklash  uchun  Vazirlar  Kengashiga  kiritsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari J.Yembergenov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

 

B.Yangibaev

 

 

Nukus sh.,

2015 yil, 23 may

№126

 


Ko'rib chiqildi: 5092

Sahifalar