Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Sariev Qaxramon Ramatullaevichning ma`ruzasi

Assalomu alaykum aziz mehmonlar va seminar ishtirokchilari!

Barchangizni ko`rganimnan hursandman va bugungi “evropa tiklanish va tarraqqiyot banki hamda kichik va o`rta biznes sub`ektlari o`zaro hamkorlikni o`rnatish mexanizmi” mavzusidagi seminar-treningga xo`sh kelibsiz. Shuningdek, mazkur tadbir tashkilotchilari – evropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo`yicha boshqaruv direktori Natal`ya Xanjenkova xonim boshchiligidagi delegatsiya a`zolarigao`z minnatdorchiligimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Bugungi kunda, O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan kichik va o`rta biznessektorinirivojlantirishgakatta e`tibor qaratilmoqda.2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e`tibor «Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun» degan tamoyil va «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g`oyaning, eng avvalo, xalq bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot o`rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta`minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.

Shu munosabat bilan, O`zbekiston Respublikasida 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb e`lon qilindi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dasturning yo`nalishlaridan biri iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash deb belgilandi.

Kichik va o`rta biznesni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish sohasida ichki bozorni shakllantirish orqali yangi ish o`rinlarini tashkil etib, mamlakatga daromad kiritishda muxim rol o`ynashini ta`qidlab o`tish joiz.

Kichik va o`rta biznes oldida turgan muammolarni bartaraf etish maqsadida barcha darajadagi davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish zarur.

Qoraqalpog`iston Respublikasi iqtisodiyotida kichik va o`rta biznesning roli haqida aytadigan bo`lsak, 2017 yilning 9 oyi yakunlariga ko`ra, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub`ektlari soni 12 515tani tashkil etdi. Ushbu tadbirkorlik sub`ektlarining respublika yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 47,3%, xizmat ko`rsatish sohasida – 61,3%, sanoatda – 18,0% tashkil etdi. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub`ektlarining respublika eksportidagi ulushi 8,6% tashkil etdi. 

Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 2016 yilda jalb etilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hajmi 7,0 mln. AQSh dollarini yoki respublika bo`yicha jalb etilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar umumiyhajmining 50,9%ni tashkiletdi.

Rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishni yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning qarorlari bilan respublikaning Nukus tumanida «Nukus-farm» erkin iqtisodiy va Mo`ynoq tumanida «Mo`ynoq» kichik sanoat zonalari tashkil etildi.

Ushbu zonalar rezidentlariga bir qator bojxona va soliq imtiyozlari qo`llanilishi belgilangan bo`lib, quyidagilarniaytib o`tish lozim:

- 2027 yil 1 yanvargacha «Mo`ynoq» kichik sanoat zonasi hududida sanoat faoliyatini amalga oshiruvchi yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub`ektlari barcha turdagi soliqlardan ozod etilgan;

- «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasining rezidentlari er solig`i, daromad solig`i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i, mikrofirma va kichik korxonalarning yagona soliq to`lovi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi yo`l hamdata`lim va tibbiyot muassalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg`armalariga majburiy to`lovlaridan jalb etgan investitsiyalar hajmlari asosida belgilangan muddatlarga ozod etilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasida investitsiyalarni jalb etish uchun qo`yidagi ustuvor tarmoqlarni aytib o`tish lozim:

- qishloq ho`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash (dukkaklilar, kunjut). Tashqi bozorlarda yildan yilga talab oshib borayotgan dukkakli va kunjut mahsulotlarini etishtirish miqdori respublika bo`ylab ortib bormoqda;

- mintaqaning mineral va xomashyo resurslaridan foydalangan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish. Beruniy va Qorao`zak tumanlarida qurilish va qoplama zahiralari mavjud (tsement xomashyosi, vermikulit, marmar, rodonit);

- to`qimachilik va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish. Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 ta ip-kalava ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi doirasida shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha qo`shimcha 9 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan;

- tselyulloza-qog`oz mahsulotlarini ishlab chiqarish. Respublika hududidatselyulloza-qog`oz mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo`lgan xomashyo bazasi, jumladan, qamish butalari, bug`doy va guruch somoni, paxta g`oza poyasi mavjud;

- qizilmiya ilidizi ekstraktini ishlab chiqarish. Xorijiy bozorlarda talab katta bo`lgan qizilmiya ildizi ekstrakti ishlab chiqarishni ko`paytirish uchun respublika hukumati tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda. Kelgusi 5 yil ichida xomashyoni etkazib berish uchun, umumiy 25,0 ming gektar maydonlarda qizilmiya ildizini etishtirish bo`yicha plantatsiyalarni yaratish rejalashtirilgan;

- baliq mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarish. Respublika hududida umumiy maydoni 89,9 gektarga teng bo`lgan 123ta tabiiy va 209ta sun`iy ko`l mavjud bo`lib, ularda harhil baliq turlarini etishtirishni tashkil etish mumkin;

chorvachilikni rivojlantirish. 2017 yilda chorvachilik sohasida respublika bo`yicha 101,5 ming tonna go`sht etkazildi.

Hulosa qilib aytganda, bugungi seminar biz uchun muhim voqea hisoblanadi va umid qilamanki, u respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo`lida jiddiy qadam bo`ladi.

Oldinga qo`ygan maqsadlaringizga erishishda muvaffaqiyat tilayman.

E`tiboringiz uchun raxmat!

 


Ko'rib chiqildi: 1964