Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari

A’lewov
Ma’xset
Sharibaevich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining jamoqt tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari

 Manzil:  Nukus shahri G'aresizlik ko'chasi 50 uy
 Telefon:  0 (361) 2220551
 E-xat:

 m.alewov@exat.uz

 E-mail:  info@sovminrk.gov.uz
 Qabul
 kunlari:
 Chorshanba, soat 10:00 - 12:00
 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kompleksi rahbarining funktsional vazifalari to`g`risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kompleksi rahbarining funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kompleksi rahbari (keyingi o`rinlarda Kompleks rahbari deb ataladi) o`z faoliyatida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlariga, Jo`qorg`i Kenges qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Kompleks rahbari kompleksda ishlarning holati uchun javob beradi, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

4. Kompleks rahbarining faoliyati millatlararo totuvlikni, diniy bag`rikenglikni ta`minlash va yanada mustahkamlash hamda diniy-ekstremistik mafkuraning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini ta`minlaydi.

5. Kompleks rahbari maqomiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining a`zosi hisoblanadi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Rayosati tarkibiga kiradi.

Kompleks rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

 

2-bob. Kompleks rahbarining vazifalari va funktsiyalari

 

6. Quyidagilar Kompleks rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

joylardagi tegishli davlat hokimiyati organlari, jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, diniy-ekstremistik mafkura va missionerlik faoliyati tarqalishiga to`sqinlik qilish;

mamlakatda turli fuqarolik jamiyati institutlari, avvalo, nodavlat notijorat jamoat tashkilotlarini yanada rivojlantirish, mamlakatni demokratik hamda modernizatsiya qilishda ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish;

joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati ustidan kompleks monitoringni tashkil etish, davlat hokimiyati mahalliy organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini samarali tashkil etishga, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarni mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb etishga ko`maklashish;

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat va diniy tashkilotlarning O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etishini ta`minlash;

joylardagi davlat hokimiyatining tegishli organlari, jamoat va diniy tashkilotlarning madaniy meros ob`ektlarini saqlash masalalari bo`yicha o`zaro hamjihatligini ta`minlash;

“Nuroniy” va “Mahalla” jamoat tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish va ularga har tomonlama amaliy yordam ko`rsatish;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etishda mahalliy davlat, jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

7. Kompleks rahbari o`z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi bilan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar faoliyati sohasi bo`yicha o`zaro hamkorlik qiladi;

Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kotibiyatiga bevosita rahbarlik qiladi, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning diniy ekstremizm va missionerlikning oldini olish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

O`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi va aholi orasida diniy ekstremizm va missionerlikning oldini olish bo`yicha tadbirlarni tashkil etadi;

Qoraqalpog`iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko`maklashadi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o`zaro hamkorligini ta`minlaydi;

Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kotibiyati boshlig`ini qayta tayyorlash, uning malakasini oshirish, uni rag`batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash to`g`risida takliflar kiritadi;

8. Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta`minlaydi.

 

3-bob. Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi

 

9. Kompleks rahbari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddi tashkilotlar kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlari bo`yicha davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

«Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuni talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.

Kompleks rahbarining zarur materiallar, ma`lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini puxta ishlab chiqish bo`yicha talablari va topshiriqlari belgilangan muddatlarda bajarilishini ta`minlaydi.

10. Kompleks rahbari:

zimmasiga yuklangan vazifalarning talab darajasida va sifatli bajarilishini ta`minlaydi;

O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Kengashi rahbariyati topshiriqlarining Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar kompleksi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlaydi.

Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomining mustahkamlanishi uchun javob beradi.

 

4-bob. Kompleks rahbari faoliyatini tashkil etish

 

11. Kompleks rahbarining ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari hamda Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.

12. Kompleks rahbarining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar Kengashining ish rejasiga, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan, Vazirlar Kengashining Rayosati majlislarida jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.

 

5-bob. Kompleks rahbari tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar

 

«Huquqiy-demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy-ma`naviy vaziyatni yanada yaxshilash, diniy fundamentalizmning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar Dasturi»ni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va tashkil etish bo`yicha komissiyasi.

Vazirlar Kengashi huzuridagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish Hay`ati.

Qoraqalpog`iston Respublikasidagi milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash.

 


Ko'rib chiqildi: 4499