Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (53 Kb)
Versiyasi'
Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (53 KB)
Mag’liwmatlar bo’limi
TASDIQLAYMAN
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari
_____________ S.Nag`metov
2017 yil ___ iyul`
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan axborotlar ro`yxati
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari Internet jahon axborot tarmog`idagi ushbu organlarga yoki bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga tegishli bo`lgan va ularning faoliyati to`g`risidagi axborotni o`z ichiga olgan rasmiy veb-sayt sifatida identifikatsiya qilinadigan, hamma foydalanishi mumkin bo`lgan resursdir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida ushbu Qonun 5-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan axborotdan tashqari quyidagilar joylashtirilishi mumkin:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari to`g`risidagi ma`lumotnoma tarzidagi axborot (biografik ma`lumotlar, fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo);
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular tarkibiy va hududiy bo`linmalarining ish tartibi to`g`risidagi ma`lumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, ma`lumot xizmati telefonlarining va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yo`llari, to`xtash joylarining nomlari va yo`nalish raqamlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslar chiqishlarining hamda bayonotlarining matnlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi to`g`risidagi axborot;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ko`rsatiladigan davlat xizmatlarining ro`yxati;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risidagi tahliliy ma`ruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar;
arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni qabul qilish tartibi to`g`risida axborot;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risida axborot olishga doir so`rovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot;
kelib tushgan arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risida axborot olishga doir so`rovlarni ko`rib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyati to`g`risidagi boshqa axborot ham joylashtirilishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlaridagi axborot davlat tilida joylashtirilishi kerak. Rasmiy veb-sayt boshqa tillardagi shakllarga ham ega bo`lishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o`z rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan axborotning sanasi qo`yilgan bo`lishi hamda u vaqti-vaqti bilan yangilab borilishi kerak. Axborotni yangilab borish davriyligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi, lekin u haftasiga bir martadan kam bo`lmasligi kerak.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan axborot ishonchli bo`lishi kerak va u ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadigan axborot bilan teng kuchga ega bo`ladi.
Ko'rip shi'g'i'ldi': 16543
Betler
- O’zbekistan Respublikasi’ banknotalar ha’m ten’geler
- Ахборотдан фойдаланувчиларнинг Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши очиқ ҳайъат мажлисларида ҳозир бўлиши тартиби тўғрисидаги НИЗОМ
- Qaraqalpaqstan Respublikasi’ Ministrler Ken’esi jani’nda akkreditaciya yetilgen xabarshi’lar ha’m G’XQ texnikali’q xi’zmetkerleri dizimi
- Baylani’s ushi’n mag’li’wmat
- Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашида Махфий ахборотлар сирасига киритилган маълумотлар РЎЙХАТИ
- No’kis aeroporti’nda ushi’w kestesi
- O’zbekistan Respublikasi’ ma’mleketlik belgileri
- Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши фаолияти тўғрисидаги ахборотни олиш учун сўровларни қабул қилиш, рўйхатдан ўтказиш ва қайта ишлаш тартиби тўғрисидаги ЙЎРИҚНОМА
- Qaraqalpaqstan Respublikasi’ ma’mleketlik belgileri
- Poezdlardi’n’ jo’nelis kestesi