O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi “Nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 241-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta`lim xizmatlarini ko`rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2017 yil 15 sentyabrdagiPQ-3276-son qarori ijrosini ta`minlash, shuningdek, nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasida faoliyat ko`rsatayotgan yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan ta`lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huqukiy hujjatlarni takomillashtirish hamda nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini soddalashtirish orqali litsenziya da`vogarlariga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi “Nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 241-sonli qaroriijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a)2018 yil 1 apreldan boshlab nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat kilish davlat inspektsiyasi tomonidan litsenziyalanishi belgilabko`yilganligi;

b) Nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to`g`risida Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi va Xalq ta`limi vazirligi har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq ta`limi bo`limlaridan malakali mutaxassislarni nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya da`vogariga taqdim etish jarayoniga jalb etish choralarini ko`rishi;

g) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi o`n besh kun muddatda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshka vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatishga litsenziya da`vogarlarining arizalarini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va ko`rib chiqish tizimini ishlab chiqib amaliyotga joriy etishi;

d) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018 yil 1 apreldan boshlab o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanishi;

e) Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi va Xalq ta`limi vazirligi har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq ta`limi bo`limlaridan malakali mutaxassislarni nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya da`vogariga taqdim etish jarayoniga jalb etish choralarini ko`rsinlar.

4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi va Xalq ta`lim vazirligi Nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to`g`risidagi Nizomga muvofiq ishlarni tashkillashtirsinlar.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2012 yil 7 fevraldagi “Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida (O`zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida” 2011 yil 7 sentyabrdagi O`RQ-292-son Qonuni) to`g`risida”gi 26-son qarori haqida” 28-son qarorining 1-ilovasi 24-bandi 2018 yil 1 apreldan boshlab o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

6. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi,Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi va Maktabgacha ta`lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosariM.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                             Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 2288