Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha maxsus o`quv kurslarini tashkil etish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 230-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2018 yil 2 fevral kungi PF-5325-sonli Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 martdagi 230-sonli “Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha maxsus o`quv kurslarini tashkil etish to`g`risida”gi qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil  26 martdagi 230-sonli “Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha maxsus o`quv kurslarini tashkil etish to`g`risida”gi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.              

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2018 yil 2 fevral kungi PF-5325-sonli Farmoniga muvofiq:

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o`rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo`yicha maxsus o`quv kurslari (keyingi o`rinlarda maxsus o`quv kurslari deb ataladi) tashkil etilganligi;

maxsus o`quv kurslarida qayta tayyorlash va malaka oshirish “Oila” markazi tomonidan O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda ishlab chikiladigan o`quv dasturlari asosida amalga oshirilishi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

 b) Oila institutini mustahqamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish buyicha maxsus o`quv kurslari tashkil etish tug`risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) Quyidagilar maxsus o`quv kurslarining asosiy vazifalari etib belgilanganligi:

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o`rgatish, ajrashishlarning oldini olish hamda oiladagi ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

oila institutini mustahkamlash, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish;

         er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o`rtasidagi munosabatlar, shuningdek, zamonaviy oilaning namunali shaklini xamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipini keng targ`ib etish va jamiyatga singdirish;

zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilashda ishtirok etish, zamonaviy oilani rivojlantirish muammolari, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an`anaviy oilaviy qadriyatlarni o`rganish;

oila-nikoh munosabatlari sohasidagi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro tajribani o`rganish;

oila institutini rivojlantirish va uning zamonaviy shaklini joriy etish;

g) Maxsus o`quv kurslari o`tkazish bo`yicha o`quv-uslubiy rahbarlik va monitoring O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi o`rinlarda “Oila”markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshirilishi;

         maxsus o`quv kurslari “Oila” markazi xotin-qizlar qo`mitalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga  yo`naltiriladi, shuningdek, oila institutini mustahqamlash sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasi oshirilishi;

maxsus o`quv kurslari  tinglovchilari tarkibini shakllantirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish reja-jadvalini tuzish “Oila” markazining boshqarmalari tomonidan “Oila”  markazi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi;

maxsus o`quv kurslarida o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun soatbay haq to`lash sharti bilan etakchi ta`lim tadqiqot va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishi;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan rejasiga kiritilgan va maxsus o`quv kurslariga o`qishga yo`llangan tinglovchilarining asosiy ish joyi bo`yicha o`rtacha oylik ish haqi o`qish davrida saqlanib qolishi;

malaka oshirish uchun maxsus o`quv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga to`lanadigan sutkalik pul va ta`lim olish joyiga bir marta borib kelish bo`yicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanishi;

maxsus o`quv kurslarini tashkil etish va o`tkazish bilan bog`liq xarajatlarni, shu jumladan o`quv mashg`ulotlariga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq to`lanishi, kurslar tinglovchilari uchun o`quv, tarqatma materiallar va kantselyariya anjomlarini xarid qilish xarajatlarining moliyalashtirilishi Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;

maxsus o`quv kurslari tashkil etish uchun “Oila”  markazining boshqarmalariga Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan ijara to`lovining “nul” qiymati bo`yicha, tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplash shartisiz o`quv xonalari ajratilishi belgilab qo`yilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil 1 maygacha “Oila”  markazi boshqarmalarining buyurtmalariga asosan tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan maxsus o`quv kurslarini tashkil etishi va o`tkazish uchun zarur xonalar ajratilishini ta`minlashi;

e) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oila” markazi boshqarmalarining buyurtmalariga asosan;

maxsus o`quv kurslarini tashkil etish uchun ajratiladigan xona va auditoriyalarda, zarur hollarda, ta`mirlash-tiklash ishlarini bajarilishi, shuningdek, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ularni zarur mebel` va jihozlar, komp`yuter texnikasi va o`quv texnikasi vositalari bilan jihozlanishi;

maxsus o`quv kurslariga yuborilgan tinglovchilarga ta`lim muassasalarning talabalar uylaridan joy ajratilishining ta`minlanishi;

j) “Oila”  markazi:

bir oy muddatda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda –qayta tayyorlash va malaka oshirish bo`yicha o`quv rejalari va dasturlarini  ishlab chiqishi va tasdiqlashi, ularning muntazam yangilab borilishini ta`minlashi;

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda –maxsus o`quv kurslarida o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun oliy ta`lim muassasalarining yuqori malakali professor-o`qituvchilar tarkibi jalb etilishini ta`minlashi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda – o`quv jarayoni o`qitishining zamonaviy shakl va usullari, ilg`or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan  foydalangan holda tashkil etilishini ta`minlashi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. “Oila” markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasiga:

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o`rgatish, ajrashishlarning oldini olish hamda oiladagi ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

oila institutini mustahkamlash, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish;

         er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o`rtasidagi munosabatlar, shuningdek, zamonaviy oilaning namunali shaklini xamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipini keng targ`ib etish va jamiyatga singdirish;

zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilashda ishtirok etish, zamonaviy oilani rivojlantirish muammolari, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an`anaviy oilaviy qadriyatlarni o`rganish;

oila-nikoh munosabatlari sohasidagi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro tajribani o`rganish;

oila institutini rivojlantirish va uning zamonaviy shaklini joriy etish;

maxsus o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha o`quv-uslubiy rahbarlik va monitoringini amalga oshirishi;

         maxsus o`quv kurslari “Oila” markazi xotin-qizlar qo`mitalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga  yo`naltirilishi, shuningdek, oila institutini mustahqamlash sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasi oshirilishi;

maxsus o`quv kurslari  tinglovchilari tarkibini shakllantirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish reja-jadvalini tuzish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” markazi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi;

maxsus o`quv kurslarida o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun soatbay haq to`lash sharti bilan etakchi ta`lim tadqiqot va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishi;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan rejasiga kiritilgan va maxsus o`quv kurslariga o`qishga yo`llangan tinglovchilarining asosiy ish joyi bo`yicha o`rtacha oylik ish haqi o`qish davrida saqlanib qolishi;

malaka oshirish uchun maxsus o`quv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga to`lanadigan sutkalik pul va ta`lim olish joyiga bir marta borib kelish bo`yicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanishi maxsus o`quv kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi bilan birgalikda 2018 yil 1 maygacha “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasining buyurtmasiga asosan tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan ijara to`lovining “nul” qiymati bo`yicha, tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplash shartisiz maxsus o`quv kurslarini tashkil etish va o`tkazish uchun zarur xonalar ajratilishini ta`minlasin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi, Moliya vazirligi va “Oila” markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi bilan birgalikda maxsus o`quv kurslarini tashkil etish uchun ajratiladigan xona va auditoriyalarda, zarur xollarda ta`mirlash-tiklash ishlarining bajarilishi, xonalarni zarur  mebel` va jihozlar, komp`yuter texnikasi va o`quv texnikasi vositalari bilan jihozlash uchun zarur mablag` ajratilishini ta`minlasin.

6. “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi:

Oliy o`quv yurtlari va O`rta maxsus kasb ta`limi boshqarmasi bilan birgalikda – maxsus o`quv kurslarida o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun oliy ta`lim muassasalarining yuqori malakali professor-o`qituvchilar tarkibi jalb etilishini ta`minlasin.

7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi:

O`quv jarayoni o`qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg`or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishini ta`minlasin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Z.A.Ibragimova, Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri D.Sh.Xodjiev va “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi boshlig`i zimmalariga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                                  Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1867