O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 248-son qarori haqida

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish, aholiga ko`rsatiladigan sport-sog`lomlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilash, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
28 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 248-son qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasining tijorat tashkilotlari tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligining jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish va sport inshootlari, shu jumladan bo`sh turgan va faoliyat ko`rsatmayotgan inshootlari, shuningdek, suzish havzalari (keyingi o`rinlarda sport inshootlari deb ataladi) bazasida jismoniy tarbiya-sport hamda sog`lomlashtirish xizmatlarini (keyingi o`rinlarda sog`lomlashtirish xizmatlari deb ataladi) davlat-xususiy sheriklik asosida ko`rsatish tartibini joriy etish to`g`risidagi taklifi ma`qullanganligi;

b) Quyidagilar:

iqtidorli bolalar va iste`dodli yoshlarni aniqlash hamda qo`llab-quvvatlash orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishning yuqori sifatini ta`minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;

sog`lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an`anaviy xizmatlar bilan bir qatorda, sifatli va ommabop sog`lomlashtirish xizmatlaridan foydalanishning muqobil imkoniyatlarini taqdim etish bo`yicha pulli sog`lomlashtirish xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish;

ilg`or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish uchun innovatsion shakllar, uslublar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida samaradorlik va natijadorlikni oshirish sog`lomlashtirish xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va vazifalari etib belgilanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

davlat-xususiy sheriklik sub`ektlarining faoliyatini yanada rivojlantirishga oid asosiy  yo`nalishlar va vazifalarni hisobga olgan holda pulli sport to`garaklari, sektsiyalari va boshqa sport-sog`lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish orqali Sport  inshootlaridan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlari rejasini bir oy  muddatda ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari hamda ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, davlat-xususiy sheriklik asosida taqdim etiladigan sport inshootlari  to`g`risida manfaatdor jismoniy hamda yuridik shaxslarning keng xabardor qilinishini ta`minlashi;

b) ikki oy muddatda:

sport inshootlarining namunaviy shtatlarini;

sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara to`lovlari stavkalarini hisob-kitob qilish metodikasi to`g`risida, jumladan,  birinchi navbatda, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan sub`ektlarga muayyan imtiyozlar berish nazarda tutilgan nizomni;

o`n olti yoshgacha bo`lgan bolalar, nogironlar va  aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga imtiyozli shartlar asosida yoki bepul xizmatlar ko`rsatish nazarda tutilgan sport inshootlarida aholiga sog`lomlashtirish xizmatlari ko`rsatish tartibi to`g`risidagi nizomni ishlab chiqishi va belgilangan tartibda tasdiqlashi;

g) O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga  ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qorakalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sog`lomlashtirish xizmatlarini ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanadigan yuridik shaxslarga davlat mulki  bo`lgan va foydalanilmayotgan binolar,  ob`ektlar hamda inshootlarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida,  belgilangan tartibda sotilishini ta`minlash beliglanganligi;

d) Sog`lomlashtirish xizmatlarini ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanadigan yuridik shaxslarga ilg`or  xorijiy tajribani hisobga olgan holda:

bolalarda sportga muxabbat hissini, o`sib kelayotgan yosh avlod ongida  sport bilan shug`ullanishning muhimligi, sog`lom turmush tarzini yuritish,  ma`naviy va jismoniy komilikka intilish tushunchasini shakllantirish,  ularni salbiy ta`sirlardan himoya qilish va zararli odatlardan xalos qilish, bolalarda qat`iy fe`l-atvor, Vatanga muxabbat va o`z  mamlakati bilan faxrlanish tuyg`ularini qaror toptirilishi;

jismoniy tarbiya-sport  jarayonini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sport ko`nikmalarini chuqur o`rganish yo`nalishida tashkil etilishi;

jismoniy tarbiya-sport jarayoniga mashg`ulotlar o`tkazish uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg`or tajribani joriy qilish tavsiya etish belgilanganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi tijorat banklariga yangi tashkil etilayotgan va o`z faoliyatini kengaytirayotgan nodavlat sport tashkilotlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan manzilli ro`yxatlar asosida tadbirkorlarga sport inshootlarini qurish, rekonstruktsiya qilish hamda zamonaviy sport uskunalarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar berish tavsiya etilishi;

j) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari barpo etiladigan va rekonstruktsiya qilinadigan nodavlat sport hamda sport-sog`lomlashtirish inshootlarini barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv ta`minoti, kanalizatsiya, avtomobil` yo`llari va boshqalar) bilan belgilangan tartibda ta`minlash belgilanganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi aholini, ayniqsa uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga keng jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sog`lomlashtirish xizmatlari ko`rsatuvchi tashkil etilayotgan tashkilotlarni qo`llab-quvvatlashga doir amaliy chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirishi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi Nukus shahri va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda sog`lomlashtirish xizmatlarini ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanadigan yuridik shaxslarga davlat mulki bo`lgan va foydalanilmayotgan binolar, ob`ektlar hamda inshootlarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, belgilangan tartibda sotilishini ta`minlasin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi tijorat banklariga yangi tashkil etilayotgan va o`z faoliyatini kengaytirayotgan nodavlat sport tashkilotlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan manzilli ro`yxatlar asosida tadbirkorlarga sport inshootlarini qurish, rekonstruktsiya qilish hamda zamonaviy sport uskunalarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar berish tavsiya etilsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (S.Nag`metov), Nukus shahri va tumanlar hokimliklari barpo etiladigan va rekonstruktsiya qilinadigan nodavlat sport hamda sport-sog`lomlashtirish inshootlarini barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv ta`minoti, kanalizatsiya, avtomobil` yo`llari va boshqalar) bilan belgilangan tartibda ta`minlash ishlarini olib borsin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi aholini, ayniqsa uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga keng jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sog`lomlashtirish xizmatlari ko`rsatuvchi tashkil etilayotgan tashkilotlarni qo`llab-quvvatlashga doir amaliy chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirishi topshirilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining o`rinbosari M.Jumanov

 zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1758