O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 maydagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida”gi PQ-3716-sonli qarori haqida

Xalqimiz uchun ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyining ijtimoiy hayotimizda o`zaro ahillik
va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash borasidagi alohida o`rni va ahamiyatini inobatga olgan holda hamda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning tinchlik, bag`rikenglik, shukronalik kabi olijanob g`oyalarini keng targ`ib etish, diniy-ma`rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug`lash hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 maydagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida”gi PQ-3716-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning bajarilishini ta`minlash maqsadidaQoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 maydagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida”gi
PQ-3716-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroriga muvofiq 2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Nukus shahri va tumanlar hokimliklariO`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi, Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an`ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o`tkazish bilan bog`liq
chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo`lgan ezgu g`oyalar, dinimiz arkonlarini e`zozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga etish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bo`lib yashashga da`vat etadigan, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma`rifiy tadbirlar va targ`ibot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o`zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog`iston axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o`tkazish bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Aleuov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                       Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1721