Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (74 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (74 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri

 

Aytmuratov
Polatbay Jarimbetovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vaziri

 Manzil:

  230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 62-uy

 Telefon:

 0 (361)  222-25-19

 E-mail:

 min.kultura@umail.uz

 Qabul
 kunlari:

 Seshanba, payshanba 15:00 – 17:00

 

 

 

Nietullaev
Asan
Xojabaevich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vaziri o'rinbosari

 Manzil:

 230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 62-uy

 Telefon:

 0 (361)  222-24-50

 E-mail:

 min.kultura@umail.uz

 Qabul
 kunlari:

 Dushanba, juma kunlari soat 15:00 - 17:00

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-4956 son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil qilish to’g’risida” PQ-2778-son Qaroriga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vazirligining (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) maqomi, vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.

Vazirlik O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining vakolati doirasiga kiruvchi vazifalarni Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida amalga oshiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.

Vazirlik faoliyati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesiga, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobot beradi.

Vazirlik o’zining faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi va normativ-huquqiy hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, ko’rsatmalari, topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

Vazirlik tizimiga tuman, shahar Madaniyat bo’limlari, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Akademik musiqali teatri, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshobinlar teatri, Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatri, “Ayqulash juldizlari” qoraqalpoq davlat milliy-folklor ansambli, “Amu tolqini” qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli, “Gu’lzar” qoraqalpoq davlat folklor ansambli, O’zbekiston davlat va san’at instituti Nukus filiali, O’zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros obiektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Qoraqalpog’iston Respublikasidagi mintaqaviy inspektsiyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi badiiy ekspertiza bo’limi, “O’zbekkontsert” davlat muassasasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi, O’zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining Qoraqalpog’iston jamoasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi, Qoraqalpoq davlat Ulkashunoslik muzeyi, Qoraqalpoq davlat Shuxrat mizeyi, Ko’zi ojizlar kutubxonasi, madaniyat va istirohat bo’g’lari, bolalar musiqa va san’at maktablari, Nukus madaniyat va san’at kolleji, Ellikqala pedagogika va san’at kolleji hamda boshqa madaniyat, ma’rifiy muassasalar kiradi.

Vazirlikning tuman (shahar) bo’limlari (keying o’rinlarda matnda hududiy bo’linma deb yuritiladi) vazirlikka va mahalliy davlat hokimiyati organiga hisobot beradilar. Vazirlikning hududiy bo’linmalari moliya organlari tomonidan belgilangan hajmlar va muddatlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha harajatlar smetasining ijrosi bo’yicha tegishli moliya organlariga hisobot taqdim etadilar hamda nusxasini vazirlikka topshiradilar.

Vazirlik tasarrufidagi barcha tashkilot, muassasalarning faoliyat yuritishi uchun mas’ul hisoblanadi.

Vazirlik, uning hududiy bo’linmalari faoliyatini moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag’lari, byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilishdan tushgan mablag’lar, homiylar mablag’lari, grantlar, shuningdek qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa ma’nbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Vazirlik, uning hududiy bo’linmalari, vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadilar, ular O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, to’rt burchakli maxsus shtambga, maxsus blankka, mustaqil balansga, g’aznachilik bo’limlarida tegishli hisob varaqlariga, banklarda valyuta hisob raqamiga hamda turli atributlariga ega bo’ladilar.

Normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga asosan yuridik shaxs sifatida tashkil qilinmagan, tashkilot, muassasalar bundan mustasno.

Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari hisoblanadi:

Madaniyat sohasida boshqaruvni amalga oshirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko’paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-ahloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag’barlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o’zlikni ahglash g’oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot g’oyalarga qarshi immunitetni mustahkamkash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellectual, estetik va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;

badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rag’barlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning yerkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko’maklashish:

madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog’lari, muzeylar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ma’naviy etuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada to’liq foydalanish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, o’quv yurtlari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifa hamda yunalishlarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini ta’minlashda mustahkam hamkorlikni yulga qo’yish;

madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida takomillashtirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg’or xalqaro tajribalardan foydalanish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va o’quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;

mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferentsiyalar va ko’rgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar o’tkazish yo’li bilan keng targ’ib qilish;

madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek, belgilangan tartibda madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash;

turar joylar, mahallalarda bevosita ish joylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish asosida aholini madaniy jihatdan tarbirlashni;

madaniy, ma’rifiy muassasalarni moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;

madaniyat, san’at sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

Vazirlik va uning tizimidagi tashkilot va muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash;

professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, madaniy-ma’rifiy hamda dasturlarni keng ko’lamda targ’ib qilish;

viloyatda madaniy sohasidagi matbuot nashrlariga obuna tashkil etishda matbuot tarqatuvchilarga ko’maklashish va qonun hujjatlariga asosan Vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Vazirlik o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to’la bajarish uchun qo’yidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

vazirlik, idoralar, muassasalar va boshqa tashkilotlarning madaniyat va san’at sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

vazirlik vakolatiga ta’lluqli masalalar bo’yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko’rib chiqish uchun belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taqdim etadi;

madaniyat va san’at sohasida hamkorlik bo’yicha loyihalarni ishlab shiqadi hamda bajarilishini ta’minlaydi;

teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, xalq amaliy san’atini rivojlantirishni ta’minlaydi, xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam beradi;

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

kishilarning o’zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag’batlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va san’atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;

vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishlarini ta’minlaydi;

muzeylarda milliy mustaqillik g’oyalariga hamohang bo’lgan, o’zbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini amalga oshiradi;

hudud aholisini O’zbekiston xalqlari tarixi to’g’risida xabardor qiluvchi qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tirof etish tuyg’usini tarbiyalashga ko’maklashadi;

Milliy muzey fondi holati yuzasidan, shuningdek madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratini amalga oshiradi;

madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish, qo’riqlash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish bo’yicha dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

madaniy boyliklarning O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi, shuningdek vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklar bo’yicha ishlarni tasarrufidagi tashkilotlar orqali ta’minlaydi;

vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-kontsert faoliyatini tashkil qiladi;

professional san’at va havaskorlik san’ati festivallari, ko’rik-tanlovlari, shuningdek ko’rgazmalar o’tkazilishini tashkil qiladi;

Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika kontsert saroylari, kontsert zallari va stadionlarida o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy hamda kontsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslarini o’tish uchun taniqli ijrochilarini hamda madaniyat va san’at arboblarini, etuk pedagog-mutaxassislarini taklif qiladi;

samarali ijodiy faoliyat ko’rsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada o’tkaziladigan ko’riklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;

iqtidorli yoshlar va san’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning respublika miqyosida madaniyat va san’at sohasida o’tkaziladigan ko’riklar, tanlovlar, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;

kulturologiya, teatrshunoslik, san’atshunoslik, musiqashunoslikni va ushbu sohadagi boshqa ilmiy yunalishlarni rivojlantirish, ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini ko’radi;

dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy san’at va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ijodiy jamoalar, madaniyat va san’at mutaxassislarini, arboblarini ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, tanlovlar, festivallarda boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo’natishni va qabul qilinishini ta’minlaydi;

manfaatdor idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga ko’maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyatga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;

madaniyat va san’at bo’yicha o’quv dasturlari, qo’llanmalar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek o’rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlaydi;

madaniyat va san’atni rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va san’at sohasiga ta’lluqli dasturiy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini, ularning to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi;

tashkilotlar, muassasalar va boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va san’at arboblarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;

aholining keng qatlamlari orasida madaniy va kontsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va o’tkazishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga ko’maklashadi;

idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko’rsatishda ularga ko’maklashadi;

barcha mavjud madaniyat inshootlari, kutubxonalar, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat saroylari, istirohat bog’lari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni xatlovdan o’tkazilishini ta’minlaydi;

madaniyat va san’at sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar ta’sis etish va O’zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish to’g’risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

madaniyat aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi.

Vazirlikka yuklangan o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek o’zining hududiy bo’linmalari, o’ziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Vazirlikning huquq va majburiyatlari:

Vazirlik o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

vazirlik, idoralar, tashkilotlar va muassasalardan O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari Davlat statistika qo’mitalari tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllarida nazarda tutilgan, vazirlik  vakolatiga ta’lluqli masalalar bo’yicha ma’lumotlarni olish;

tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifasini o’zgartirish bo’yicha takliflar tayyorlash hamda ularni ko’rib chiqish uchun belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga kiritish;

belgilangan tartibda umumxalq bayramlari, yubileylar, madaniy tadbirlarini tashkil etish;

vazirlik tasarrufiga kiruvchi teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy, ta’lim muassasalarini jihozlash uchun zarur bo’lgan yoritish va ovoz kuchaytirish asbob-uskunalarini, musiqa asboblarini, boshqa zarur jihozlarni sotib olish;

muzey fondlarini va asarlar ko’rgazmalarini to’ldirish uchun tarixiy-badiiy qimmatga ega bo’lgan tasviriy va dekorativ-amaliy san’at asarlari hamda materiallarini, noyob qadimiy buyumlarni, shuningdek saxna va musiqa asarlarini, qo’shiqlarni aniqlash va qonun hujjatlariga muvofiq sotib olishni amalga oshirish;

hududda faoliyat yuritayotgan teatr, badiiy va akademik jamoalari ishini muvofiqlashtiradi va zamon talablariga mos saxna asarlarini xarid qilish, mahalliy dramaturglarni qo’llab-quvvatlash, yosh talant egalarini jalb etish va ularga shart-sharoitlar yaratib berish;

hududda o’tkaziladigan tanlovlar, ko’riklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashuvchi alohida ijrochi va jamoalarni taklif etish;

badiiy havaskorlik jamoalarini, madaniyat muassasalarini “Xalq havaskorlik jamoasi”, “Bolalar namunali jamoasi” va boshqa belgilangan unvon va toifalar berishga, diplomlar, yorliqlar hamda sovrinlar bilan mukofotlashga tavsiya etish;

vazirlikka ajratiladigan, shuningdek qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan mavjud byudjetdan tashqari moliyaviy mablaglarni uning tomonidan o’tkaziladigan madaniy tadbirlarni tashkil etishga, madaniyat, san’at arboblarini turli tanlovlarda qatnashishga tayyorlash;

eng iqtidorli, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat, san’at sohasi xodimlari nomzodlarini mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish;

vazirlik qonun hujjatlarida nazarda titligan boshqa huquqlarga ham ega.

Vazirlik zarur hollarda, boshqa vazirlik, idoralar va tashkilot, muassasalar bilan birgalikda qo’shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.

Vazirlik madaniyat, san’at sohasida o’ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlanishi uchun javobgar hisoblanadi.

Vazirlik faoliyatini tashkil etish.

Vazirlikka O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Vazir rahbarlik qiladi.

Vazirning bir nafar o’rinbosari bo’ladi, vazir o’rinbosari vazirning tavsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Vazir:

vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

vazir o’rinbosari va vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, vazirlik faoliyatiga rahbarlik qilish yuzasidan tasarrufidagi tashkilot, muassasalar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

o’z vakolati doirasida vazirlik faoliyatiga oid buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;

vazirlik tasarrufidagi tashkilot, muassasalar ustavlarini, markaziy apparat bo’linmalari nizomlarini, shuningdek tumanlar (shaharlar) madaniyat bo’limlarining nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

o’rnatilgan tartibda vazirlikning shtat jadvalini, shuningdek harajatlar smetasini tasdiqlanishini ta’minlaydi;

vazirlik apparati xodimlarini, hududiy bo’linmalar, shuningdek vazirlik nomenklaturasidagi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Vazirlikda vazir raisligida, vazir o’rinbosari, vazirlik faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi vazirlikning tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda Hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at qo’yidagilar bilan bo’g’liq masalalarni ko’rib chiqadi:

qonun hujjatlarida belgilangan madaniyat sohasidagi hududda amalga oshirilishini yanada takomillashtirish bo’yicha vazirlik faoliyatining asosiy kontseptual yo’nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

normativ-huquqiy hujjatlarda hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va boshqa yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash, vazirlik markaziy apparati rahbarlari, mas’ul xodimlari, shuningdek, tasarrufidagi tashkilot muassasalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish.

Hay’at vazirlik vakolatiga ta’lluqli boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilot, muassasa rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning Hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

Vazirlikni faoliyatini tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


Ko'rib chiqildi: 4328