Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi B.Yangibaevning «Mehribonlik» uyida 1 iyun` xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o`tkazilgan «Har bir farzandga mehr-e`tibor!» nomli tadbirda so`zlagan nutqi

Assalomu - alaykum aziz bolajonlar!
Qadrli ustozlar!

Barchangizni 1 iyun` Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan chin qalbdan tabriklayman.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 maydagi «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan joriy yilning 22 may – 2 iyun` kunlari «Har bir bolaga mehr, e`tibor!» shiori ostida Maxsus o`n kunlikni tashkil etish to`g`risida»gi majlis bayoni asosida O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab maxsus bayram dasturlari namoyishi hamda markaziy istirohot bog`ida bayram sayllari tashkil etilib, Respublikamizdagi barcha bolalar ta`lim-tarbiya muassasalarida ushbu munosabat bilan tadbirlar o`tkazilmoqda.

Yurtimizda bolalarga har tomonlama g`amxo`rlik ko`rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog`lom avlodni kamol toptirish uchun eng zaruriy sharoit va muhitni ta`minlash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. O`sib kelayotgan yosh avlod haqida g`amxo`rlik qilish va ularning hayotini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy dasturlar ko`lami keng.

Muhtaram Prezidentimiz rahnomaligida 2016 yilni «Sog`lom ona va bola» deb e`lon qilinishi, bu jamiyatimizning bosh bo`g`ini bo`lgan bolalarimizga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratilayotganligidan darak beradi.

Farzandlarimizning ta`lim-tarbiya olishi bilan bir qatorda bo`sh vaqtlarini sermazmun o`tkazishga, ularning yoz mavsumida xordiq olib, salomatliklarini tiklashga hukumatimiz tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda.

Har yili «Mehribonlik» uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan, serfarzand oilalardan 3000 nafar bola Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridagi oromgohlarda dam oldirilib kelinmoqda. Joriy yilda ham 3000 nafar bola dam oldirilishi rejaga kiritilib, shundan, «Mehribonlik» uyidan ham 90 nafar bolaning Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi oromgohlarda dam oldirilishi rejalashtirilmoqda.

Hozirgi kunda Mehribonlik uyida 127 nafar bola ta`lim-tarbiya olmoqda. Tarbiyalanuvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida har xil to`garaklar, sport sektsiyalari yo`lga qo`yilgan. Ushbu to`garaklar a`zolari nafaqat respublikamizdagi, balki xalqaro har xil tanlovlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishib kelmoqda. Masalan, 2016 yilning mart oyida Yaponiyada bo`lib o`tgan bolalar rasmlari tanlovida, Tashmuxammedov Azamatning “Xalqlar do`stligi” nomli rasmi, 77 davlatdan ishtirok etgan 26288 nafar bolalarning ijodlari orasidan eng yaxshisi deb topilib, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi. (Azamat uchun qarsaklar)

2015 yil 13 mart kuni o`quvchi-yoshlar o`rtasida «Nafosat olami» shiori ostida «Sog`lom avlod uchun» kubogi IV soprt festivalida sportning suzish turi bo`yicha Mehribonlik uyining 8 nafar tarbiyalanuvchilari qatnashib S.Seydanova, F.Sharipova va D.Quandыqovalar sovrinli o`rinlarni egallagan bo`lsa, 2015 yilning 26-30 iyun kunlari Namangan shahrida sportning sinxron suzish turi bo`yicha yosh toifadagi guruhlar o`rtasida ochiq chempionatida F.Sharipova qatnashib 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 2015 yilning 22 dekabr kuni “Qariyalarni qadrlash yili” va Konstitutsiyamizning 23 yilligi munosabati bilan Nukus shahrida o`tkazilgan sportning suzish turi bo`yicha Qoraqalpog`iston qishqi ochiq chempionatida Kaypnazarova Dilfuza III-o`rinni, Pirniyazova Nafisa II-o`rinni egalladi va ular O`zbekiston terma jamoasi a`zosi bo`lgan.

2015 yil “Kamalak yulduzlari” festivalida “Tong g`unchalari” ansambli Respublika bosqichi g`olibi bo`lib, 2016 yil Toshkent shahrida o`tkazilgan Gala kontsertiga qatnashib keldi.

2016 yilning 7 yanvar kuni “Umid nihollari-2016” musobaqasining Xo`jayli tuman bosqichida  sportning futbol turi bo`yicha Abushaev Nariman qatnashib, komanda hisobida  2-o`rinni egalladi. 2016 yilning 10 mart kuni “Nafosat olami” musobaqasining Qoraqalpog`iston Respublikasi bosqichida  sportning suzish turi bo`yicha qizlarimiz komanda hisobida 2-o`rinni egallab Diplom bilan taqdirlandi.

«Nihol» - 2016 ko`rik-tanlovining estrada yo`nalishi bo`yicha Xo`jayli tuman bosqichida Urazova Nurjamal 1-o`rinni egallab, Respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritgan.

2016 yilning aprel oyida o`tkazilgan «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» festivalida tarbiyalanuvchimiz Sharbaev Jaras o`zi yozgan «Perzentimen» nomli qo`shig`ini aytib, katta olqishlarga sazovor bo`ldi.

Qadrli bolajonlar, Hurmatli ustozlar Sizlarni bugungi bayram munosabati bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan yana bir bor tabriklab, kelgusi vaqtlarda Siz bolajonlar katta yutuqlarga erishadi va yurtimiz bayrog`ini ko`klarga ko`taradi deb ishonch bildiramiz.

Bugungi kungi o`tkazilayotgan tadbirga Siz bolajonlar uchun 10 mln. 150 ming so`mlik kiyim-boshlar, 7 mln. 628 ming so`mlik gigienik anjomlar, 16 mln. 840 ming so`mlik har xil xo`jalik buyumlari va 2 mln. 156 ming so`mlik muzlatgich bayram sovg`asi sifatida olib kelindi. Ularni topshirishga ijozat etgaysiz.

 

E`tiboringiz uchun raxmat!


Ko'rib chiqildi: 5044