O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi «Baliqchilik tarmog`ini jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3657-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi «Baliqchilik tarmog`ini jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3657-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi «Baliqchilik tarmog`ini jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha  chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3657-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Toshkent viloyat hokimligi va «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasining Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk va er uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida «Baliq ishlab chiqaruvchi» erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o`rinlarda«Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ deb yuritiladi) tashkil etish to`g`risidagitakliflari ma`qullanganligi;

b) Quyidagilar:

ishlab chiqarish, sun`iy suv havzalarini baliqlantirishni yanada rivojlantirish va baliqchilik xo`jaliklarini ta`minlash uchun baliqning yangi va sinalgan turlarini iqlimlashtirish orqali naslli baliq chavoqlarini yaratish;

nasldor baliq lichinkalari etishtiruvchi zamonaviy inkubatsion tsex faoliyatini tashkil etish, baliq chavoqlarini ishlab chiqarishhajmini oshirish, mavjud baliq chavoqlarini etishtiruvchi suv havzalarini modernizatsiya qilish va qayta ta`mirlash;

o`z ehtiyoji va baliqchilik xo`jaliklari uchun to`la qiymatliva yuqori oqsilli ozuqalarni ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy quvvatlarni yaratish orqali ozuqa bazasini mustahkamlash, don va don ekinlarini ekish yo`li bilan bug`doy va soyaga bo`lgan o`z ehtiyojlarini qondirish;

innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan, qafas (sadok) usulida, yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida baliq etishtirish hamda sun`iy suv havzalari hosildorligini oshirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini ko`paytirish;

birinchi navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, keyinchalik qo`shni mamlakatlarga eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish (konserva, ikra, baliq uni va boshqalar) bo`yicha zamonaviy komplekslarni tashkil etish;

suvning gidrokimyoviy tarkibini laboratoriya usulida tahlil qilish, baliqlarni kasalliklardan himoya qilish, shuningdek, baliq kasalliklarini aniqlash, ularni davolash choralarini ko`rish;

baliq etishtirish, ovlash va qayta ishlash jarayonida innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, mutaxassislik yo`nalishi bo`yicha tahsil oluvchi ta`lim muassasalari talabalari uchun baliqchilik tarmog`ida amaliyot o`tashni tashkil etish «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZning asosiy vazifalari etib belgilanganligi;

O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasiga Toshkent viloyati hokimligi va «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ tarkibidagi er uchastkalarining chegaralarini aniq belgilash topshirilganligi;

v) Quyidagilar:

«Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZning faoliyat ko`rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etishi;

faoliyat ko`rsatish muddati mobaynida «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ hududida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qilishi;

«Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZning faoliyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma`muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi tomonidan muvofiqlashtirilishi;

«Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZning operativ boshqaruv organi Direktsiya hisoblanishi;

Direktsiyaning faoliyatidan tushgan daromadlar va qonunhujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanishi;

Direktsiyani «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasi raisi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshqarishi;

Direktsiya Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma`muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi qarorlari va «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejalari bo`yicha ma`qullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradi va «yagona darcha» tamoyili bo`yicha muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishga barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qilishi;

Direktsiya butun faoliyat ko`rsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalar to`lashdan ozod qilinishi;

Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk, er uchastkalari,shu jumladan, suv havzalarining Direktsiyaga topshirilishini ta`minlash belgilab qo`yilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Direktsiya faoliyatini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilish topshirilganligi;

d) «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ ishtirokchilariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi PF–4853-son «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmonining 3, 4 va 5-bandlari amal qilinishi tatbiq etilishi;

e) Baliqchilik tarmog`ini rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi balansida bo`lgan tabiiy suv havzalari doimiy ravishda alohida foydalanish uchun «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasiga berilganligi;

tabiiy suv havzalarining ijara to`lovlaridan kelib tushgan mablag`lar to`liq hajmda «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg`armasiga yo`naltirilishi belgilanganligi;

yo) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Qishloq xo`jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi qaror loyihasini kiritishda vazirlik markaziy apparati tuzilmasi tarkibida 5 nafar shtat birligidan kam bo`lmagan Baliqchilikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etish, shu jumladan, ushbu boshqarmaga «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasining oldiga qo`yilgan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko`maklashish vazifasini yuklashni nazarda tutish;

2018/2019 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarida baliqchilik sohasi yo`nalishlarida bakalavrlarni tayyorlash bo`yicha qabul kvotasini kamida ikki baravar oshirishni ko`zda tutish;

Toshkent davlat agrar universitetida 2018/2019 o`quv yilidan boshlab «Baliqchilik» yo`nalishi bo`yicha kamida 6 nafardan iborat magistratura kursini tashkil etish topshirilganligi;

j) Quyidagilar:

qimmatli baliq turlari va chavoqlarini intensiv etishtirish uchun pitomnik va naslchilik ishlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida takomillashtirish;

baliq mahsulotlarini (konserva, ikra, baliq uni va boshqalar) ishlab chiqarishni kengaytirish;

akvakul`turani rivojlantirish, er va suv resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

baliqchilik tarmog`idagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish;

baliqchilik tarmog`ida eksport salohiyatini oshirish;

baliqchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini ko`paytirish, baliq iste`mol qilish madaniyatini, shuningdek, «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasining baliqchilik sohasini boshqarish va muvofiqlashtirishdagi rolini yanada oshirish;

baliqchilik xo`jaliklarining moddiy-texnik ta`minotini mustahkamlash uchun sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan Respublikada2018-2023 yillarda baliqchilik sohasini jadal innovatsion rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Dasturning o`z vaqtida va sifatli ijrosini ta`minlash bo`yicha vazirlik va idoralarning o`zaro hamkorligini va ularning faoliyati muvofiqlashtirilishini;

har oyda Dasturning bajarilishi tanqidiy ko`rib chiqilishiniva mavjud muammolarni samarali hal etish choralari ko`rilishini ta`minlash topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiyava davlat kadastri davlat qo`mitasi «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrga qadar muddatda:

er va suv havzalaridan maqsadga nomuvofiq foydalanayotgan tabiiy va sun`iy suv havzalarini xatlovdan o`tkazish hamda ularni tovar baliqlar va baliq chavoqlarini etishtirishga jalb qilish choralari ko`rilishini;

baliqchilik xo`jaliklari sun`iy va tabiiy suv havzalarining unumdorligini kadastr jihatdan baholagan holda yagona reestr yaratilishini ta`minlash topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Farg`ona viloyatlarida baliqchilik xo`jaliklariga ixtiopatologik xizmat ko`rsatish uchun laboratoriyalar tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro,Toshkent va Farg`ona viloyatlari hokimliklariga 2019 yil 1 mayga qadar muddatda laboratoriyalarning to`liq faoliyat yuritishi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi hamda malakali kadrlar bilan to`ldirilishini ta`minlash topshirilganligi;

k) «O`zbekbaliqsanoat» uyushmasiga huzurida baliqchilik madaniyatini rivojlantirishning dolzarb masalalarini qamrab oluvchi, shu jumladan, milliy va xorijiy ilmiy va amaliy innovatsion yutuqlarni, yangidan boshlovchi va faoliyat yuritib kelayotgan baliqchilar uchun baliq etishtirish texnologiyalarini to`g`ri tashkil etish hamda mamlakat ichida va undan tashqarisida sodir bo`layotgan baliqchilik sohasidagi muhim voqealarni yoritib boruvchi «Baliqchilik» jurnali ta`sis etish topshirilganligi;

l) «Ipoteka-bank» ATIBga baliq chavoqlarini etishtiruvchi suv havzalari va inkubatsiya tsexlarini tashkil etish hamda ularning faoliyat yuritishini ta`minlash, baliq etishtirishning zamonaviy texnologiyalari va usullarini joriy etish, eksportga yo`naltirilgan va raqobatbardosh baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish uchun Direktsiyaga besh yil muddatga, ikki yil imtiyozli davr bilan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridan oshmaydigan kreditlar berish tavsiya etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`istonRespublikasi Moliya vazirligi, Qishloqva suv xo`jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha qo`mitasi, «Qoraqalpoq baliqsanoat» MChJ Qoraqalpog`iston Respublikasida baliqchilik xo`jaliklariga ixtiopatologik xizmat ko`rsatish uchun laboratoriyalar tashkil etish;

«Qaraqalpaqbaliqsanoat» MChJ bilan birgalikda 2019 yil 1 mayga qadar muddatda laboratoriyalarningto`liq faoliyat yuritishi,zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi hamda malakali kadrlar bilan to`ldirilishini ta`minlasin.

4.  Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tegishli vazirlik,  qo`mita va tashkilotlar, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda  o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                  Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 2186