O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a‘zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi  “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a`zolarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3726-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida,

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a`zolarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3726-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

          a) 2018/2019 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlar, shartnoma bo`yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi (keyingi o`rinlarda - vazirlik va idoralar) farzandlari uchun:

          respublika oliy ta`lim muassasalari davlat granti asosida oliy ta`lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko`rsatkichlari kvotasidan tashqari;

harbiy oliy ta`lim muassasalariga kursantlarning umumiy qabul sonidan bakalavriyatga qabul qilishning besh foizli kvotasi ajratilishi (ikkinchi va undan keyingi oliy ta`limdan tashqari);

          b)  mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq respublikaning oliy ta`lim muassasalari va oliy harbiy ta`lim muassasalariga (keyingi o`rinlarda - ta`lim muassasalari) kvota asosida kirish hamda davlat granti asosida ta`lim olish huquqi mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo`shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma`lum bir natijalarga erishgan va tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalariga ega bo`lgan xizmatdagi ofitserlar, shartnoma bo`yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning (keyingi o`rinlarda - harbiy xizmatchilar) farzandlariga berilishi;

ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda joylar O`zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan test sinovlari natijasi bo`yicha to`plangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanishi;

oliy ta`lim muassasalariga farzandlari o`qishga kirishi uchun harbiy xizmatchilarga beriladigan tavsiyanomalar, tavsiyanomalarni berish to`g`risidagi qabul qilinadigan qarorlarning xolisligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadigan, harbiy xizmatchilarning (boshliqlarning) bevosita komandirlarining iltimosnomalari asosida tegishli vazirlik
va idoralar tomonidan berilishi;

tavsiyanomalar farzandlarning oliy ta`lim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan oshmaydigan muddatga berilishi;

abiturientda tegishli vazirlik va idora tomonidan berilgan tavsiyanomaning mavjudligi holatida, shuningdek, muddatli harbiy xizmat nihoyasiga etgandan keyin harbiy qismning qumondonligi tomonidan, muddatli harbiy xizmat muddati tugaganidan so`ng harbiy qism qumondonligi tomonidan berilgan, tavsiyanomada nazarda tutilgan ko`shimcha yig`ilgan ballarni hisobga olgan holda, uni o`qishga qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan test sinovlari natijasi bo`yicha tanlov asosida amalga oshirilishi;

tavsiyanoma blanklari qat`iy hisobot hujjati hisoblanishi, hisobga olish seriyasi, raqami va himoyalanish darajasiga ega bo`lib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanishi belgilab qo`yilganligi;

          v) O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar o`rtasida oliy ta`lim muassasalariga besh foizli qabul kvotasining umumiy har yili taqsimlanadigan joylari quyidagi nisbatda taqsimlanganligi:

Mudofaa vazirligi - 44 foiz;

Ichki ishlar vazirligi - 10 foiz;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi - 3 foiz;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 1 foiz;

Davlat xavfsizlik xizmati - 30 foiz;

Milliy gvardiya - 10 foiz;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati 2 foiz.

          g) 2018/2019 o`quv yilidan boshlab Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlari, shartnoma bo`yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi, harbiy xizmatni o`tashda halok bo`lgan, shuningdek, harbiy xizmatni o`tashda yarador bo`lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo`lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo`lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriyatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta`limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinishi belgilab qo`yilganligi;

          d)  vazirliklar va idoralarga 2018/2019 o`quv yillaridan oldin to`lov-shartnoma asosida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriyatlariga o`qishga kirgan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog`ida haloq bo`lgan ofitserlar, shartnoma bo`yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning farzandlari uchun byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan shartnomalarni to`lashga ruxsat etilganligi;

          e) O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari farzandlarini kvota asosida respublikaning oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishi uchun tavsiyanomalarni berish tartibi to`g`risidagi Nizom loyihasini O`zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish
va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Vazirliklar, idoralar, tumanlar va Nukus shahar hokimliklari o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

          4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi   

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                            Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2971