Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi PQ-3379-sonli «Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori haqida

Elektr va gaz ta`minoti tizimini yanada takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash, shuningdek, mazkur sohada ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini yahshilash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi PQ-3379-sonli «Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan qarori asosida:

a) «O`zdavenergonazorat» DI, «O`zdavneftgazinspektsiya» DI, «O`ztransgaz» AJ va «O`zbekenergo» AJning faoliyati qoniqarsiz deb topilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «O`zbekenergo» AJ, «O`ztransgaz» AJ, «O`zdavenergonazorat» DI, «O`zdavneftgazinspektsiya» DI va «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJning quyidagi tartibni belgilash haqidagi takliflari qabul qilinganligi:

b.1) 2018 yil 1 yanvardan:

ilovaga muvofiq ro`yxat bo`yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko`rsatuvchi iste`molchilar elektr energiyasi (750 kVAgacha bo`lgan quvvatga ulangan) va tabiiy gaz uchun to`lovlarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan o`rnatiladigan o`sib boruvchi koeffitsientlar va tariflarga muvofiq amalga oshirishi;

750 kVA va undan yuqori bo`lgan quvvatga ulangan (byudjet tashkilotlari, fermer ho`jaliklari va suv iste`molchilari uyushmalarining nasos stantsiyalari, shuningdek, Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stantsiyalari bundan mustasno) iste`molchilar elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni ikkinchi guruh tariflar bo`yicha to`lovlarni amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun tarif miqdorida belgilanadigan sutka vaqtlarining tabaqalashtirilgan tarifi bo`yicha amalga oshirishi;

bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida (tig`iz payt - belgilangan tartibda o`rnatilgan ertalabki va kechki «eng katta miqdor») foydalanilgan elektr energiyasi uchun to`lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o`suvchi koeffitsientni qo`llash orqali, eng kam yuklamali soatlarda esa (tungi payt - sutkaning qorong`i vaqti) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsientni qo`llash orqali va yarim tig`iz paytda (sutkaning yorug` vaqti) o`rnatilgan tarif bo`yicha amalga oshirishi;

davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko`p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshirilishi;

yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish va qurishda, issiq suv ta`minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o`rnatish ko`zda tutilishi;

b.2)   davlat organlari va tashkilotlari 2022 yil 1 yanvardan:

ularning balansida bo`lgan bino va inshootlarda issiq suv ta`minoti uchun faqat sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalari, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ichki yoritish energiya tejamkor lampalardan foydalanishi shartligi;

markazlashtirilgan issiq suv ta`minotidan uzib qo`yilishi;

v) «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJga:

v.1) O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, «O`zbekenergo» AJ va boshqa idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari bino va inshootlarida quyosh suv isitgich qurilmalari va mahalliylashtiriladigan mahsulotlar asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalarni o`rnatish bosqichlarini, shuningdek, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar asosida issiqlik va elektr energiya iste`moli hajmini inobatga olgan holda mazkur mahsulotni aniq etkazib beruvchilarini belgilash bo`yicha takliflarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Davlat organlari va tashkilotlariga ikki hafta muddatda quyosh suv isitgich qurilmalari va energiya tejamkor lampalarni joriy qilish holatlari, issiqlik va elektr energiyasi iste`moli hajmi, kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda ular tomonidan egallab turilgan maydonlar o`lchami haqidagi texnik ma`lumotlarni va hududning muhandislik kommunikatsiyalari aks etgan rejasini «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJga taqdim etilishini ta`minlash;

v.2)   «O`zbekenergo» AJga, «O`ztransgaz» AJga, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, issiqliq va elektr energiyasi, shuningdek, biogaz ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi hususiy korxonalar bilan birgalikda uch oy muddatda:

issiqlik va elektr energiyasi, shuningdek, biogaz ishlab chiqarish va iste`molchilarga to`g`ridan-to`g`ri etkazib berish bilan shug`ullanuvchi korxonalar tomonidan «O`zbekenergo» AJning elektr tarmoqlari va «O`ztransgaz» AJning gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanmagan holda issiqlik va elektr energiyasi hamda biogazni realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqish;

issiqlik va elektr energiyasi, shuningdek, biogaz ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi xususiy korxonalar tomonidan realizatsiya qilinadigan issiqlik va elektr energiyasi hamda biogazga tijorat narxlarini belgilash bo`yicha takliflarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

g) shaharsozlik normalari va qoidalari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazilishi, energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni qo`llash borasida esa «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ bilan ham majburiy tartibda kelishilishi shartligi, belgilanganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasiga Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

ikki oy muddatda bino va inshootlarni energetik auditdan o`tkazish, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqlik pasportini yoki tegishli normalardan ortib ketganlik holatini bartaraf etish zarurligi to`g`risida xulosa berish, shuningdek, ularning energiya samaradorligi toifasini aniqlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2018 yil 1 martga qadar muddatda amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalarini ularning qayta ko`rib chiqishi va davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlagan holda tanqidiy o`rganib chiqish topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga «O`zeltexsanoat» AJ, «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ, «O`zbekenergo» AJ, Davlat soliq qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarilishining mahalliylashtirilishini kengaytirish hamda ularni turar va noturar joylarda bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha kompleks dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil 1 yanvarga qadar muddatda davlat organlari va muassasalarining bino hamda inshootlari, shuningdek, ko`p kvartirali uy-joy fondini energetik auditdan o`tkazish dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, «O`zbekenergo» AJ va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 fevralga qadar muddatda fermer xo`jaliklari va suv iste`molchilari uyushmalarining mavjud nasos stantsiyalarini ularning texnik holati, quvvati, balansda saqlovchisini aniqlash, fermer xo`jaliklari er uchastkalarida elektr energiyasi va suv sarfi samaradorligi nuqtai nazaridan, shuningdek, qishloq xo`jaligi mahsulotlari turlari va respublika tumanlari kesimida nasos stantsiyalari bilan sug`oriladigan er maydonlari, past samarali va energiya ko`p sarflaydigan nasoslarning mavjudligi, elektr energiyasini hisoblash uskunalari, qishloq ho`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalarning mavjudligini inventarizatsiyadan o`tkazish;

inventarizatsiya yakuniga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv ho`jaligi vazirligi, «O`zbekenergo» AJ, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo`jaligi mahsulotlari davlat xaridi va qishloq xo`jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg`armasi bilan birgalikda 2018 yil 1 martga qadar muddatda nasos stantsiyalaridan foydalanish bilan bog`liq ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarni, moliyalashtirishning aniq manbalarini aniqlash bo`yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

i) «O`zbekenergo» AJga va «O`ztransgaz» AJga:

O`zbekiston             Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 iyulga qadar muddatda buxgalterlik, moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv hisobini avtomatlashtirish bo`yicha dasturiy komplekslarni o`z ichiga olgan boshqaruvning yagona axborot tizimini ishlab chiqish va idoraviy bo`ysunuvidagi korxonalarda joriy etish;

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilish topshirilganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ (Kerimzatov), «Qoraqalpog`iston gaz» filiali (Djalekeev) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari issiqliq va elektr energiyasi, shuningdek, biogaz ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi xususiy korxonalar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

issiqlik va elektr energiyasi, shuningdek, biogaz ishlab chiqarish va iste`molchilarga to`g`ridan-to`g`ri etkazib berish bilan shug`ullanuvchi korxonalar tomonidan «O`zbekenergo» AJning elektr tarmoqlari va «O`ztransgaz» AJning gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanmagan holda issiqlik va elektr energiyasi hamda biogazni realizatsiya qilish;

issiqlik va elektr energiyasi, shuningdek, biogaz ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi xususiy korxonalar tomonidan realizatsiya qilinadigan issiqlik va elektr energiyasi hamda biogazga tijorat narxlarini belgilash bo`yicha takliflarni «O`zbekenergo» AJ, «O`ztransgaz» AJ va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritsinlar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi (Seitov) Iqtisodiyot vazirligi (Tajetdinov), Moliya vazirligi (Ubaydullaev), Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi (embergenov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2017 yil 20 dekabrga qadar davlat organlari va muassasalarning bino hamda inshootlari, shuningdek, ko`p kvartirali uy-joy fondini energetik auditdan o`tkazish dasturi loyihasiga takliflarni O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi  (Sultanov) tumanlar hokimliklari,  «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ  (Kerimzatov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yil 25 yanvarga qadar fermer ho`jaliklari va suv iste`molchilari uyushmalarining mavjud nasos stantsiyalarini ularning texnik holati, quvvati, balansda saqlovchisini aniqlash, fermer xo`jaliklari er uchastkalarida elektr energiyasi va suv sarfi samaradorligi nuqtai nazardan, shuningdek, qishloq xo`jaligi mahsulotlari turlari va tumanlar kesimida nasos stantsiyalari bilan sug`oriladigan er maydonlari, past samarali va energiya ko`p sarflaydigan nasoslarning mavjudligi, elektr energiyasini hisoblash uskunalari, qishloq ho`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalarning mavjudligini inventarizatsiyadan o`tkazsin.

Inventarizatsiya yakuniga ko`ra, 2018 yil 25 fevralga qadar muddatda nasos stantsiyalaridan foydalanish bilan bog`liq ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarni, moliyalashtirishning aniq manbalarini aniqlash bo`yicha takliflarni O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritsin.

6. «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ (Kerimzatov) va «Qoraqalpog`iston gaz» filiali (Djalekeev):

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda 2018 yil 1 iyulga qadar muddatda buxgalterlik, moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv hisobini avtomatlashtirish bo`yicha dasturiy komplekslarni o`z ichiga olgan boshqaruvning yagona axborot tizimini ishlab chiqilishini ta`minlasin va o`z korxonalarida joriy etsin;

Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi (Nag`metov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi (Bekmuratov), shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nag`metov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                     Q. Sariev


Ko'rib chiqildi: 3442