Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi «O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash va uning faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 1038-son qarori haqida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi «O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash va uning faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 1038-son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
30 dekabr`dagi «O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash va uning faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 1038-son qarori rahbarlikka olinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risidagi Nizom
1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) Quyidagilar:
O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi Markaziy devonini saqlashga doir mablag`lar agentlikning yillik sarflanadigan manbalari prognozidan kelib chiqqan holda tizimga kiradigan nashriyotlar va matbaa-poligrafiya korxonalarining mahsulotlarni sotishdan tushgan sof tushumning tuzilgan shartnomalar bo`yicha 2,0 foizgacha miqdorida va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan qoplanishi;
Agentlik hududiy bo`lim xodimlarining ish haqisi O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan, ularni saqlashga doir chiqimlar, o`z shaxsiy mablag`lari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligiga, viloyatlar Matbuot va axborot boshqarmasiga, Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasiga qarashli nashriyotlarning shartnoma asosidagi ajratmalaridan va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan qoplanishi belgilanganligi;
v) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi markaziy devoni uchun
4 ta avtotransport, jumladan 3 ta shaxsiy, 1 ta navbatchi avtotransport;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmalari uchun
14 avtotransport vositalarini saqlash uchun limit mablag`lar ajratish topshirilganligi;
O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmalarining avtotransport vositalarini saqlashga doir mablag`lar o`z mablag`lari hisobidan qoplanishi belgilanganligi;
g) O`zbekiston Matbuot va axborot agentligiga ikki xafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga agentlik hay`at tarkibi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlashga kiritish topshirilganligi.
d) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
2- ilovaga muvofiq o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi.
e) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari
3-ilovaga muvofiq o`z kuchini yo`qotganligini ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi “O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi to`g`risida”gi Nizomi asosida o`z faoliyatini tashkil etsin.
4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ikki hafta muddatda agentlikning hay`at tarkibi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash uchun taklif kiritsin.
5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlari 1- ilovaga muvofiq o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.
6. Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari va boshqa tegishli tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi direktori A.Bekmuratov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev
Ko'rib chiqildi: 4095