8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MUKOFOTLASh TO`G`RISIDA

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


Jamiyatimizda xotin-qizlarning o`rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g`oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko`p asrlik boy ma`naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta`lim-tarbiya, sog`liqni saqlash, madaniyat, san`at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlansin: 
 

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi»


Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna - Farg`ona politexnika institutining «Elektr energetikasi» kafedrasi professori, Farg`ona viloyati 

Marufova Gulnora Maxmudovna - O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisining o`rinbosari 

Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna - Andijon davlat universitetining «O`zbek tilshunosligi» kafedrasi professori, Andijon viloyati 
 

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist»


Uteniyazova Altingul Paluanovna - Qoraqalpog`iston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qoraqalpog`iston» telekanalining katta muharriri 
 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan


Raxmatullaeva Shafoatxon - Qo`qon shahar musiqali drama teatri aktyori, Farg`ona viloyati 

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan


Bobomurodova Xosiyat - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira 

Boymuradova Jumaxol Norboevna - Zarbdor tumanidagi «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Jizzax viloyati 

Irisbekova Kammuna Narinbaevna - «Aloqabank» aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi 

Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna - Namangan viloyati qirg`iz milliy madaniy markazi raisi

Qobulova Mavluda Umarjonovna - Surxondaryo viloyati hokimining o`rinbosari – xotin-qizlar qo`mitasi raisi 

Maxmudova Dilbar Pirimkulovna - Erkin ijodkor, yozuvchi va publitsist 

Otajanova Masuda Yuldashevna - Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti 

Salimova Sharipa - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira 

Toxtaeva Guzal Kashibovna - O`zbekiston Sog`liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi raisi o`rinbosari 

Tulegenova Akshagul Abuevna - Konimex tumani xalq ta`limi bo`limi mutaxassisi, tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi, Navoiy viloyati 
 

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan


Nadirxanova Natal`ya Suratovna - Buxoro viloyati perinatal markazi direktori 

Turdieva Matlyuba Xalimovna - Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Samarqand viloyati 
 

«Do`stlik» ordeni bilan


Abdullaeva Sanam Raimovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati 

Abduraximova Muxayyo Raxmatullaevna - Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo`shma korxonasining tashqi iqtisodiy masalalar bo`yicha direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi 

Jumaeva Mavjuda Shodmonovna - Koson tumanidagi «Ko`zmunchog`im» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Qashqadaryo viloyati 

Zununova Saxabat Islamovna - «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i 

Iplina Antonina Aleksandrovna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira 

Kadirxanova Malika Akbarovna - «Tadbirkor ayol» uyushmasining Toshkent viloyati bo`limi raisi 

Kasimova Mukaddas Zaynutdinovna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig`inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi, Toshkent shahri 

Muxammadieva Xushvak - Paxtachi tumanidagi «Avangard» fermer xo`jaligi pillachisi, Samarqand viloyati 

Sadullaeva Faraxat Aminovna - Urganch shahridagi «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati 

Sattarova Farog`at - «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig`i 

Safarova Zamira Xaydarovna - G`ijduvon tumanidagi «G`ijduvon Mashhurasi» xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati 

Turdikulova Shaxloxon Utkurovna - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari 

Xatamova Risligoy Gofurjanovna - Erkin ijodkor, shoira 

Yuldasheva Muxabat Aysaraxunovna - Qo`rg`ontepa tumanidagi «Kapital bella» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati 

Yulchieva Gulnora Dexkanovna - «Mahalla ziyosi» Respublika o`quv-uslubiy markazi direktorining o`rinbosari 
 

«Shuhrat» medali bilan


Azizova Maftuna Raxmatullo qizi - «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani bo`limi a`zosi, gilamdo`z, Surxondaryo viloyati 

Jalilova Mu`tabar Abidovna - Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun 2-internat uyi tarbiyachisi 

Jurabaeva Saxiba Ergashevna - «O`zbekiston metallurgiya kombinati» aktsiyadorlik jamiyatining xalq iste`moli mollari ishlab chiqarish tsexi sirlovchisi, Toshkent viloyati 

Kokotova Ol`ga Nikolaevna - Guliston shahridagi «Quvonch» maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati 

Navruzova Lola Xushmurodovna - Qarshi shahridagi «Sanam» mas`uliyati cheklangan jamiyatining tikuv tsexi ustasi, Qashqadaryo viloyati 

Rajabova Sara Durdievna - Hazorasp tumanidagi «Shovot» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Xorazm viloyati 






O`zbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh.MIRZIYOEV 

Toshkent shahri, 2018 yil 7 mart 


Ko'rib chiqildi: 2695