O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi 134-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi «Paxta xomashyosi va boshoqli don etishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3574-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi «Paxta xomashyosi va boshoqli don etishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidaPQ-3574-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, «O`zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati va «O`zdonmahsulot» aktsiyadorlik kompaniyasining: 

2018 yil 1 martdan boshlab ishlab chiqaruvchilarning rentabelligi oshishini va yuqori sifatli mahsulotlar etishtirishni rag`batlantirishni ta`minlaydigan navlar va klasslar bo`yicha paxta xomashyosi va boshoqli don xaridi yuzasidan kafolatlangan davlat narxlarini belgilash; 

 tuproq unumdorligi past va oxirgi 3 yil mobaynida hosildorlik gektariga 15 tsentnergacha bo`lgan erlarda paxta xomashyosiga davlat buyurtmasini joylashtirmaslik to`g`risidagi takliflari ma`qullanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining takliflari asosida ushbu bandga muvofiq bo`shaydigan erlarda qishloq xo`jaligi ekinlarini, eng avvalo, ozuqa va moyli ekinlarni joylashtirish, meva-sabzavotchilik va chorvachilik loyihalarini amalga oshirish to`g`risida ikki hafta muddatda Hukumat qarorini qabul qilishi topshirilganligi; 

b) Quyidagilar:

Paxta xomashyosi va boshoqli don uchun uzil-kesil hisob-kitoblar hosil yig`ishtiriladigan yilning oxirigacha to`liq hajmda amalga oshirilishi; 

qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga va avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalariga to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha sotish uchun dizel` yoqilg`isi va EKO dizel` yoqilg`isining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yagona chakana narxlari 2018 yil oxirigacha bo`lgan davrda amal qilishi; 

mineral o`g`itlarni sotish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida shartlar hisobga olingan holda birja savdolarida amalga oshirishi; 

fermer xo`jaliklari va suv iste`molchilari uyushmalarining nasos agregatlari tomonidan iste`mol qilinadigan elektr energiyasi qiymati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga  qoplanishi belgilab qo`yilganligi;

v) Paxta xomashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jaliklarining xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018 yil
1 yanvardagi holatiga ko`ra hosil bo`lgan qarzlarini, shu jumladan, ichki tarmoq qarzdorligi hamda byudjet va davlat maqsadli jamg`armalari oldidagi qarzlarini to`lash muddati hisoblangan penya va jarimalar hisobdan chiqarilgan holda 3 yil muddatga uzaytirilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga paxta xomashyosi
va boshoqli don etishtiradigan fermer xo`jaliklarining byudjet, davlat maqsadli jamg`armalari, xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018 yil 1 yanvardagi holatiga ko`ra hosil bo`lgan qarzlari, shu jumladan, ichki tarmoq qarzlari bir oy muddatda yalpi xatlovdan o`tkazilishini, shuningdek, uni tartibga solish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ko`rilishini ta`minlash topshirilganligi; 

g) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligining: 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo`jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg`armasini Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga (keyingi o`rinlarda Jamg`arma deb ataladi) aylantirish va uni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish; 

paxta tolasiga jahon narxlarining keskin pasayishi ehtimoli uchun paxta tolasiga preyskurant va jahon narxlari o`rtasidagi ijobiy tafovut summasi hisobiga Jamg`armaning sug`urta hisob raqamini shakllantirish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

d) Qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga mineral  o`g`itlar sotuvchi korxonalar uchun 2019 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda yagona soliq to`lovi stavkasi 2 foiz miqdorda belgilanganligi; 

e) Tadbirkorlik sub`ektlari, shu jumladan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar tomonidan olib kelinadigan fosforli   o`g`itlar, shuningdek, fosforli o`g`itlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan fosforit xomashyo 2021 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda bojxona to`lovlaridan ozod qilinishi, bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlari bundan mustasno ekanligi; 

j) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bir hafta muddatda; 

«Agrobank» ATBga davlat xaridlarining nazarda tutilgan hajmlaridan ortiqcha boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jaliklariga kreditlar ajratish uchun yillik 5 foiz stavka bo`yicha depozitga 150 mlrd. so`m miqdorida yillik 10 foizgacha stavka bo`yicha mablag`lar joylashtirilishini; 

Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjetida va viloyatlarning mahalliy byudjetida past hosilli erlarda paxta xomashyosi etishtiruvchi fermer xo`jaliklarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilning saqlanishi bo`yicha xarajatlarni qoplashga respublika byudjetida nazarda tutilgan mablag`lar hisobiga 100 mlrd. so`m miqdorida mablag`lar shakllantirilishini ta`minlash topshirilganligi; 

z)  Qishloq xo`jaligi vazirligiga Suv xo`jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tumanlar hokimliklarining takliflari asosida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarorining 1-bandiga muvofiq bo`shaydigan erlarda qishloq xo`jaligi ekinlarini, eng avvalo, ozuqa va moyli ekinlarni joylashtirish, meva-sabzavotchilik va chorvachilik loyihalarini amalga oshirish to`g`risida bir hafta muddatda Vazirlar Kengashiga qaror loyhasini kiritsin.

4. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Moliya vazirligi, Adliya  vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                          Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2740