Vazirlar Kengashining Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida

N I Z O M

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kotibiyati (keyingi o`rinlarda kotibiyat deb ataladi) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Kotibiyatga 1 ta shtat birligi ajratilgan.

2. Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Kengashini, uning Rayosatini diniy ekstremizm va missionerlikning oldini olish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish bo`yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta`minlashga yo`naltirilgan.

3. Kotibiyat o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi qarorlari, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisining Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

5. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Vazirlar Kengashining boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

 

2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari

 

6. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari ishlarini tashkil qilish;

Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib chiqilishini ta`minlash, ularni ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;

Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari tomonidan o`tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yig`ilishlari va mutasaddiligidagi komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta`minlash;

millatlararo totuvlikni, diniy bag`rikenglikni ta`minlash va yanada mustahkamlash hamda diniy-ekstremistik mafkuraning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning faoliyati va bahamjihat harakatini muvofiqlashtirish;

fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashining diniy-ma`rifat ishlari bo`yicha rais o`rinbosari hamda uning qo`l ostidagi mutaxassisi ishlarini nazorat qiladi va ularga amaliy yordam ko`rsatadi;

madaniy meros ob`ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi harakati;

joylarda "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish bo`yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini muvofiqlashtirish.

7. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

sohaga oid va  kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

kotibiyatga oid topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan qabul qilinadigan tegishli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

sohaga oid topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tegishli tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek, kotibiyatga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Kengashi Raisiga va bevosita Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosariga taqdim etadi;

davlat dasturlari amalga oshirilishi sohaga oid topshiriqlarning bajarilishi bo`yicha tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishlar o`tkazilishini ta`minlaydi va mas`ullarni jalb etgan holda ishlarni muvofiqlashtiradi;

Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunlariga muvofiq ko`rib chiqadi;

davlat sirlari bo`lgan ma`lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta`minlaydi;

Vazirlar Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi;

kotibiyatda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.

 

3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi

 

8. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun kotibiyatga qonun hujjatlarida belgilangan zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, tumanlar va shahar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalaridan belgilangan tartibda so`rab olish;

zarurat bo`lganda, kotibiyatda ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini, Vazirlar Kengashining tegishli majmualari, boshqarma va guruhlari xodimlarini taklif etish, jalb etish va ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni belgilangan tartibda o`rganish.

9. Kotibiyat javobgarligi:

o`ziga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq kotibiyatga tegishli takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishiga;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni kotibiyatga yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishiga;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to`g`risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishiga;

sohaga oid topshiriqlarining kotibiyatga bevosita tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o`z vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.

 

4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi

 

10. Kotibiyatining tuzilmasiga kotibiyat boshlig`i kiradi.

11. Kotibiyatning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.

12. Kotibiyatning faoliyati mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

13. Kotibiyatning ishlariga kotibiyat boshlig`i rahbarlik qiladi.

14. Kotibiyat boshlig`i belgilangan tartibda Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish

 

15. Kotibiyat ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

16. Kotibiyat o`z faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.

17. Kotibiyatda har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab olinadi.

18. Kotibiyatda ish yuritilishi kotibiyat tomonidan olib boriladi hamda shu haqida muntazam ravishda Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosariga ma`lumot berib boriladi.

19. Kotibiyat boshlig`i:

Kotibiyatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosarining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

millatlararo totuvlikni, diniy bag`rikenglikni ta`minlash va yanada mustahkamlash hamda diniy-ekstremistik mafkuraning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning faoliyati va bahamjihat harakatini muvofiqlashtirish;

madaniy meros ob`ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi harakati;

joylarda "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish bo`yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

“Nuroniy” va “Mahalla” jamoat tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularga har tomonlama amaliy yordam ko`rsatish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini muvofiqlashtirish.

kotibiyat ish rejasini shakllantirish va uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

kompleksga tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama o`rganib chiqish, tahlil qilish, tahliliy materiallarni va ekspert takliflarini tayyorlash, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta`minlash;

kotibiyatga yuklatilgan vazifalarga taalluqli masalalar yuzasidan o`tkaziladigan majlislar, har haftadagi apparat yig`ilishlarida va tegishli komissiyalarda hamda kotibiyat sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan boshqa yig`ilishlarda ishtirok etish;

Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Kotibiyat boshlig`i vaqtinchalik bo`lmaganda uning vazifasini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va uning Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari bilan kelishilgan holda Ishlar boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan Ishlar boshqarmasining mutaxassislaridan biri bajaradi.

Quyidagi korxona va tashkilotlarda ishlarning ahvolini tahlil qilish va birgalikdagi ish faoliyati bo`yicha aloqa qilib boradi:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Musulmonlar Qoziyati va uning tasarrufidagi o`quv muassasalari, masjidlar;

Nukus shahridagi «Xram v chest` svyatogo velikomuchenika i tselitelya Panteleymona» diniy tashkiloti;

O`zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg`armasi Beruniy tumani “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohi bo`limi;

O`zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg`armasi Ellikqal`a tumani “Abdulla Norinjoniy” ziyoratgohi bo`limi,

O`zbekiston rus madaniy markazining Qoraqalpog`iston bo`linmasi;

“Slavutich” Ukraina madaniyat markazi Qoraqalpog`iston bo`limi;

Qoraqalpog`iston Qozoq milliy-madaniy markazi;

Qoraqalpog`iston Turkman milliy-madaniy markazi;

Qoraqalpog`iston Koreyslar assotsiatsiyasi;

“Nuroniy” va “Mahalla” jamoat tashkilotlari;

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi;

O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Qoraqalpog`iston tashkiloti;

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpog`iston Kengashi;

O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Qoraqalpog`iston bo`limi;

Respublika nogironlar jamiyati Qoraqalpog`iston bo`limi;

O`zbekiston Ko`zi ojizlar jamiyati Qoraqalpog`iston bo`limi;

O`zbekiston Karlar jamiyatining Qoraqalpog`iston bo`limi;

O`zbekiston xalq ustalari, hunarmandlari, musavvirlari “Hunarmand” jamoat birlashmasi Qoraqalpog`iston bo`limi;

“Shahidlar xotirasi” xayriya jamg`armasi Qoraqalpog`iston bo`limi;

O`zbekiston Respublikasi jangchi faxriylar birlashmasining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi;

O`zbekiston Respublikasi Chernobilchilar assotsiatsiyasining Qoraqalpog`iston bo`limi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidagi ziyaratgoh masjidlarining xayriya jamoat jamg`armasi;

O`zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi tashkiloti;

“Ekosan” xalqaro xayriya jamoat fondi Qoraqalpog`iston filiali;

O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik va madaniy-ma`rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi hamda boshqa jamoat va diniy tashkilotlar ishlarini muvofiqlashtiradi.


Ko'rib chiqildi: 2450