Bandlik va mehnat bozori

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yil yanvar-sentabr davri uchun respublikada ish bilan band bo‘lganlar soni 651,2 ming kishini tashkil etdi.
Ish bilan band bo‘lganlar soni quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sezilarli darajada o‘sgan, ya’ni tashish va saqlashda (3,1 foizga), qurilishda (2,8 foizga), savdoda (3,0 foizga).va yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda (3,0 foizga), axborot va aloqada o‘zgarishsiz qolgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish bilan bandlarning asosiy ulushi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (29,4 foiz), sanoatda (9,3 foiz), savdoda (10,8 foiz), qurilishda (9,1 foiz), ta’limda (11,7 foiz) kuzatilmoqda.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish bilan bandlarning jami bandlikdagi ulushi 74,5 foizgacha o‘sgan.

E’tibor bering:
-Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish bilan band aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 foizga oshdi.
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish bilan bandlarning jami bandlikdagi ulushi 74,5 foizgacha o‘sgan

Ish bilan band aholi soninig iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi
(2017 yil yanvar-sentabr, jamiga nisbatan foizda)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha ish bilan bandlarning taqsimlanishi
(Dastlabki ma’lumot, 2017 yil yanvar-sentabr)

Jami ish bilan bandlar tarkibida davlat sektorida bandlar ulushi 22,0 foizni (2016 yilda 22,0 foizni tashkil etgan ), nodavlat sektorda 78,0 foizni (78,0 foiz) tashkil etdi.
Ishsizlik. Ish bilan bandlar soninig iqtisodiy faol aholi sonidagi ulushi 94,7foizni, mos ravishda ishsizlik darajasi 5,3foizni tashkil etdi.
   

 


Ko'rib chiqildi: 3124