Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (69 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (69 KB)

2016 yilning 9 oy yakuni

2016 yilning 9 oyligida mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari, joriy yilning  15 yanvarda respublika Hukumati majlisida 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yunalishlari va ustuvor vazifalarini so`zsiz bajarish uchun mavjud rezervlarni safarbar etish, shuningdek keyingi yillarda iqtisodiy o`sishning yanada barqaror yuqori sur`atlarini ta`minlash yuzasidan kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g`risida.

 

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Yuqorida siz o`zingizning ma`ruzangizda qayd etib o`tganingizdek, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil yakunlariga bag`ishlangan majlisida belgilab bergan asosiy vazifalarining so`zsiz bajarilishini ta`minlash natijasida hisobot davrida Qoraqalpog`iston Respublikasida-ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning istiqbolli reja ko`rsatkichlari bajarilishi ta`minlandi.

Xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmi o`tgan yilning
shu davriga nisbatan 118,0 foizga (reja 117,5%), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 191,7 foizga (reja 174,0%),  xizmatlar 113,4 foizga
(reja 112,9%) va qurilish ishlari 105,2 foizga o`sishi ta`minlandi.

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda 6,3 foizga (reja 107,8%) o`sishga erishildi.

Ma`lumot uchun: joriy yilda 100 ming tonnadan ortiq bug`doy (reja 85,3 ming tonna) va 15.10.2016 yil holatiga 170 ming tonna paxta etishtirilib, davlatga topshirildi. (Reja 188,2 ming tonna 90%). 

Hisobot davrida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 55,9 foizni tashkil etdi. (2015 yilning 9 oyida 66,7%).

Shuningdek, “2016 yilda ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish dasturi” asosida hisobot davrida umumiy qiymati 144,0 mlrd.so`mlik investitsiyalar o`zlashtirilib, 1807 ta loyihalar amalga oshirildi va natijada 8085 ta yangi ish o`rinlari yaratildi.

Jumladan:

 Sanoat yo`nalishi bo`yicha  – 234 ta (qiymati 54,7 mlrd.so`m,
3626 ta ish o`rni);

Xizmat ko`rsatish va servis yo`nalishi bo`yicha – 1168 ta (qiymati 61,2 mlrd.so`m, 2968 ta ish o`rni);

Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha – 405 ta  loyiha amalga oshirildi. (qiymati 28,2 mlrd.so`m, 1491 ta ish o`rni)

Misol uchun,

- Nukus shahridagi “Kardar ishlab chiqarish mahsulotlari" MChJ da qiymati 500 mln.so`mlik investitsiyalarni o`zlashtirish hisobiga briket ishlab chiqarish;

- Ellikqal`a tumanidagi “El rozi Nur" MChJda qiymati
250 mln.so`mlik investitsiyalarni o`zlashtirish hisobiga vermikulit asosida issiqlik saqlovchi quruq qurilish materiallari ishlab chiqarish;

- Amudaryo tumanidagi "Jayxun qurilish mollari bazasi" MChJda qiymati 550 mln. so`mlik investitsiyalarni o`zlashtirish hisobiga polietilen quvurlarni ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalari amalga oshirildi.

Ko`rilgan ushbu chora-tadbirlar natijasida hududlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashiga, korxonalar raqobatbardoshligi oshishiga zamin yaratmoqda.

 

Hurmatli majlis qatnashchilari!

O`zingizning topshirig`izga asosan joriy yilning sentyabr oyida Xodjaev Botir Asadullaevich boshchiligida ishchi guruh bilan birgalikda hududlarni, ya`ni shahar va tumanlarini 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.

Mazkur dasturda odamlarning hayoti va kayfiyatini yanada yaxshilaydigan sohalardagi ishlarni jonlantirishga va mavjud muammolarni bartaraf etib, qulayliklar yaratish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.

Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasida yaqin 5 yil davomida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjudlarini modernizatsiyalash, xizmat ko`rsatish va servisni rivojlantirish, qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha umumiy qiymati 2,9 trillion so`mlik 5543 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Eng yirik loyihalardan bo`lgan, Muhtaram birinchi Prezidentimizning 2014 yil 17 noyabrdagi qarori asosida «O`zmetkombinat» AJ tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Qorao`zak tumanida “Tebinbuloq” konidagi titanomagnetit rudalaridan foydalanib, temir konini ishlab chiqish bilan birga cho`yan (chugun) ishlab chiqarish loyihasi (I-bosqichi) amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bu loyiha amalga oshirilishi natijasida Qorao`zak tumanida yirik zamonaviy metallurglar shaxarchasi barpo etilib, 2000 dan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etilishi kutilmoqda.

 

Hurmatli majlis qatnashchilari!

dasturiga asosan 2016 yilning yanvar`-sentyabr` oylarida  5 ta korxonada
4,7 mlrd.so`mlik
mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. (2016 yil rejasi 7,3 mlrd.so`m). 

 

Ma`lumot uchun, korxonalar kesimida:

-“Qaraqalpaq Vermi Invest” MChJda 906,7 mln.so`mlik 533,4 tonna vermikulit kontsentratini ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo`lib, amalda 906,7 mln.so`mlik 533,4 tonna (reja 100%) vermikulit kontsentrati;

-“Sverxbelproekt” MChJda 736,7 mln.so`mlik 433,4 tonna vermikulit kontsentratini ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo`lib, amalda 736,7 mln.so`mlik 433,4 tonna (reja 100%) vermikulit kontsentrati;

-“Nurbek Oq Oltin” XKda 240 mln. so`mlik 1200 dona akkumulyator mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo`lib, amalda 260 mln.so`mlik 1300 dona (reja 108,3%) akkumulyator mahsulotlari;

- “Qoraqalpoqsteklotara” MChJda 2600 mln. so`mlik 6,5 mln. dona steklotara ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo`lib, amalda
2600 mln. so`mlik 6,5 mln. dona (reja 100%) steklotara ishlab chiqarish;

- "Elrozi nur" MChJda 199,7 mln.so`mlik 192 tonna vermikulit kontsentratini ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo`lib, amalda
210,1 mln.so`mlik 202 tonna (reja 105,2%) vermikulit kontsentrati ishlab chiqarilgan.

 

Bundan tashqari mahalliylashtirish dasturiga qo`shimcha yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan barcha shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda, «UstyurtGazximiyaKompleksi» tomonidan ishlab chiqarilayotgan polipropilen va polietilen mahsulotlaridan ishlab chiqarish bo`yicha 37 ta loyihalarning taklifi ishlab chiqildi.  Shundan 20 ta loyihaning

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Muhtaram Birinchi Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan berilgan topshiriqlarga muvofiq xo`jalik boshqaruvi organlarining davlat aktivlari va ulushlarini xususiy mulkka sotish, shuningdek xorijiy investorlarni aktsiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga jalb etish bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Muhtaram Birinchi Prezidentimizning 2015 yil
28 aprelida qabul qilingan “Iqtisodiyotda xususiy mulkchilik ahamiyati va ulushini oshirish to`g`risida”gi 2340-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog`istonda:

- tadbirkorlarga investitsiya kiritish sharti bilan berish belgilanib, amalda barchasi 41 ta ob`ekt “nol” qiymatda tadbirkorlarga sotilib, 3 ta ob`ekt sotilib bekor qilindi va qayta savdoga chiqarildi. Ushbu ob`ektlarda 23,3 mlrd. so`m investitsiya kiritish va 834 ta yangi ish o`rinlarini yaratish belgilandi.

- sotish rejalashtirilib, ushbu ob`ektlarning barchasi savdoga chiqarildi va bugungi kunga qadar 12 tasi tadbirkorlik sub`ektlariga sotildi.

Qolgan 19 ta ob`ektlar va boshqa Hukumat qarorlariga asosan ommaviy savdolarga chiqarilgan lekin bugungi kunga qadar sotilmagan 37 ta, jami 56 ta ob`ektlar bo`yicha hokimliklar va balansta saqlovchilar bilan birgalikda ob`ektlardan maqsadli foydalanish bo`yicha takliflar ishlab chiqilib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (Vazirlar Kengashining 2016 yil
9-iyun`dagi 01-03/2-06/251-sonli xati)
va Hurmatli Shavkat Miromonovich o`zingizning topshirig`ingiz (№02/1-267, 08.06.2016 yildagi topshiriq) bilan Davlat tender komissiyasi muhokamasiga kiritildi.

Jumaldan, 33 ta ob`ektlar (Vazirlar Mahkamasining
05.08.2016-yildagi 252-sonli qarori va boshqa qarorlarga muvofiq)
«Nol`» harid qiymatida investorlarga sotilishi belgilab olindi, qolgan 23 ta ob`ektlarni ochiq savdolarga chiqarilgan.

-  buzish va bo`shagan er maydonlarini tadbirkorlarga berish belgilanib, amalda barcha ob`ektlar to`lig`i bilan buzildi.

Buzishdan bo`shagan 28,7 gektar er maydonlarining barchasi  tadbirkorlik sub`ektlariga berildi va ular ushbu bo`shagan er maydonlariga o`zlaring ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ob`ektlarini qurishni boshlamoqda. (58 ta xizmat ko`rsatish va savdo sohasiga, 4 tasi sport maydonchalarini qurishga, 1 tasi sanoat sohasiga va 1 tasi “Kamolot” uyini qurishga)

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida bo`yicha jami
22 ta aktsiyadorlik jamiyati davlat ro`yxatiga olinib, 20 ta jamiyatning ustav fondida davlat ulushi mavjud.

Muhtaram Birinchi Prezidentimizning 2015 yil 21 dekabrdagi «Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo`chimsha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-2454-sonli Qaroriga asosan 22 ta aktsiyadorlik jamiyatlaridan:

2 tasining aktsiya paketlari xorijiy investorlarga sotilgan,
2 tasi “O`zbekoziqovqatxolding” Xolding Kompaniyasi va “O`zagroeksport” ustav fondini shakllantirishga yo`naltirildi, 1 tasi (“Kommunallik issiqlik orayi” AJ) davlat unitar korxonasiga aylantirildi,
7 tasining aktsiya paketlari sotuvga chiqarilgan, 2 tasi boshqa mulkchilik shakliga, ya`ni MChJga aylantirilishi belgilandi hamda
8 tasi strategik ahamiyatga ega (aktsiya paketi sotilmaydigan) aktsiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi.

Jumladan korxonalar kesimida:

- 1 ta (“Qaraqalpaqboyan”) aktsiyadorlik jamiyati ustav fondining 25% aktsiya paketini Xitoy Respublikasining “Gonkong Xuyuan investment limited” («HONGKONG HUAYUAN INVESTMENT LIMITED») kompaniyasi sotib oldi;

- 1 ta (“Nukusvinozavodi”) aktsiyadorlik jamiyatining 15,03% aktsiya paketi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi nomiga rasmiylashtirildi.

- 2 ta aktsiyadorlik jamiyati, xususan “Chimboy may” aktsiyadorlik jamiyati ustav fondidagi 90,2% davlat aktsiya paketi “O`zbekoziqovqatxolding” Xolding Kompaniyasi ustav fondini shakllantirish hamda “Qoraqalpoqgo`shtsutsavdo” aktsiyadorlik jamiyati ustav fondidagi 25 % davlat ulushi “O`zagroeksport” aktsiyadorlik jamiyati ustav fondini shakllantirish maqsadida yo`naltirildi;

- 7 ta  aktsiyadorlik jamiyatlarining qo`shimcha aktsiyalar chiqarilib, baholanib sotuvga chiqarildi (“Turon xo`jayli”, Beruniy “Yoggar”, “Taxiatosh don mahsulotlari”, “Qo`ng`irot un zavodi”, “Qoraqalpoqdonmahsulotlari”, “Qoraqalpoqavtotexxizmat” “Nukus dehkon bozori”,).

Bugungi kunda mazkur aktsiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuv kengashlari tomonidan sotuvga chiqarilgan aktsiyalarning narxini 10% qadamba-qadam pasayttirish mexanizmlari qo`llanilib 50%gacha tushib kelgan. 

Shuningdek, sotilishi mo`ljallangan aktsiya paketi, jamiyat to`g`risidagi pasport ma`lumoti va investitsion taklif, reklama roliklari, slaydlar rus va ingliz tillarida tayyorlab veb-saytlarga joylashtirilib, hududiy ommaviy axborot vositalarida chop etildi va «Uzbekistan Today» jurnaliga e`lonlar joylashtirildi.

- 1 ta “Kommunallik issiqlik orayi” aktsiyadorlik jamiyatini Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2-iyundagi 182-sonli qaroriga muvofiq, davlat unitar korxonasiga aylantirildi.

2 ta aktsiyadorlik jamiyatlarining (“Qoraqalpoqqishloq-xo`jalikkimyo” va “Qoraqalpaq MTP Birlashmasi”) Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 avgustdagi 252-sonli Qarorga asosan boshqa mulkchilik shakliga, ya`ni MChJga aylantirilishi belgilandi.

Shuningdek, 8 ta (“Taxiatosh issiqlik eklektr stantsiyasi”, “Qoraqalpoq elektr tarmoqlari” va 6 ta paxta tozalash zavodlari) strategik xom ashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shuningdek tabiiy monopoliya sub`ektlari hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narhlar bo`yicha etkazib beruvchi aktsiyadorlik jamiyatlar hisoblanadi.

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bu yangi ish o`rinlarin yaratish natijasida aholining bandligini ta`minlash hisoblanadi.

Ushbu vazifalardan ­ topshiriqlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog`iston Respublikasida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shularga muvofiq 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida 38 ming 658 ta yangi ish o`rinlari tashkil etilib, belgilangan reja
101,4 foizga bajarildi. (9 oylik reja 38108 ta, 2016 yil rejasi 49863 ta)

Yaratilgan ish o`rinlarining:

­ 83,8 foizi (amalda 32380 ta; reja 32233 ta; 100,5%) qishloq joylarida va ­ 24,3 foizi (amalda 9403 ta; reja 9295 ta; 101,2%) xotin­ qizlar uchun tashkil etildi.

Shuningdek, 2015-2016 o`quv yilida kasb-hunar kollejlarni bitirgan 23830 o`quvchining - 20154 tasi (84,6%) bandligi ta`minlangan va 2974 tasi (12,5%) ishga joylashtirish jarayonida;

 

Hurmatli majlis qatnashchilari!

2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yunalishlari va ustuvor vazifalaridan biri “Sog`lom ona va bola yili”  Davlat dasturining ijrosini ta`minlash hisoblanadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida “Sog`lom ona va bola yili” hududiy dasturini amalga oshirish uchun jami 312,9 mlrd.so`m va
6,6 mln. AQSh dollar
miqdorida mablag`lar o`zlashtirilishi belgilandi va moliyalashtirish manbalari aniqlandi.

Joriy yilning o`tgan davrida dastur asosida - 321,8 mlrd.so`m (yillik reja 312,9 mlrd.so`m; 102,9 foiz) va - 2 mln. 467,1 ming AQSh dollar (yillik reja 6618,6 ming AQSh dollar; 37,3 foiz) mablag`lar o`zlashtirildi.

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Biz bu amalga oshirayotgan ishlarimizni yanada jadallashtirib, 2016 yilga belgilab bergan iqtisodiy dasturlarning eng muhim ustuvor vazifalarining so`zsiz bajarilishini ta`minlashning barcha choralarini ko`ramiz.  Bunda:

Birinchidan, 2016 yilda Yalpi hududiy mahsulot hajmining o`sish sur`atini 115,5 foizga, sanoat mahsuloti hajmini 164,6 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmini 106,5 foizga, jami xizmatlar hajmini 113,3 foizga o`sishini ta`minlash;

 

Asosiy ko`rsatkichlar

2016 yil

2017 yil (prognoz)

Xajmi (mlrd.so`m)

O`sish sur`ati (foiz)

Xajmi (mlrd.so`m)

O`sish sur`ati (foiz)

Yalpi hududiy mahsulot

5575,9

115,5

5689,0

109,8

sanoat mahsuloti

2899,7

164,6

4873,6

119,1

xalq iste`moli mollari

836,9

112,8

1388,5

112,3

qishloq xo`jaligi mahsuloti

1455,2

106,5

1551,2

106,6

investitsiyalar

3348,4

50,5

3945,5

105,3

qurilish ishlari

1302,9

108,5

1318,9

100,2

chakana savdo aylanmasi

2714,0

111,6

3274,5

112,0

xizmatlar jami

2604,3

113,3

3108,9

113,8

pullik xizmatlar hajmi

1198,9

106

1468,6

106,5

 

Ikkinchidan, 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida qiymati 304,2 mlrd.so`mlik 2016 ta loyihani amalga oshirish va 10039 ta yangi ish o`rinlarini yaratish;

Uchinchidan, 33 ta davlat ob`ektlarni «Nol`» harid qiymatida investorlarga sotilishi hamda 23 ta ob`ektlarni ochiq savdolarda tadbirkorlarga sotish choralarini ko`rishimiz;

To`rtinchidan, 2016 yilda aholi bandligi dasturi asosida 50 mingga yaqin yangi ish o`rinlarini yaratishimiz zarur.

 

E`tiborlaringiz uchun rahmat!

 


Ko'rib chiqildi: 4070