Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi

Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' Ma'mleketlik hu'kimet portali'


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w Betti PDF ta'rizde ju'klep ali'w (54 Kb)    Versiyasi'    Betti doc ta'rizde ju'klep ali'w (54 KB)

Fermer va dehqonlar, issiqxonalar ishi va suv resurslarini boshqarishning xalqaro tajribasini o’rganib chiqdilar

2012 yil 7-9 noyabr kunlari  Qoraqalpog’istonning uzoq joylashgan tumanlari, ya’ni Muynoq, Shumanay va Kanlikuldan 20 ta fermer va dehqonlar uchun issiqxonalar xo’jaligi va suv resurslarini boshqarish bo’yicha 3 kunlik o’quv dasturi o’tkazildi. Ushbu o’quv dastur “Orol fojiasidan zarar ko’rgan aholi turmush tarzini yaxshilash” BMT Qo’shma Dasturining Isroil Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan Isroil Xalqaro hamkorlik agentligi (MASHAV) bilan hamkorlik doirasida tashkil  qilindi. Bu dasturni olib borish uchun qishloq xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha Isroil ekspertlari Moshe Broner va Rafael Kriger taklif etilgan. Ma’lumki, Qoraqalpog’iston, , O’zbekistonning eng qurg’oqchilik qismida joylashgan bo’lib, uning Muynoq, Shumanay va Kanlikul tumanlarida Orol dengizi ekologik  fojiasining eng qattiq natijalari kuzatiladi, shulardan biri suvning yetishmasligi. O’rta Osiyo Irrigatsiya institutining Qoraqalpog’iston bo’limi (SANIRI) ma’lumotiga ko’ra, ohirgi vaqtda Qoraqalpog’istonda sug’orilayotgan yerlar maydoni ikki barobar qisqargan. Ushbu suv resurslarining yetishmovchiligi sektorining rivojlanishiga hamda uzoq kelajakda qishloq aholisining iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun hukumat tomonidan, suv resurslarini boshqarish bo’yicha uzoq muddatli dasturlar va loyihalar kabi tashabbuskorlik ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari xalqaro tashkilotlar, jumladan UNICEF, Jahon Banki, BMT dasturlai hamda OTBning “O’zbekistondagi qishloq aholisini suv resurslari bilan ta’minlash” kabi loyihalar vositasida  bu yo’nalishida ishlar olib borilyapti. Bugungi kunda konservatsiya va suv ta’minoti bo’yicha katta loyihalarni amalga oshirishdan tashqari, fermer va dehqonlarni qishloq xo’jaligida, jumladan suv resurslarini yetishmasligi sharoitini hisobga olgan holda, issiqxona ishlarda keraklicha qo’llab-quvvatlash zarur. Shu sababli, qishloq xo’jaligi va suv resurslarini mustahkam boshqarish bo’yicha etakchi tajribalarini taqdim etish uchun Isroil ekspertlari taklif etilgan. Shuni ta’kidlash zarurki, Isroilda ham suv resurslari tanqisligi uchun, ushbu davlatning mazkur muammoni bartaraf etishda tajribasi kata ahamiyat kasb etadi. “Biz tinglovchilarga issiqxona sharoitida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini  qanday qilib mukammal holda  yetishtirish haqida va ekstremal sharoitda suv resurslaridan ratsional foydalanish, ya’ni suv tanqisligi, suv sifatining pastligi, yer qatlami muammolari va boshqalar haqida ma’lumot berdik.” degan edi janob Moshe Broner.       Uch kunlik o’quv jarayonida Qo’shma Dasturining e’tiborga molik bo’lgan tuman fermer va dehqon xo’jaliklari vakillari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini issiqxona sharoitida yetishtirishni Isroil tajribasi asosida o’rganib chiqishdi  va Qoraqalpog’istonning 3 ta shimoliy Muynoq, Shumanay va Kanlikul tumanlarida ushbu tajribalarni tadbiq etish bo’yicha kerakli  tavsiyalarni olishdi. Shuningdek, qatnashchilar, irrigatsiya bo’yicha zamonaviy texnologiyalar va Isroil misolidagi yer sug’orilishi uchun oqar suvlardan oqilona foydalanish  kabi tajribalar bilan tanishib chiqishdi. Trening yakun topgandan so’ng, keyinchalik qatnashuvchilar  Qoraqalpog’istonning qishloq joylarida issiqxona xo’jaligini samarali boshqarish va suv resurslardan unumli foydalanish bo’yicha olingan bilimlarini jamoatchilikka  keng ko’lamda tarqatib borishadi.       Ushbu tashabbus BMT Qo’shma Dasturi bilan MASHAV hamkorligida Orol bo’yi qishloq aholisining daromadini yanada oshirish va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur tashabbus doirasida BMT Qo’shma Dasturi joylarda qishloq xo’jalikni boshqarishni yanada yaxshilash hamda yer va yaylov pichanlarni boshqarishda ilg’or tajribani tadbiq etish bo’yicha faol ishlar olib bormoqda. Bundan tashqari Qo’shma dastur tominidan qishloq aholisiga agro-consulting xizmatini ko’rsatuvchi va ko’rgazmali maydonni boshqaruvini olib boradigan 25 ta qishloq maslahatchilari guruhi tuzildi.


Ko'rip shi'g'i'ldi': 9045