O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 maydagi «Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko`rsatish samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3751-sonli

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 maydagi «Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko`rsatish samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora- tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3751-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 maydagi «Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko`rsatish samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risidaPQ-3751-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroribilan quyidagilar:

a) «O`zagroservis» AJga «O`zavtosanoat» AJ va «Agrobank» ATB bilan birgalikda ikki oy muddatda «Avtosanoat Agrotexservis» MChJ va «O`zagroservis» AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirish bo`yicha hukumat qarori loyihasini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish va optimallashtirishning barcha jarayonlarini 2018 yilning 1 oktyabriga qadar yakunlash topshirilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, «O`zagrotexsanoatxolding» AJ, «O`zavtosanoat» AJning:

2018 yil 1 iyuldan «O`zagroservis» AJning «O`zagrotexsanoat xolding» AJ tashkiliy tuzilmasidan chiqarishi;

«O`zagroservis» AJ ustav jamg`armasidagi «O`zagrotexsanoatxolding» AJga tegishli bo`lgan ulushni «O`zagrotexsanoatxolding» AJ ustav jamg`armasini o`tkazilayotgan ulushning balans qiymatiga kamaytirgan holda davlat tasarrufiga o`tkazish to`g`risidagi takliflari ma`qullanganligi;

v) Maxfiy:

g) «O`zagroservis» AJ Kuzatuv kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi:

«O`zagroservis» AJ O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil`, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini, engil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiritilganligi;

«O`zagroservis» AJ bosh direktori jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig`ilishi tomonidan saylanishi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanishi va maqomiga ko`ra vazirga tenglashtirilishi;

«O`zagroservis» AJ bosh direktori o`rinbosarlari jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan saylanishi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanishi va maqomiga ko`ra vazir o`rinbosariga tenglashtirilishi belgilab qo`yilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, «O`zagroservis» AJ, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining 2018 yil 1 noyabrdan quyidagilar orqali mashina-traktor parklarini boshqarishning eng samarali shaklini tanlash bo`yicha eksperiment (keyingi o`rinlarda - eksperiment) o`tkazish to`g`risidagi taklifiga rozilik bildirilganligi;

«O`zagroservis» AJning 2-ilovaga muvofiq 26 ta mashina-traktor parklarini tadbirkorlik sub`ektlariga sotishi;

«O`zagroservis» AJning 3-ilovaga muvofiq 3 ta mashina-traktor parklarini davlat unitar korxonalariga (keyingi o`rinlarda - «Tuman MTP» DUK) aylantirish topshirilganligi;

e) «O`zagroservis» AJga mashina-traktor parklarini sotish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari tomonidan 2018 yil 31 dekabrgacha quyidagilar orqali ta`minlanish;

baholash bo`yicha ishlar harajatlarini tegishli mashina-traktor parklari mablag`lari hisobidan qoplagan holda mashina-traktor parklarining mulki va mulkiy huquqlarini baholashi;

bir yoki bir nechta tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan tegishli mashina-traktor parklarining ustav jamg`armasidagi ta`sischi ulushini ellik bir foizidan yuz foizigacha bozor narxida sotib olish bo`yicha eng yaxshi takliflar tanlovini e`lon qilishi va o`tkazishi;

mashina-traktor parklarining ustav jamg`armasidagi yuz foiz ulush sotib olingan vaqtdan boshlab ikki yil davomida tashkiliy-huquqiy shakl
va asosiy faoliyat turini (mexanizatsiya va servis xizmatlari ko`rsatish) saqlab qolish sharti bilan «O`zagroservis» AJ va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida tegishli shartnoma tuzish;

mashina-traktor parklarining ustav jamg`armalaridagi ta`sischi ulushini sotishdan kelib tushgan barcha mablag`larni «O`zagroservis» AJ tashkilotlarining qarzdorliklarini qoplashga yo`naltirish belgilab qo`yilganligi;

Ta`sischining tegishli mashina-traktor parklarining ustav jamg`armalaridagi ulushini baholash qiymati bo`yicha sotish imkoni bo`lmagan taqdirda, «O`zagroservis» AJ sotishga qo`yilgan aktivlarning narxlarini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi PQ-2200-son «Davlat mulki ob`ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga sotish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida nazarda tutilgan tartibda bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmini qo`llash to`g`risida qaror qabul qilishga haqliligi;

«O`zagroservis» AJ mashina-traktor parklarini «Tuman MTP» DUKga aylantirish tegishli viloyatlar hokimliklari tomonidan 2018 yilning
31 dekabrigacha quyidagilar orqali ta`minlanishi;

mashina-traktor parklarining ustav jamg`armalaridagi ulushni keyinchalikda ularni «Tuman MTP» DUKga aylantirgan holda tegishli tuman hokimliklariga balans qiymati bo`yicha o`tkazish;

«O`zagroservis» AJ ustav jamg`armasidagi davlat ulushini tuman hokimliklariga o`tkazilayotgan ulushning balans qiymatiga kamaytirilishi;

tegishli tuman hokimliklari tomonidan «Tuman MTP» DUK ustavlarini tasdiqlash, shuningdek ularni malakali kadrlar bilan to`ldirish;

Tadbirkorlik sub`ektlariga sotilgan mashina-traktor parklari, shuningdek «Tuman MTP» DUK tegishlicha «O`zagroservis» AJning sotiladigan va qayta tashkil etiladigan mashina-traktor parklarining barcha huquqlari va majburiyatlari bo`yicha huquqiy vorislari hisoblanishi;

Tegishli tuman hokimligi «Tuman MTP» DUKning ta`sischisi hisoblanishi va mazkur korxonaning mulki etarli bo`lmagan hollarda uning majburiyatlari bo`yicha subsidiar tarzda javobgar bo`lishi;

Tadbirkorlik sub`ektlariga sotilgan mashina-traktor parklari va «Tuman MTP» DUKlarga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 17 noyabrdagi PQ-2658-son «O`zagrotexsanoatxolding» aktsiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining 14-bandi bilan «O`zagrotexmash» AJ va «O`zagroservis» AJ tashkilotlari uchun belgilangan barcha bojxona, soliq imtiyozlari va preferentsiyalar, bo`shagan mablag`larni qarzdorlikni yopishga yo`naltirgan holda, tatbiq etilishi belgilab qo`yilganligi;

yo) 2019 yilda «Tuman MTP» DUKlarga Qishloq xo`jaligi texnikasini etkazib berishning maqsadli parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

j) Maxfiy;

z) Eksperimentda ishtirok etuvchi tashkilotlarga quyidagilarni ta`minlash;

mashina-traktor parklari tomonidan ko`rsatiladigan mexanizatsiya va servis xizmatlari ro`yxatini kengaytirish, jumladan yuk va engil avtotransport vositalariga hamda texnikaning boshqa turlariga servis xizmatlari ko`rsatishni yo`lga qo`yish;

mashina-traktor parklari faoliyatiga investorlarni, jumladan ularga xonalar, bino va inshootlarni ijaraga berish hamda mashina-traktor parki hududida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo`li bilan jalb qilish;

tegishli mashina-traktor parklarining jihozlarini modernizatsiya qilish, shuningdek mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko`rsatish uchun zarur bo`lgan jihozlarning yangi zamonaviy turlarini sotib olish tavsiya etilganligi;

i) «O`zagroservis» AJga;

bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda «O`zagroservis» AJ va uning tashkilotlari xodimlarining ish haqi fondi miqdorini oshirish bo`yicha aniq choralar ko`rish;

ikki oy muddatda, O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda real vaqt rejimida mexanizatsiya xizmatlari ko`rsatishning yagona elektron hisobini yuritish va monitoring qilishni joriy etish choralarini ko`rish, bunda ushbu tizimning «O`zagroservis» AJ uchun ochiq bo`lishini ta`minlashni nazarda tutish;

2019 yil 1 yanvariga qadar tegishli huquq va majburiyatlarni «O`zagroservis» AJga o`tkazgan holda hududiy «Agroservis MTP» MChJlarni «O`zagroservis» AJ tarkibiga qo`shib yuborishning maqsadga muvofiqligi to`g`risidagi masalani ko`rib chiqish topshirilganligi;

y) «O`zagrotexsanoatxolding» AJga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga;

«O`zagrotexmash» AJ va «O`zagrotexsanoatxolding» AJlarning bir-birini takrorlovchi funktsiyalari va tuzilmalarini, ularni birlashtirish hamda «O`zagrolizing» AJni «O`zagrotexsanoatxolding» AJning tashkiliy tuzilmasidan chiqarish yo`li bilan optimallashtirish to`g`risida;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida taklif kiritish topshirilganligi

3. «Qoraqalpog`iston Agroservis MTP» MChJ ikki oy muddatda:

Tumanlar hokimliklari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi bilan birgalikda «O`zagroservis» AJ tashkilotlarining bo`sh to`rgan va foydalanilmayotgan binolari va inshootlarini to`liq xatlovdan o`tkazsin hamda ularni tashkilotlarning O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari oldidagi qarzdorliklarini tegishli ravishda kamaytirgan holda balans qiymati bo`yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga o`tkazish to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

4. «Qoraqalpog`iston Agroservis MTP» MChJ (Hakimov), Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), Moliya vazirligi (Sodiqov) Amudaryo (Yo`ldashev), Xo`jayli (Qaypov) tumanlar hokimlari bilan birgalikda «Amudaryo Agroservis MTP» MChJ va «Xo`jayli Agroservis MTP» MChJlarni tadbirkorlik sub`ektlariga sotish hamda 2018 yil 1 noyabrdan mashina-traktor parklarini boshqarishning eng samarali shaklini tanlash bo`yicha eksperiment (keyingi o`rinlarda - eksperiment) o`tkazsin.

5. Amudaryo (Yo`ldashev) va Xo`jayli (Qaypov) tumanlari hokimlariga eksperimentning muvaffaqiyatli o`tkazilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

6. Qoraqalpog`iston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga qishloq xo`jaligi texnikasini etkazib berish, ta`mirlash hamda mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ustidan tizimli monitoring va jamoatchilik nazoratini olib borish, ularning natijalari bo`yicha fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari manfaatlarini kuzlab sudlarga da`vo arizalari kiritish tavsiya etilsin.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 5 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 yanvardagi «Qishloq xo`jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3459-sonli qarori haqida»gi 12-sonli qarorining 5-bandi o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

8. «Qoraqalpog`iston Agroservis MTP» MChJ, manfaatdor vazirlik  va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taklif kiritsin.

9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi, «Qoraqalpog`iston Agroservis MTP» MChJ, tumanlar hokimliklari har chorakda Vazirlar Kengashiga mazkur qarorning ijro holati to`g`risida axborot kiritib borsinlar.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                       Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1343