Yer munosabatlarini tartibga solish bo`yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish xuquqini berish yuzasidan xujjatlar qabul qilish

"Yer munosabatlarini tartibga solish bo`yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish xuquqini berish yuzasidan xujjatlar qabul qilish" xizmat-reglamenti (pdf 218kb)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

SHAHARSOZLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH HAMDA QISHLOQ XO‘JALIGIGA OID BO‘LMAGAN EHTIYOJLAR UCHUN YER UCHASTKALARI BYERISH, SHUNINGDYEK OB’YEKTLARNI QURISHGA RUXSATNOMALAR BYERISH TARTIBINI TUBDAN SODDALAShTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berish tizimini yanada soddalashtirish, ob’ektlarni qurishga ruxsat beruvchi tartibotlar soni, muddatlari va qiymatini tubdan qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.

Quyidagicha tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:

  • er uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash hamda ularni vakolatli organlar bilan kelishish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik hisobidagi davlat korxonalari tomonidan «bir oyna» tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi;
  • berilgan ariza qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida vakolatli organlar tomonidan asosli rad etilmagan taqdirda, berilgan buyurtmanomalar ma’qullangan deb hisoblanadi (murakkablik (xavf)ning maksimal toifasiga ega bo‘lgan ob’ektlar bundan mustasno);
  • er uchastkalari berish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tayyorlash va kelishish jarayoniga davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

 


Ko'rib chiqildi: 7077